2.1.Yetkazib berish tizimidagi logistik xo’jalik aloqalari
Ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni ma’lumki to’rt bosqichdan iborat:
ishlab
chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste`mol qilish.
Ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari tabiyat mahsulotlarini inson ehtiyojlariga (yaratib qayta ishlab) moslashtirishadi; taqsimlash har bir individ ishlab chiqarilishida ishtirok etuvchi qismlarni belgilaydi; almashtirish unga taqsimlash orqali berilgan qismni almashtirishni xoxlovchi
aniq mahsulotlarni yetkazadi; va nihoyat iste`mol qilishda mahsulotlar individual shaxsiylashtirishning ashyosiga aylanadi»
33.
Qayta ishlab chiqarishni real amalga oshiriluvchi jarayon sifatida o’zaro aloqalar tizimi hisobga olinadi. Biz aloqa tushunchasini turli elementlarning sababi birdamligi sifatida belgilaymiz. Bu holda gap xo’jalik aloqalari haqida ketadi. Ularning sababi ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Aytib o’tish joizki qayta ishlab chiqarish jarayonida, qayta ishlab chiqarish va iste`mol qilish o’rtasidagi bog’lovchi aloqa o’rni mahsulot muomalasi tomonidan bajariladi. Almashtirish esa bir tomondan ishlab chiqarish va u bilan shartlanuvchi taqsimlanish orasida hamda iste`mol qilish orasida ikkinchi tomondan vositalovchi holat sifatida xizmat qiladi. Bog’lovchi halqaning ishlab chiqarishning rivojlanishiga, o’lchamiga va tuzilmasiga ta’siri (mahsulot muomalasi) o’ta muhim.
Tovarning umumiy foydaliligi uni iste`mol qiymatiga aylantiradi. Lekin bu foydalilik havoda turmaydi. “Mahsulot ko’rinishi xususiyatlari bilan belgilanib u mahsulotning o’zisiz mavjud bo’lmaydi. Bu degani mahsulotning iste`mol qiymati tushunchasi tovarning foydaliligi bilan cheklanmaydi
34. Shu bilan birga ma’lumki mahsulot bir vaqtning o’zida ham inson ehtiyojlarini
qondiruvchi ashyo hamda
33 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
34 F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
Iqtisodiy nazariydan ma’lumki, bir tovarning boshqasiga almashinuvi xo’jalik aloqalarining boshlang’ich shaklini yaratadi. “A” mahsulotning “B” mahsulotga almashtirilishida belgilanuvchi qiymatning oddiy shakli xaligacha o’z nazariy hamda amaliy muhimligini yo’qotganicha yo’q. Respublikamiz iqtisodiyotida iqtisodiy islohotlar boshida (20 asr 1990 yillar) mahsulot almashinuvining bunday turi (barter almashinuvlar) keng tarqalgan. Barter almashinuvlar hozirgi kunda ham xo’jalik amaliyotlarida uchraydi: ularga har safar mahsulot almashinuvlari qaysidir sabablarga ko’ra mablag’ bilan ta’minlanmagan hollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari ba`zi iqtisodchilarning fikriga ko’ra 2008 yilda yuz bergan jaxon moliyaviy inqirozi jarayonida barterning kengroq foydalanilishi ahamiyatliroq.
Xo’jalik aloqalarini saqlashni ko’rib chiqishda biz ularning obyektiv boshlanishi sifatida tovar mablag’ muomalasi iqtisodiy qonunlari shakillanish davridan kelib chiqamiz: talab va taklif qonuni, chegaraviy foydalilik qonuni, muvozanat qonuni, qiymat qonuni va boshqalar. Bu qonunlarning amalga oshishi xo’jalik
aloqalarini aniq, yaqqol tarkib bilan to’ldiradi. Logistika nazariyasi haqida gapira turib biz tartibot shaklini oqimini nazorat qiluvchi qonunlar tizimini o’zida aks ettiruvchi bo’lishi kerakligini aniqladik, va bunda ular sifatida logistikada hali qayd etilmagan tanlov qonuni va meyor qonunini nomlab o’tdik. Endi qo’shimcha qilib o’tamiz: logistik sohasida kelishuvlar mahsulot ishlab chiqarilishi va muomalasi qonuniyligiga asoslanadi.
A. N Rodnikovning terminologik lug’atida logistik tizimda ko’rsatilgan xo’jalik aloqalar “mahsulotlarni chiqarish jarayonida yetkazib beruvchilar va iste`molchilar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar sifatida ta’riflanadi”. Logistik xo’jalik aloqalarning bunday talqini xozirgi iqtisodiy sharoitda yetarli bo’lmay qoldi. Unda aloqalarning tabiati haqida hech narsa aytilmagan. Logistik tizimlardagi aloqalarni biz ushbu elementlarni yagona