O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Misrshunoslik fanining rivojlanishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Misrshunoslik fanining rivojlanishi. XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug'ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809-1828 yillari 48 tomli «Misr tasviri» nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampol’on qadimgi misr yozuvini o’qidi. Shampol’on misrshunoslik asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir'avnlari to’g'risida kitob» asarlarini yaratdilar.
XIX asrning 80 - yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi.

  1. Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o’tkazishning ilmiy asoslangan qat'iy metodikasi ishlab chiqildi, topilmalar o’rganildi va doimiy saqlana boshlandi.

  2. Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi.

  3. Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to’plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo’ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning davomchisi bo’ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed.Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yozdilar.

Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to’g'ri keladi. Angliyada «Kembridj Qadimgi tarixi» seriyasi chop etilib (I-XI tomlari, 1928-1938 yillarda chop etildi), nemis olimlari A.Erman va X.Tropye (1926-1931 y) V tomli Misr lug'atini tuzdilar.
A.Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma'lumoti hujjatlari» va «Misr onomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab, o’zi Misrlik bo’lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar.
Rus olimlari ham Misr tarixini o’rganishda muhim o’rin egallaydilar. V. G. Barskiy degan odam 1727-1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib chiqqan, shunda Misrda ham bo’lgan, Barskiy, Qoxira, Rozett va Iskandariyada bo’lib, o’zining «Sayohat» degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova qilgan, muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi o’z zamonasiga ko’ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V. Turayev ,I. Nikolskiy , E. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o’rin egallaydilar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə