O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


V va VI sulolalar davrida Misr



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

V va VI sulolalar davrida Misr. V sulolaning dastlabki III fir’avni kuyosh xudosi Raning nikohi natijasida mo’’jizaviy tutilganliklari, bu fir’avnlarni quyosh xudosining avlodi sifatida so’zsiz podsholik taxtiga o’tirish huquqiga ega bo’lganliklarini ifodalaydi, Bu afsona va shu davrga oid yozuvlarning asl nusxasi ham IV sulola davridayoq, kuyosh xudosi Raga e’tikod kuchaya boshlaganini ko’rsatadi. V sulola fir’avnlari davrida Ra Misrning bosh davlat xudosiga aylantirilgan. Memfis yaqinida V sulola firьavnlari kurdirgan ibodatxona xarobalari. ayniksa, Raga nisbatan e’tiqod ayniqsa kuchayganini ko’rsatadi.
V va VI sulola fir’avnlari ham istilochilik siyosatini davom ettirganlar. Ular Liviya va Nubiyada urush harakatlari olib borganlar. Bu urushlar oddiy halq yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushgan. VI sulola fir’avnlari - Pepi I va Pepi II davrida Nubiyaga karshi muvaffaqiyatli urush olib borilgan. VI sulola davrida yashagan amaldor maqbarasida Falastinga qilingan harbiy yurish haqida ma’lumotlar saqlanib kolgan.
Qadimgi Misr tarixiga doir bu ma’lumotlar urugchilik tuzumi gugab, sinfiy jamiyat tarkib topa boshlaganini. urushlarning bosqinchilik mohiyatini jonli ravishda ifodalaydi.
5.Davlat hоkimiyatining tashkil tоpishi
Davlat hokimiyati. Bosqinchilik siyosati quldorlar va yirik zodagonlar yanada boyishi hamda kuchayishiga olib keldi. Ijtimoiy ziddiyatlar og’irlashdi. SHu bilan birga idora ishlari markazlashib, nufuzli amaldorlar ko’paydi. podsho va uning hokimiyatini ilohiylashtirishga qaratilgan puxta ishlangan mafkura yordamida fir’avnlar mavqei mustaxkamlandi.
Davlat hokimiyati nomarx va amaldorlar orqali doim sugorish tarmoklarini nazorat kilib turgan. Moliya-soliq mahkamasi ishi jonlangan. I sulola davridayoq. mamlakagdagi mavjud yer-suv, chorva mollari, odamlar va oltin xisobga olib turildi. shu ma’lumotlarga asoslanib. soliqlar belgilangan. Soliqlar soliq amaldorlari va xazinachilar boshqarmasi yordamida muntazam ravishda aholidan undirilib turilgan va podsho xazinasiga kelib tushgan. Sud idoralari rivoj topib, qadimgi jamoa sudlari o’rnini podsho sudlari, podsho hakamlari egallagan. Hakam vazifasini ko’p hollarda mahalliy hokim - nomarxlar ado ettan. “Oltita urug’” nomi bilan mashhur bo’lgan oliy sud poytaxtda joylashgan. Oliy hakam mamlakatni idora qilishda birinchi yordamchi bo’lgan.
Qadimgi Podsholik davridagi yozuvlar maxsus harbiy mahkamaning tuzilishi va faoliyatiga oid o’ziga xos xususiyatlarni tasavvur qilish imkonini beradi. Mamlakatning xarbiy kuchlariga ko’mondonlik kilish fir’avn oilasiga qarashli kishilardan biriga topshirilgan. Ko’p xollarda bu lavozimni shahzodaiar egallaganlar.
Barcha amaldorlar boshida fir’avnning birinchi yordamchisi bo’lgan oliy amaldor gurgan: ma’muriy. harbiy va sud hokimiyati uning qo’lida bo’lgan. Odatda, bu oliy mansabni fir’avnning o’g’li egallagan. Davlat hokimiyati Misrning markazlashgan tizimiga yordam bergan. Bu davrda fir’avnlar hokimiyati ilohiylashtirilgan. Ilohiylashtirish mafkurasi tantanali marosimlar, urf-odatlar va bayramlar vositasida rejali ravishda amalga oshirilgan. Fir’avn hayot paytidayoq, xudo obrazida tasvirlangan.
Bu davrdagi afsonalarda fir’avnning quyosh xudosi va dunyoviy ayol xotin o’rtasidagi g’ayritabiiy nikoh natijas-ida mo’’jizakor dunyoga kelishi haqida hikoya kilinadi. Xudolar ximoya kilib turgan fir’avn obrazi yaratilib. ba’zai fir’avn sfinks sifatida ham tasvirlangan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə