O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
III BOB.
3.1.
3.2.

Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini takomillashtirish yo’llari .
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari …..............
Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy byudjet
salohiyatini oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar ..

58
58


69




Xulosa va takliflar …………………………………….….…

77




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………….….

81

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan to hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016- 2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez
rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat etkazadi..”1.
Bugungi kunda O’zbekistonda to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, korxonalarimizning barqaror rivojlanish, ularning faolligi, byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati ham, islohotni zamonaviy talablariga moslashtirib borilishini talab qilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur.
Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan, bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda, ularning bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan hozirgi davrga qadar



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi
majlisidagi ma’ruzasi https://www.gov.uz/uz/news/view/4238
respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Kichik biznesni rivojlantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik vazifalari belgilangan. Ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning to’g’ri oqilona yo’nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlashni takomillashtirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Daromad solig’ining yuqori bo’lishi korxonalarni o’z mablag’larini o’zi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan qayta qurollantirishga, o’z aylanma mablag’larini to’ldirishga sarflashiga to’sqinlik qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi. bu esa moliya tizimini barbod bo’lishiga, ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar hozirgi kunda ilmiy izlanish mavzusining dolzarbligini va bu sohadagi muammolarni hal etish davlat iqtisodiy islohotlarining birlamchi o’rinda turishini tasdiqlaydi va mazkur muammolarni hal etishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə