O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy salohiyatini oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə17/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25

Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy salohiyatini oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar


Respublikamiz xo’jalik yuritish va ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllariga o’tish bilan soliqqa tortishning me’yoriy-huquqiy bazasi muntazam ravishda takomillashib bordi. Rivojlanish va oyoqqa turishning murakkab yo’lini
bosib o’tib, anchagina barqaror va yaqqol bo’lgan soliq tizimi shakillandi, u so’nggi yillarda davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining muvozanatlashuviga erishish imkonini berdi. Respublika xukumati tomonidan iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish izchil siyosatining o’tkazilishiga jamg’armalarni va iqtisodiyotning moddiy (xususiy) sektorining iste’molini oshirish zaruriyati sababchi bo’ldi, soliqlar va yig’imlarni birxillashtirish esa milliy soliq tizimini xalqaro me’yor va standartlarga muvofiqlashtirish imkonini beradi. Natijada davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliq tushumlarining YaIMdagi ulushi bir muncha o’zgardi.
Respublika xukumati tomonidan soliq siyosatini yanada takomillashtirish, fiskal funktsiyalarni kamaytirish hamda soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini kuchaytirishga doir asosiy omillar sifatida quydagilarni belgilab olindi:

  • soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish, to’g’ridan- to’g’ri soliqlar salmog’ini qisqartirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish;

  • soliqqa tortishning o’xshash bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birxillashtirish, soliq mexanizmini soddalashtirish;

  • resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni rag’batlantirishni ta’minlovchi resurs soliqlari stavkalarini maqbullashtirish;

  • yig’iluvchanlik darajasini oshirish va boshqa zaxiralar hisobiga soliq solish bazasini kengaytirish.

Soliq yukini ishlab chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga o’tkazish, bilvosita soliqlar ulushini oshirish. Bevosita soliqlar salmog’ini kamaytirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini oshirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga o’tkazish bevosita soliqlar korxonalar hamda fuqarolarning moliya-xo’jalik faoliyatiga, ya’ni ularning daromadlari xajmiga bevosita ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq. Bevosita soliqlarning kamayishi bilan ishlab chiqarishning rivojlanishi rag’batlantiriladi, tegishlicha soliqqa tortish bazasi kengayib, byudjetga tushumlar ortadi. Bevosita soliqlar stavkalarini kamaytirish va bilvosita soliqlarga tortish bazasini kengaytirish orqali
bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, soliq stavkalarini yanada ko’proq pasaytirish yo’li bilan ayrim yo’nalishilar eksport, xorijiy investitsiyalar va boshqalar rag’batlantiriladi.
So’ngi yillardagi soliq siyosatining tahlili davlat byudjetining daromadlari tarkibida bilvosita soliqlar ulushining ancha o’sayotganini hamda bevosita soliqlar salmog’ini kamayayotganini ko’rsatmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joyizki, soliq kodeksi joriy etilgan va undan keyingi yillarga bir nazar tashlaydigan bulsak. Soliqlar davlat byudjetining har yili 90 va undan ortiq foiz daromadlarini shakllantirayotganligiga amin bulamiz. Keltirgan ma’lumotlarni real raqamlarda ko’rish uchun quyidagi diagrammaga e’tiborimizni qaratamiz.
Yuqoridagi ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bulyaptiki, Davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita, bilvosita va resurs va mol-mulk soliqlarining salmog’i aloxida ahamiyat kasb etayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz.
Agar daromad manbalari ya’ni soliqlarni guruxlash buyicha salmog’iga nazar tashlaydigan bulsak byudjet daromadini shakllantirishda bilvosita soliqlarning salmogi 50 foizni tashkil etmokda. Bizning fikrimizcha, bu tabiiy hol. Chunki, jahon iqtisodiy tajribasidan ma’lumki, har qanday rivojlanayotgan mamlakatda bilvosita soliqlarning salmog’i yuqori bo’ladi.
Ishlab chiqarish sektori zimmasidagi soliq yukini kamaytirish asosan korxonalar daromadlarini soliqqa tortish darajasini pasaytirish vositasida amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy isloxatlarining birinchi bosqichida korxonalar uchun belgilangan soliqlarning yuqori stavkalari ijobiy natijalar bermadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni texnik jihatdan qayta qurollantirish uchun etarli mablag’larni yo’naltirish imkonini bermadi.

  1. diagramma

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə