O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə108/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

2. Qadimgi yapon davlatlari
Yaponiya orollarda joylashgan bo’lsada, qadimgi Sharqiy Osiyo bilan faol aloqada bo’lgan. Yaponiya orollarida eramizdan avvalgi III ming yillikda qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Eramizdan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon orollariga Koreya yarim oroli orqali qabilalar migratsiyasi boshlangan. Bu qabilalar Kyusyu shimoli, Xonsyu orolining janubida ko’pgina qabrlar qoldirganlar.
Migrantlar o’zlari bilan jez qurollarini, eng muhimi sug’orma sholikorlik texnikasini olib keladilar. Yaponiyada dehqonchilik so’nggi neolit davridan ma'lum bo’lib, u asosan tariq, grechixa, va bir qism quruq sholikorlik bo’lib, uncha katta bo’lmagan xo’jalik faoliyatidan iborat bo’lgan. Aholi qirg’oq bo’yi baliqchiligi, terimchilik va ov bilan shug’ullangan. Sugorma sholikorlikni tarqalishi jihatdan yangi xo’jalik madaniyatini shakllanishiga olib keladi.
Er. avv. I asrlarda jez qurollar tarqalgan bo’lsada, qishloq xo’jaligida asosan mehnat qurollari yog’och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan ishlanib, hosil yarim oy shaklida tosh o’roqlar bilan urilgan. Migrantlar bilan Yapon orollariga ot va sigirlar kirib keladi. Protoyapon qabilalarining xo’jaligi va moddiy madaniyatiga oid arxeologik ma'lumotlar bilan birga qadimgi Xitoy yilnomalari ham qiziqarli ma'lumotlar beradi.
Er. avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji» asarida sholi ekishga o’tish jarayoni turli hududlarda intensiv yuz bergani to’g’risida ma'lumot beriladi. «Vey Chji» muallifi Yaponiyada «ekinlar sholi, kanop, tut daraxtlari o’stiriladi», «Iki, Susima orollarining aholisi janubga boradilar» degan ma'lumotlarni beradi. Shu manba Yaponiyada odamlarni o’z badanini bo’yash (tatuirovka qilish) an'anasini keng tarqalganini baliqchilik kasbi bilan boglaydi: «Ular suvda baliq tutadilar, chig’anoqlarni teradilar va katta baliq, qushlarni qo’rqitish uchun tatuirovka qiladilar». Qadimgi Xitoy manbalarida ko’rsatilgan mahalliy aholini kiyimlarining o’ziga xos xususiyatlari, uy joylarning qurilishidagi jihozlar, qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari, bu davr protoyapon qabilalari madaniyatining janubdan kelib chiqqanligi belgilari qurinadi. Eramizdan avvalining oxirgi asrlarida Yaponiya hududida turli xil madaniy ekinlardan, unsurlardan sekin-asta so’ngi davr yaponlariga tegishli o’ziga xos xo’jalik ko’rinishi shakllanadi.
Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va odamlari» deb ataydi. Manbada ularning ijtimoiy tuzumida tabaqalanishning chuqurlashgani kurinadi. Manbada «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir kishi ikkinchisiga bo’ysunadi» deb uqtiriladi. Manbalarga ko’ra jamiyatda zodagonlar, oddiy aholi va qullar mavjud bo’lgan. Qulchilik manbalaridan biri jamoada, qarindoshlarni qul qilish bo’lgan.
Jez davri Yaponiyada ko’p sonli protodavlat birlashmalari tashkil topgan vaqt bo’lib, ulardan eng kichiklari faqat bir necha ming «hovli»dan iborat bo’lgan. Shu bilan bir vaqtda ularning birlashuvi jarayoni boradi, agar eramizdan avvalgi I asrda davlatchalar soni yuzdan ortiq bo’lsa, eramizning III asrida «Vey Chji» manbasi faqat 30 tasini eslatadi. Bu «davlatlar» hokimiyat uchun kurashda Xan imperiyasini qo’llab-quvvatlashiga umid qilib, u bilan aloqa o’rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari er. avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi Xan okrugi amaldorlariga sovg’alar bilan kelganligi to’g’risida ma'lumot beradi. Keyinchalik Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela boshlaydi. Eramizdan avvalgi 56 yilda Loyandagi Guan U-di saroyida shunday elchilardan biri qabul qilinib, unga muxr taqdim qiladilar. Muxrda «Xanga bo’ysunuvchi «Va davlati hokimi»« yozuvi bitilgan. Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muxrdir.
Eramizning I asrlarida Yaponiya hududida shimoliy Kyusyuda Yematay davlati, markaziy Xonsyuda Yamato nomli davlat kuchliroq bo’lgan. Yematay malikasi 238 yilda shimoliy Xitoydagi Vey imperiyasi bilan aloqa o’rnatadi va yuborilgan sovg’alar uchun «Veyga do’st «Va malikasi» deb yozilgan oltin muxrini oladi. Yematay davlatida ma'muriy tizim shakllangan bo’lib, asosiy hududiy birligi provinsiya bo’lgan. Manbada “Har bir provinsiyada bozor bo’lib, u yerda hukumat amaldori nazorati ostida savdo qilinadi” deyiladi. Yematay hududida yagona soliq tizimi joriy qilinganligi to’g’risida ma'lumotlar mavjud. Yana bir yapon davlati Yamatoni boshqa yapon davlatlari o’rtasida alohida o’rin tutgani to’g’risida ma'lumotlar mavjud. Yamato hukmdorini kelib chiqishi ilohiylashtirilgan, U Quyosh ma'budasi Amaterasu avlodi hisoblangan. Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma bezagi va jez oyna bo’lgan.
Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik davrlashtirishda IV-VII asrlar «qo’rg’onlar davri» deb ataladi. Bu ilgari Yaponiya uchun noma'lum bo’lgan, III asr oxiridan hududda paydo bo’lgan dafn qilishning o’ziga xos qabr qo’rg’onlari bilan bog’liq.
«Qo’rg’onlar davri»da Yaponiya hududida jez mehnat qurollari bilan bir vaqtda temir qilich va temirdan yasalgan boshqa qurollar keng tarqaladi. Shu bilan birga IV-VIII asrlar madaniyatini o’tgan davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir xususiyat mavjud. Bu davrda suvoriylik, otda yurish san'ati bilan bog’liq o’ziga xos an'analar yapon orollariga kirib keladi. Bu davrga oid Yapon orollaridagi arxeologik topilmalar: uzangi, egar va boshqa ot anjomlari Koreya va shimoliy Xitoydan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Jilovlangan ot zodagonning faxr, g’ururi bo’lgan. Jilovlangan ot kichik xajmda juda tabiiy ko’rinishda kichik loy haykalchalarda ifodalangan.Odatda qabrga qo’yilgan bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Yapon tarixchilarining fikriga ko’ra, «qo’rg’onlar davrida» Yaponiyaga markaziy Osiyodan ko’chmanchi qabilalar kirib keladi va ular ilk davlatlarni barpo etadilar.
Yamato hukmdori Syotoku -taysi VII asr boshlarida davlat apparati va boshqaruv tizimini asosiy shakllarini vujudga keltiradi. U 603 yilda zodagonlik rangini (daraja) yangi tizimini kiritadi. 604 yilda esa davlatni mafkuraviy asosi qilib konfutsiylik olinadi. Hukmron Syotoku-taysi Konfutsiy ta'limotiga ko’ra barcha fuqarolar hukmdorga bo’ysunishlari lozimligi to’g’risidagi qonunni e’lon qiladi. Syotoku-taysu davrida, Yamatoda buddaviylik e’tiqodi keng tarqaladi, budda ibodatxonalari va monastirlar qurila boshlanadi. (Nara shahri yaqinida ilk budda ibodatxonalaridan biri. Xaryudzi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan).
607-yilda Syotoku -taysi Xitoyga elchi bilan maktub jo’natadi. Maktubda shunday yozilgan: «Quyosh chiqadigan osmon mamlakat o’g’li quyosh botadigan mamlakat o’g’liga murojaat qiladi». VII asr oxiridan boshlab Yapon davlati eski Yamato nomi o’rniga Nippon deb atala boshlanadi. Hozirgi “Yaponiya” so’zi shundan kelib chiqqan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə