O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Tarixiy mazmundagi yozuvlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə40/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Tarixiy mazmundagi yozuvlar. Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo’shni Umma bilan kurashi to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag’ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g’risidagi yozuvlari va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi to’g’risida ma'lumot berilgan.
Bizgacha Ossuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon I II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.
Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari. Uruk podshosi Jmerkar to’g’risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to’g’risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.
Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi to’g’risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon I to’g’risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan.
Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə