2-sxema.
Jamg’arma va investitsiyalar tenglashuvi va ish bilan bandlik darajasi
o’rnatilishining keynscha modeli.
Barcha oldingi iqtisodiy nazariyaning
isbotlab berishicha, iqtisodiy o’sishning
asosi tejamkorlik, joriy iste’moldan o’zini tiyish hisoblanadi. J.M.Keyns bu
tushunchani inkor etdi. U e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo’lishi mumkin
emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan
oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining
jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatdan ham,
jamg’armalarning ko’payishi investitsiyalarning ko’payishidan ustun bo’lishi bilan
bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi:
samarali talab yalpi
taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. Bunda mantiqqa
zid xulosa kelib chiqadi: jamiyat qancha boy bo’lsa, ortib borayotgan jamg’arma
hissasini qoplash uchun u shuncha ko’p investitsiyalashi kerak. Bunday tadqiqot
variantlaridan biri P.Samuelson va E.Xansenlar taklif qilgan «keynschilik kresti»
modelidir.
Keynschilik kresti.
Faraz
qilaylik, iste’mol xarajatlari va jamg’armalarning milliy daromad
miqdoriga bo’lgan bog’liqligi – jadvaldagi raqamlar bilan aniqlanadi. To’la
ish bilan
bandlikka erishish uchun 400 birlik milliy daromad ishlab chiqarish zarur.
Klassiklar
modelida ishlab chiqarishning har bir darajasida jamg’arma va investitsiyalar hajmi
mos tushadi, negaki jamg’armaning ortib borishi bilan foiz stavkasi kamayadi va
kapital qo’yilmasi ko’payadi. Shuning uchun bozor mexanizmi to’la ish bilan
bandlikka muvofiq keladigan ishlab chiqarish mikdorini avtomatik tarzda
ta’minlaydi. Lekin keynschilik modelida investitsiyalar milliy daromad miqdoridan
avtonom holatda bo’ladi. Ular 50, 100 yoki 150 pul birligi darajasida bo’lishlari ham
mumkin. Kapital qo’yilmasi miqdori 100 deb faraz qilaylik. Bunday sharoitda 400
birlik milliy daromad
ishlab chiqarish mumkin emas, negaki 50 birlik (1/8 qismi)
realizatsiya qilinmaydi. Natijada makroiqtisodiy muvozanat 300 birlik milliy
daromad darajasida o’rnatiladi.
Pul
massasi-
ning
o’zgarish
i
Ish bilan
bandlik
darajasinin
g
o’zgarishi
Jamg’arma
hajmining
o’zgarishi
Milliy
daromadnin
g
o’zgarishi
Mehnatga
bo’lgan
talabning
o’zgarishi
Investitsi
ya-lar
hajmining
o’zgarishi
Ko’riladigan
foydadagi o’zgarish
Foiz
stavkasini
ng
o’zgarishi
Dostları ilə paylaş: