O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Хo’jalikning rivоjlanishi (Qadimgi pоdshоlik davri)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə7/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

3.Хo’jalikning rivоjlanishi (Qadimgi pоdshоlik davri).
Misr Qadimgi Podsholik davrida (miloddan avvalgi 2800-2250 yillar)Ilk podsholik davrida hukmronlik qilgan I - II sulola fir’avnlari Misrni birlashtirishga asos solganlar. III - X sulola fir’avnlari podsholik qilgan davr Qadimgi Misr Podsholigi davri deb atalib, miloddan avvalgi XXVIII-XXIII asrlarni o’z ichiga olgan. Xuddi shu davrda markazlashgan, kuchli quldorlik davlagi tuzilgan bo’lib, nisbatan madaniyat yuksalgan. Qullarni ko’paytirish va meta.llga bo’lgan ehtiyoj tufayli Qadimgi Podsholik fir’avnlari Nubiya va Sinay yarim orolida to’xtovsiz urushlar olib borganlar.
Xo’jalikninп rivojlanishi. Ilk podsholik davridagidek, dehqonchilikning asosi bo’lgan sutorish tizimini takomillashtirish va kengaytirish, yangi kanallar qazish davlat oldidagi asosiy vazifa bo’lgan. Bu ishlarni maxsus amaldorlar amalga oshirgan. Yozma manbalarda amaldor Nexebu SHimoliy va Janubiy Misrda fir’avn buyruti bilan yangi kanallar qurgani bilan faxrlanganligi qayd etilgan. Dehkonchilik kengayib borishi bilan birga baliqchilik va ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Oьchilik va baliqchilikka oid manzaralar Qadimgi Podsholik davri maqbaralarida yaxshi saqlangan.
Er tankisligiga qaramay, Misr delьtasida chorvachilik nisbatan rivojlangan edi. SHuning uchup Quyi Misrdagi joy nomlarida ho’kiz ilohiylashtirilgan.
Qadimgi Podsholik davridagi urushlarda Misrga, asosan, koramol o’lja sifatida olib kelingan. G’oz va o’rdak boqish xo’jalik ahamiyati darajasiga ko’tarilgan. Quyosh xudosi Navserra ibodatxonasida bayramlarda qurbonlikka minglab gozlar so’yilgan. Xuddi shu ibodatxonada asalari bokiig asal olish bilan bogliq manzaralar ham saq.tanib kolgan. Bu o’sha davrda asalarichilik mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Biroq dehqonchilik mamlakat xo’jalik hayotida katta o’rin tutgan va u taraqqiy etgan sun’iy sugorishga asoslash ai. shu bilan birga. xo’jalikning yetakchi turlaridan biri bo’lgan.
Qishloq xo’jaligida mehnat qurollari takomillashib, endilikda chopqi o’rniga qo’sh tortadigan omoch ishlatila boshlangan. Toshdan yasalgan o’roq o’rnini temir o’roq egallagan. Maxsus xaskashlar paydo bo’lgan. Yangi boshoqli ekinlar kelib chiqqanligi ham Quyi va Yuqori Misrda dehkonchilik taraqqiy etganini ko’rsatadi (meva va poliz ekinchiligi, shu jumladan, uzumchilik. zig’ir va zaytui yog’i ishlab chiqarish keng yo’lga ko’yilgan).
Maqbaralarda saqlanib kolgan ko’plab tasvirlar bu davrda hunarmandchilik. xususan, yog’ochsozlik, toshtaroshlik. metallsozlik, kulolchilik, napirus ishlab chiqarish, to’qimachilik kabilarning rivojlanganligini ko’rsatadi. Yog’ochsozliqda ishlatish uchun xom ashyo Suriya va Nubiyadan keltirilgan. Tosh kesish va toshdan buyumlar yasash ancha rivojlangan. Metallurgiya mamlakat xo’jaligining muhim tarmogiga aylanib, ayniqsa, Qadimgi Podsholik davrida taraqqiy topdi. Metall buyumlar gosh buyumlarni siqib chiqara boshladi. Misr maqbaralaridan ko’plab metall buyumlari topilgan. SHuning uchun qadimgi Podsholik davridayok, misrliklar gemirdan keng foydalanishgan deyishga asos bor. Temir nodir metall hisoblanib, zargarlikda keng ko’llanilgan. Malika Xetep-Xores makbarasidan topilgan ko’plab zargarlik buyumlari ana shundan dalolat beradi. Kulolchilik. papirus tayyorlash va to’qimachilik ham taraqqiy etib borgan.
Ishlab chiqarish o’sishi tufayli ortiqcha mahsulot bozorda sotiladigan bo’ldi. Bu davrda Misrda ichki va tashqi savdo o’zining ibtidoiy shakli - ayirboshlash ko’rinishda bo’lgan. Maqbara devorlarida bozor manzaralarini ko’plab uchratish mumkin: don, g’alla, sabzavog, meva, yog. baliq, hunarmandchilik buyumlari, shu jumladan, zeb-ziynat buyumlari, oyna, poyabzal va hokazolar savdosini ko’rish mumkin. Dastlabki metall pullar Qadimgi Podsholik davrida paydo bo’ltan. Uylar va qullar narxi ham. metall yombilar bilan o’lchangan. Ana shu davrda Misr Suriya bilan ham savdo - sotiq ishlarini olib borgan. Xususan, Bibl (Misrcha «Keben») da Suriyadagi Misr savdosi markazlaridan IV sulola fir’avnlari Xuoru hamda Mekkavrlarning nomi tushirilgan idish parchalari topilgan. Misr fir’avnlari o’zlarini «Bibl hokimi». «Livan xudosi» deb atash mumkin, deb hisoblaganlar.
Misr fir’avnlari V sulola davrida Osiyoga katta savdo ekspeditsiyalari jo’natganlar. Fir’avn Saxuraning maqbara ibodatxonasi devorida yo’lga otlanayotgan dengiz ekspeditsiyasi tasvirlangan. Bu savdo ekspeditsiyalarida mamlakat uchun zarur xom ashyo nafaqat savdo yo’li bilan, balki qurol yordamida. zo’rlik bilan Misrga olib keltirilgan.
Qadimgi Podsholik davrida Misrda quldorlik xo’jaligi va tashki savdoning rivojlanishi natijasida misrliklar iqtisodiy hamda harbiy yo’l bilan qo’shni mamlakatlarga. jumladan, Old Osiyo va SHarqiy Afrikaning Misrga yondosh bo’lgan mamlakatlariga bostirib kirganlar. Ular, ayniqsa, Nubiya va Sinayda mustahkam joylashib olganlar,
Qishlok jamoalari va patriarxal oila Misr jamiyatining asosini tashkil etgan. Meros otadan katta o’g’ilga o’tishi kerak bo’lgan. Ko’plab meros tortishuvlari haqida yozma xujjatlar saqlanib qolgan. Jamoa xo’jaligi «jajat» va «kenbet'« deb atalgan. «Kenbetlar» asosan oila huquqi, merosxo’rlik masalalarini hal qilgan. Joylarda sud, xo’jalik va ma’muriy hokimiyat mavjud bo’lib, ular oldi-sotdi ishlarini hal qilgan, hamda amaldorlarni kuzatib turgan. sun’iy sug’orish tarmoqlarini nazorat qilgan. Jamoa boshliklari keyinchalnk davlat amaldorlariga aylangan.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə