O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Mеsоpоtоmiyada davlatchilikning vujudga kеlishi(shahar - davlatlar)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə42/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

2. Mеsоpоtоmiyada davlatchilikning vujudga kеlishi(shahar - davlatlar).
Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Mesopotamiya (yunoncha-“ikki daryo oralig’i”, Dajla va Frot oralig’idagi o’lka) Fors qo’ltig’idan Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan cheklangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo’linadi. Quyi Mesopotamiya Old Osiyoning eng unumdor qismi, lekin u mineral xom-ashyo va yog’ochga kambag’al. Keng miqyosdagi suniy sug’orish ishlarini amalga oshirilishi tuproqni sho’rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.
Er. avv. XI-VIII ming yilliklarda mezolit davrida Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo’shni tog’li rayonlarida temirchilik, hayvonlarni, o’simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni boradi: ilk paxsa binolar paydo bo’ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-Shanidar, Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo’lgan.
Neolit davrida taraqqiyot sur'ati kuchayadi. Zagros vodiysida Jarmo madaniyati manzilgohlari paydo bo’ladi. Er. avv VII ming yillik oxiri VI ming yillik boshlarida Tel-Satto o’troq manzilgohlari shakllanadi.
Er. avv VI ming yillik o’rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada Xassun madaniyati rivojlanadi. Er. avv. IV ming yillik oxiri-III ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va qalay mehnat qurollari ishlatila boshlaydi.
Er. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o’rta oqimida akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam qadam tashlaydilar. Yirik shahar markazlari Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo’ldi. Er. avv III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar paydo bo’ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Metallurgiya sanoati birinchi o’ringa chiqib oladi. Metall quyish, kovsharlash, payvandlash usullari o’zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar tamkarlar faqat tovar ayirboshlash bilan shug’ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi. Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urushlar qulchilik manba bo’lgan. Qullar «begona mamlakat erkagi (ayoli)» degan ideogrammalar mavjud.
Qullar xo’jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda qul mehnatidan foydalanilgan, o’rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo’jaligida 100-200 tani tashkil qilgan. Xususiy xo’jalikda 1-3 ta, podsho xo’jaligida bir necha o’n qul bo’lgan. Taxminlarga ko’ra, Lagash davlatida 80-100 ming erkin kishiga 30 ming, qul Shuruppakda 30-40 ming erkin kishiga 2-3 ming qul to’g’ri kelgan.
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(1 sikl-8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari o’z yeri bo’lmagan yoki yeridan ajralgan, boshqa jamoalardan kelganlar, kambag’al oilaning kichik a'zosi ibodatxonaga bag’ishlangan qaram kishilar ko’p bo’lgan. Bu qaram kishilar ibodatxona va xususiy xo’jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu qatlamga urug’ zodagonlari, oliy kohinlar, ma'muriyat vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat bo’lgan. Ilk sulola davrida er. avv. XXVIII-XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida «En» (janob)-oliy kohin turgan, ehtimol u saylab qo’yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma'muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug’orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Er. avv. III ming yillik o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va “Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha “sharru”) paydo bo’ladi.
«Ensi» vazifasi sug’orish inshootlari va ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu sababli u ko’pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bilan to’ldirilgan savat ko’targan tarzda tasvirlangan;jamoani, ibodatxonani boshqarish, soliqlar to’plash, ba'zida ibodatxona harbiy qismini boshqargan. «Ensi» vazifasi saylanadigan bo’lib shu sababli uning hukmronligi «navbat» deb atalgan.
«Lugal» funksiyasi «Ensi»dan obro’liroq va mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba'zida shaharlar birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi va yig’ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a'zoligiga qabul qilgan, hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.
Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida xalq yig’inning roli tusha boradi. Hukmdorning iqtisodiy-siyosiy mavqei o’sib boradi. Uning tayanchi qo’shin bo’ladi. Bu yaxshi qurollantirilgan 5-6 ming kishini tashkil qilgan.
Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib, odatda u kichik shahar, atrofdagi qishloq xo’jalik okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə