O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Uzoq sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə107/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Uzoq sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari.
Reja:
1.Koreya yarim orolidagi qadimgi davlatlar.
2.Qadimgi Yapon davlatlari.
3.Qadimgi Vet davlatlari va ularning qo’shnilari.
4.Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari.


Tayanch tushunchalar.
1. Koreya yarim orolining qadimgi davlatlari
Qadimgi koreyslar eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Koreya yarim oroli, janubiy Manjuriya va Lyaodun yarim orolida yashaganlar.
O’rmon va vodiylarda o’troq aholi, tog’larda ovchilar yashagan. Eramizdan avvalgi VII asrda koreyslar jez qurollarini yasay boshlaydilar. Shimolda tariq, arpa, janubda sholi ekila boshlanadi, eramizgacha bo’lgan I asrda temir qurollar tarqala boshlaydi. Ilk Koreya davlati-Choson eramizdan avvalgi III asrda rivojlangan dehqonchilik va urug’chilik munosabatlarini yemirilish jarayoni natijasida paydo bo’ldi. Choson davlati hududi shimoliy Koreya va Lyaodun yarim orolini egallaydi.
Er. avv. I asrga qadar shimoli-g’arbda qabilalar birlashuvi natijasida Koreya yarim oroli shimoli va Manjuriya janubini o’z ichiga olgan Kogure davlati, janubda xan qabilalari birlashuvi bilan Silla va Pekche davlatlari paydo bo’lgan. Bularni ichida eng kuchlisi Kogurs bo’lib, u Xan davlati (Xitoy)dan to’la mustaqillikni qo’lga qiritadi.
Qadimgi koreyslar jamiyati tabaqasi hukmron zodagonlar bo’lgan, qullar va erkin aholidan iborat edi. Qullar Xitoyga chiqarilgani to’g’risida ma'lumotlar mavjud. Qullar yordamchi ishlarni bajarganlar, davlatga qaram, shaxsan ozod, ammo iqtisodiy qaram bo’lgan «pastki hovlilar» eng ko’p sonli mayda ishlab chiqaruvchilarni tashkil qilgan.
Eramizning I-II asrida Kogure davlatida to’la qonli mustabid siyosiy tuzum hukmron edi. U ranglarga (daraja) bo’lingan harbiy xizmat aslzodalariga tayangan. Hukmron qatlamning harbiy xususiyati Xan davlati bilan urush va uch Koreya davlatining yetakchilik uchun o’zaro urushlari bilan belgilangan edi.
Kogure davlatida hukmron sinflarni manfaatini himoya qiladigan qonunlar chiqarilgan. Xususiy mulkka daxl qilishga qarshi juda ko’p jazolar belgilangan. Eramizning I-III asrlarida eng kuchli Koreya davlati Kogure bo’lgan. IV asrda esa yarim orolning janubiy-g’arbida uzoq urushlardan so’ng Pekche davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Yarim orolning janubi-sharqiy qismida Silla davlati mustahkamlanadi. Tashqi siyosatda Koreya davlatlarining asosiy vazifasi kuchli raqib Xitoyning tayziqiga qarshi kurash bo’lgan. Bu urushlarning asosiy og’irligi Kogure davlati zimmasiga tushdi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə