O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 4,34 Mb.
səhifə11/55
tarix22.03.2024
ölçüsü4,34 Mb.
#184204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
TIJORAT LOGISTIKASI KITOB.

Nazorat uchun savollar:





  1. Tеzkor va muvofiqlashtiruvchi logistika vazifalari o’rtasidagi farq nimada?

  2. Qaysi tizimli logistika kontsеptsiyalarini bilasiz?

  3. Logistikaning missiyasi, maqsadlari va asosiy vazifalarini aytib bеring.

  4. Turli ishlab chiqarish birlashmalari doirasida logistika tizimlarining qanday tasnifiy gradatsiyasini bilasiz?

  5. Sizga qaysi logistika paradigmalari ma’lum?

  6. Tijorat logistika funktsional xususiyatlariga tushuncha bering?

  7. Mikro darajada logistika tizim qanday va uning asosiy vazifalarini aytib bеring.

  8. Logistika operatsiyalari iqtisodiy oqimlarning sabablariga tushuncha bering?


32F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016

2– BOB. TIJORAT LOGISTIKASI TIZIMLARI: MAQSADI VA TASHKIL ETISH TAMOYILLARI


boshqa mahsulotga almashtirilishi mumkin bo’lgan tovar, u iste`mol qiymatiga
hamda narxga (qiymatga) ega.

2.1.Yetkazib berish tizimidagi logistik xo’jalik aloqalari


Ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni ma’lumki to’rt bosqichdan iborat:


ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste`mol qilish.
Ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari tabiyat mahsulotlarini inson ehtiyojlariga (yaratib qayta ishlab) moslashtirishadi; taqsimlash har bir individ ishlab chiqarilishida ishtirok etuvchi qismlarni belgilaydi; almashtirish unga taqsimlash orqali berilgan qismni almashtirishni xoxlovchi aniq mahsulotlarni yetkazadi; va nihoyat iste`mol qilishda mahsulotlar individual shaxsiylashtirishning ashyosiga aylanadi»33.
Qayta ishlab chiqarishni real amalga oshiriluvchi jarayon sifatida o’zaro aloqalar tizimi hisobga olinadi. Biz aloqa tushunchasini turli elementlarning sababi birdamligi sifatida belgilaymiz. Bu holda gap xo’jalik aloqalari haqida ketadi. Ularning sababi ommaviy qayta ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Aytib o’tish joizki qayta ishlab chiqarish jarayonida, qayta ishlab chiqarish va iste`mol qilish o’rtasidagi bog’lovchi aloqa o’rni mahsulot muomalasi tomonidan bajariladi. Almashtirish esa bir tomondan ishlab chiqarish va u bilan shartlanuvchi taqsimlanish orasida hamda iste`mol qilish orasida ikkinchi tomondan vositalovchi holat sifatida xizmat qiladi. Bog’lovchi halqaning ishlab chiqarishning rivojlanishiga, o’lchamiga va tuzilmasiga ta’siri (mahsulot muomalasi) o’ta muhim.
Tovarning umumiy foydaliligi uni iste`mol qiymatiga aylantiradi. Lekin bu foydalilik havoda turmaydi. “Mahsulot ko’rinishi xususiyatlari bilan belgilanib u mahsulotning o’zisiz mavjud bo’lmaydi. Bu degani mahsulotning iste`mol qiymati tushunchasi tovarning foydaliligi bilan cheklanmaydi34. Shu bilan birga ma’lumki mahsulot bir vaqtning o’zida ham inson ehtiyojlarini qondiruvchi ashyo hamda


33 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
34 F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
Iqtisodiy nazariydan ma’lumki, bir tovarning boshqasiga almashinuvi xo’jalik aloqalarining boshlang’ich shaklini yaratadi. “A” mahsulotning “B” mahsulotga almashtirilishida belgilanuvchi qiymatning oddiy shakli xaligacha o’z nazariy hamda amaliy muhimligini yo’qotganicha yo’q. Respublikamiz iqtisodiyotida iqtisodiy islohotlar boshida (20 asr 1990 yillar) mahsulot almashinuvining bunday turi (barter almashinuvlar) keng tarqalgan. Barter almashinuvlar hozirgi kunda ham xo’jalik amaliyotlarida uchraydi: ularga har safar mahsulot almashinuvlari qaysidir sabablarga ko’ra mablag’ bilan ta’minlanmagan hollarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari ba`zi iqtisodchilarning fikriga ko’ra 2008 yilda yuz bergan jaxon moliyaviy inqirozi jarayonida barterning kengroq foydalanilishi ahamiyatliroq.
Xo’jalik aloqalarini saqlashni ko’rib chiqishda biz ularning obyektiv boshlanishi sifatida tovar mablag’ muomalasi iqtisodiy qonunlari shakillanish davridan kelib chiqamiz: talab va taklif qonuni, chegaraviy foydalilik qonuni, muvozanat qonuni, qiymat qonuni va boshqalar. Bu qonunlarning amalga oshishi xo’jalik aloqalarini aniq, yaqqol tarkib bilan to’ldiradi. Logistika nazariyasi haqida gapira turib biz tartibot shaklini oqimini nazorat qiluvchi qonunlar tizimini o’zida aks ettiruvchi bo’lishi kerakligini aniqladik, va bunda ular sifatida logistikada hali qayd etilmagan tanlov qonuni va meyor qonunini nomlab o’tdik. Endi qo’shimcha qilib o’tamiz: logistik sohasida kelishuvlar mahsulot ishlab chiqarilishi va muomalasi qonuniyligiga asoslanadi.
A. N Rodnikovning terminologik lug’atida logistik tizimda ko’rsatilgan xo’jalik aloqalar “mahsulotlarni chiqarish jarayonida yetkazib beruvchilar va iste`molchilar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar sifatida ta’riflanadi”. Logistik xo’jalik aloqalarning bunday talqini xozirgi iqtisodiy sharoitda yetarli bo’lmay qoldi. Unda aloqalarning tabiati haqida hech narsa aytilmagan. Logistik tizimlardagi aloqalarni biz ushbu elementlarni yagona

birlikga aylantiruvchi turli elementlar orasidagi umumiylik va o’zaro bog’liqlik o’rtasidagi munosabat sifatida belgilaymiz. Shunday qilib ashyoviy texnik ta’minlashda ishtirokchilar va sheriklar o’rtasida yuzaga keluvchi xo’jalik aloqalari sig’imliroq tarkibga ega bo’ladi; ularga tektologik tizimlarning umumiy xususiyatlari qo’llanadi, ular korxonalar orasidagi mahsulot aloqalarining maxsus shaklini belgilaydi, ularning saqlanishi faqatgina ishlab chiqarish vositalarining almashinuvi emas balki taqsimlanish munosabatlarini belgilaydi. Bunday logistik xo’jalik aloqalarning ma’nosi har ikkala subyekt tomonlar o’rtasidagi ular uchun foydalilik jihatidan turli xil qiymatlar bilan almashinuvi bilan belgilanadi, buning natijasida tomonlarning har biri o’zi uchun kerakli bo’lgan manfaatdorlikka ega bo’ladi.
V.I Dalning lug’atida bu atamaning quyidagicha ta’rifi berilgan: “ayriboshlash kelishuvi – oxirgi kelishuv, shart, kelishuv; rozilikli o’zaro majburiyatlar”. Rus zodagoni uchun “qilmoq” so’zi ayriboshlashni tugatish sotish degan ma’noni anglatgan. Ayriboshlash kelishuvi Tijorat va logistik amaliyotning asosiy boshlanishi. Savdo sotiq nazariyasida ayriboshlash kelishuviga alohida e`tibor qaratilgan. Bu masalani batafsil ravishda faqatgina ta’limiy ahamiyatga ega bo’lmagan tarixiy tajribani inobatga olgan holda ko’rib chiqamiz. Ayriboshlash kelishuvining maqsadi bu ikki tomon o’rtasidagi qiymatlar almashinuvi. Ayriboshlash kelishuvini amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:

  1. ikkitadan kam bo’lmagan qiymatli ashyolar;




  1. ayriboshlashning amalga oshirilishi bo’yicha shartlarning kelishib

olinishi;

  1. ayriboshlash vaqtining kelishilishi; 4)ayriboshlash joyining kelishib olinishi;

Ayriboshlash kelishuvi mulkdorning almashinuvini (mahsulotning sotib olinishida) taxmin qiladi, lekin narsaning vaqtincha to’lovli foydalanishga topshirilishini ham mulkdor o’zgarmagan holatda bildirishi mumkin (kreditga,
ijaraga, mehnatga olish). Ayriboshlash kelishuvi bozorga oid va bozorga oid
bo’lmagan bo’lishi mumkin.
Qonun Tijorat deb “tirikchilik sifatida sotib olish”, “savdo aylanmalar”, “tijoratga oid bo’lgan majburiyatlar” haqida aytib o’tgan. Ko’rib turganimizdek biz kirishda oldinroq gapirib o’tgan savdo ishi rossiya tajribasida qonuniy ko’rinishga ega bo’lib; uni tirikchilik yo’lida savdo qilish bilan bog’lashgan, ya’ni tadbirkorlikni ko'zda tutishgan.35 Tijorat ayribohlashlarning umumjamoaviylardan farqi ularning yuridik tabiatiga emas balki ular xizmat qiluvchi maqsadlarga asoslangan. Savdo sotiq, qarz , yollash, yuk o’z yuridik tuzilishiga ko’ra bir xil bu ularning Tijorat muomilada yoki yo’qligidan qat’iy nazar amalga oshadi. Savdo huquqiga bo’ysinuvchi ayriboshlashlar doirasi sudlarga bo’ysinuvchi ishlar doirasidan farqlangan. Shunday qilib biri savdo sotiq bilan tijorat yo’lida shug’ullanuvchi (savdogar) hamda tijoratga bog’liq bo’lmagan (masalan ishchi) faqatgina bir tomon sotuvchi uchun ayriboshlash Tijorat hisoblangan. Boshqa tomon uchun u fuqarolik amaliyoti hisoblangan. Bunday ayriboshlashning qaysi sudga bo’ysinishi jihatidan aniq javob yo’q edi. Ba`zi yuristlarning fikriga ko’ra ishchining murojatnomasi fuqarolik huquqi bo’yicha hamda savdogarniki esa Tijorat huquq tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Boshqalar esa “ayriboshlashni kamida bir tomon uchun Tijorat xususiyatga ega bo’lganda ham ayriboshlashni Tijorat deb topish mumkin deb hisoblashgan” va bu ishni “sud hukmiga bo’ysinishiga” yetarli deb hisoblagan. Savdo ayriboshlashlarining tuzilmasi o’z ichiga vositachilik va vositachilikga yordamni o’z ichiga olgan. O’z o’rnida qo’llash yo’nalishidan kelib chiqib, vositachilikda uch tur farqlangan:

  1. mahsulotlar muomalasida;




  1. moliyalar muomalasida;

  2. mehnat muomalasida.



35 Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). “EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012
Sotish u Tijorat amaliyotni yakunlaydi, u Tijorat muomiladagi yakuniy xalqa hisoblanadi.36
Yetkazib berish. Tijotriy logistika yetkazib berish, sotib olish jarayonidan oldin begonalashtirish bo’yicha ayriboshlash amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Mahsulot sotib olish ko’zda tutilgani uchun ta’minlanadi; ta’minlashni amalga oshirish kerak bo’lganligi uchun mahsulot sotib olinadi. Birja amaliyotlaridan Tijoratlarga faqatgina qayta sotish maqsadi yoki kursning foydali o’zgarshiga ishonib qimmatbaho qog’ozlarning sotib olinishi bilan bog’liq moliyaviy birjalardagi ayriboshlashlarni belgilashgan. “Banklar kredit berishda vositachi bo’lib: moliyaviy mablag’larni qarzga oladi va ularni kredit sifatida beradi. Shu bilan birga u qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va sotadi hamda mablag’ muomalasi bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajaradi. Ko’rsatilgan barcha amaliyotlarda vositachilik holatining yo’qligi ularning Tijorat xususiyatini yo’q qiladi: shuning uchun o’zaro yordamga asoslangan kredit muassasalari tijorat hisoblanmaydi”. Mehnat muomilasidagi vositachilikga asoslanib, tijorat ayriboshlashga quyidagilar ham kiritilgan:


  1. Yüklə 4,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə