O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Likvidlik ustunligi nazariyasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Likvidlik ustunligi nazariyasi. 
Investitsiyaning asosiy omili sifatidagi foizni taxlil qilish J.M. Keynsni pul 
bozorini ko’rib chiqishga olib keldi. Yangi klassiklaridan farqli ravishda, 
J.M.Keynsning aytishicha, foiz jamg’arma va investitsiyalar bozorda emas, balki pul 
bozorida o’rnatiladi. U «likvidlik ustunligi» (odam o’zida naqd pul bo’lishini 
xohlash) tushunchasini kiritdi. Agar yangi klassiklarda pul zahirasini jamg’arish 
noratsional hisoblansa, J.M.Keyns bo’yicha esa bunday jamg’arma bo’lajak xo’jalik 
vaziyatini prognozlashtirib bo’lmasligi, xo’jalik xatari mavjudligining muqarrar 
natijasidir. O’z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik 
kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori likvidlik moliyaviy 
aktivlar moliya bozoridagi «o’yinda» muayyan ustunlik berishi mumkin: qimmatli 
qog’ozlarning kursi pasayganda ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.
Kishilarning o’z uylarida naqd pul zahiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns 
bo’yicha, quyidagi sabab ( motiv)larga bog’liq:

xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv) 

kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan) 

olib sotarlik sababi. 
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining kembridj varianti 
tarafdorlari ko’rsatib o’tgan. Olib sotarlik sababi bozor foiz normasining tebranib 
turishi bilan bog’liq.
Bozorda faqat ikkita moliyaviy aktiv ishtirok etadi, deb faraz qilaylik. Ularning 
biri naqd pullar, ikkinchisi , obligatsiyalar bo’lib, ulardan keladigan daromad
ularning nominal qiymatiga nisbatan olingan. Bunday obligatsiyalar bo’yicha 
olinadigan daromadlarni ularning bozor qiymatiga bo’lgan nisbati foiz stavkasini 
belgilaydi. Buning ustiga obligatsiyalar kursining va foiz stavkasining o’zgarishi 
o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud: obligatsiyalar qancha qimmat bo’lsa, foiz 
shuncha past bo’ladi va aksincha. Endi foiz stavkasi normal darajadan pastga tushdi, 
deb faraz qilamiz. Bunday sharoitda odamlar uning ko’tarilishini kutadilar, negaki u 
obligatsiyalar kursiga salbiy ta’sir etadi (ularning qiymati foiz stavkasi oshganda 
pasayadi). Shuning uchun bunday vaziyatda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z 
jamg’armalarini pul shaklida saqlashni afzal ko’radilar(mablag’larni arzonlashib 
boruvchi qimmatli qog’ozlarga ko’yish befoyda). Aksincha, foiz stavkasi yuqori 
143 


bo’lganda obligatsiyalarga bo’lgan talab oshadi, negaki kishilar ularni kursi oshishiga 
o’ynashni xohlaydilar. Natijada naqd obligatsiyaga bo’lgan talab pasayadi. 
Bundan «likvidlik ustunligi» tushunchasi yoki zamonaviy iqtisodiy fan tili 
bilan aytganda pulga bo’lgan talab o’z-o’zidan kelib chiqadi. Likvidlikka bo’lgan 
talab bilan foiz stavkasi o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha 
yuqori bo’lsa, odamlarda o’z aktivlarni naqd shaklda saqlashga bo’lgan xohish 
shuncha kam bo’ladi va aksincha.
Shunday qilib, pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-
sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) 
chayqovchilik uchun talab (foiz stavka funktsiyasi): 
D=f(Y,R) 
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri 
hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning 
uchun odamlarga aktivlari daxlsiz hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos 
sug’urta fondi zarur. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə