O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


O’ZBEKISTONDA 2007-2015 YILLARDA YaLPI IChKI MAHSULOTNING



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
O’ZBEKISTONDA 2007-2015 YILLARDA YaLPI IChKI MAHSULOTNING O’SIShI DINAMIKASI, foizda 5







4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalari.
5 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2007 -2015 yillarda yilning asosiy yakunlari va O’zbekistonni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

  1. Resurslar narxining tovarlar narxining o’zgarishlaridan orqada qolishi mehnat bozori va sanoat bir qator xom ashyo tarmoqlari (neft va gaz qazib olish) monopollashtirishning yuqori darajadaligi natijasidir. Shuning uchun narxlar umumiy darajasi o’sganda jamuljam taklifning miqdori o’sadi, pasayganda esa kamayadi.

  2. Iqtisodiyot tushkunligi sharoitida ishlab chiqarishni o’stirishga narxlarni anchagina hajmda o’stirishsiz erishib bo’lmaydi (chunki ommaviy ravishda ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlarini to’liq band qilmaslik mavjud). To’liq bandlikka erishilganda taklifning o’sishiga erishib bo’lmaydi: mehnat resurslarini tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash mumkin, lekin bunda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko’paymaydi.

Makroiqtisodchilar jamg’arishlarga, import tovarlarga oid soliq va harajatlarga ham e’tibor qaratishlari kerak. Mikro ma’lumotlarining o’zgarishi bilvosita jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, masalan, import tovarlari narxining qimmatlashuvi ko’pincha mamlakat mahsulotiga talabning o’sishiga olib keladi. Soliqlarning ko’payishi, aksincha, investitsiya va iste’mol harajatlarini qisqartirishga qodir.

  1. Pul iqtisodiyotda muhim rol o’ynamaydi. Biroq muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa o’z navbatida investitsiyalar hajmini o’zgartiradi. Muomalada pul massasining o’sishi natijasida foiz stavkasi kamayadi, bu esa tadbirkorlarning ievestitsiyalarga bo’lgan talabni rag’batlantiradi. Pul massasi qisqarganda teskari jarayonlar yuz beradi. Shunday qilib, pul massasi ko’payganda nafaqat narxlar o’sadi, balki haqiqiy ishlab chiqarish kengayadi ham, narxlar va haqiqiy YaMM darajalari o’sishining nisbati iqtisodiyot jamuljam taklif egri chizig’ining qanday kesimda joylashishiga bog’liqdir. Agar chuqur tushkunlik ko’zga tashlansa, ishlab chiqarishning o’sishidan ancha ahamiyatli bo’ladi. Agar haqiqiy vaziyat to’liq bandlik holatiga yaqin bo’lsa, narxlarning o’sishi ishlab chiqarishning o’sishidan ildamlab boradi.

  2. Ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun davlat iqtisodiy jarayonlarga faol aralashishi kerak.

Ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi soliq siyosati strategiyasidir. Soliqlar davlat harajatlarini o’zgartirarkan, davlat jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Tushkunlik vaqtida davlat byudjeti kamomadini ishlatish lozim. Yuksalish vaqtida byudjet kamomadini qisqartirish lozim. Byudjet siyosati bilan bir qatorda avtomat byudjet siyosati iqtisodiyotning tsiklik ikkilanishlarini so’ngdiradigan, ichiga qurilgan barqarorlashtirgichlar tizimiga amal qiladi. Mavjud qonunlarga muvofiq byudjetni o’z holicha byudjet siyosatiga hech qanday ongli o’zgarishlarsiz bajarish iqtisodiyotni barqororlashtirishga qodir bo’ladi. Iqtisodiy tushkunlik paytida davlat ongli ravishda byudjet kamomadlari siyosatini o’tkazadi (harajatlarni kengaytiradi va soliqlarni kamaytiradi). Biroq byudjet kamomadlari ishlab chiqarishni qisqartirish sharoitida avtomatik ravishda ham yuzaga keladi. Birinchidan, soliq tushumlari hajmi pasayadi, daromad kamayadi, oqibatda, ulardan kamroq soliqlar to’lanadi. Ikkinchidan, ijtimoiy ehtiyojlarga (ishsizlik, kambag’allik nafaqalar va hokazo) va ehtimol, zarar ko’ruvchi korxonalar uchun dotatsiyalarga (agar bu narsa qonunlarda ko’zda tutilgan bo’lsa) davlat harajatlari avtomatik ravishda oshadi. Yuksalish davrida teskari jarayonlar yuz beradi: soliq tushumlari o’sadi, ijtimoiy harajatlar va dotatsiyalar esa pasayadi.
Soliqqa tortish tizimining harakteri katta ahamiyat kasb etadi: agar soliqqa tortish shkalasi progressiv bo’lsa, unda daromadlarning o’sishi ushbu daromadlarga solinadigan soliq stavkasining ko’payishiga olib keladi, joylashtirilgan barqarorlashtirgichlar esa yanada ta’sirchang bo’ladi
Pul-kredit siyosatidan «inflyattsiya to’liq band bo’lish» ga erishish uchun ham foydalanish mumkin: muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, natijada investitsiyalar hajmi-jamuljam talabning eng muhim elementi hisoblanadi. Bunda muomalaning tezlanish miqdori pul taklifining o’zgarishiga teskari yo’nalishda o’zgaradi, bu esa narxlarga salbiy ta’sirni kamaytiradi. Keynschilar, muomalada pul miqdorining o’zgarishi narxlarning umumiy darajasiga kam ta’sir etadi, chunki pul massasining o’sishi yoki kamayishi pul muomalasi tezligining tegishlicha kamayishi yoki o’sishi bilan kompensatsiyalanadi.
Biroq pul-kredit siyosati soliq siyosatiga qaraganda ancha samarasizdir:
Birinchidan, investitsiyalarga talab foiz stavkasiga juda oz bog’liq bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan pul muomalasining tezligi barqaror emas va uni oldindan aytib bo’lmaydi, mazkur miqdorning to’satdan o’zgarishi Markaziy bankning sa’y- harakatlarini yo’qqa chiqarishi mumkin.
70-80 yillarda yangi klassik yo’nalishdagi iqtisodiy maktablarning xukumron mavqeylari tiklana boshladi. Ularning paydo bo’lishi asosan keynschilikning bir qator muammolarini xal qilishni uddalashga, avvalo inflyatsiyaga qarshi kurashga noqobilligi bilan boshlangan. Keynschilikning nazariy xulosalariga birinchi bo’lib M.Fridmen boshchiligida monetaristlar muqobil ta’riflarni taklif etishdi.
Hozirgi monetaristik makroiqtisodiy model quydagi tamoyillardan kelib chiqadi:

  1. «Sof» kapitalizm sharoitida bozorlarda mukammal raqobat xukum suradi. Biroq davlatning aralashuvi ( eng kam miqdordagi ish xaqini belgilash, kasaba uyushmalarini himoya qilish, dotatsiyalar berish va h.k.) erkin bozor imkoniyatlarini cheklaydi, bu esa makroiqtisodiy barqarorsizlikni keltirib chiqaradi.

  2. Bozorning nomukammalligi tufayli qisqa muddatli davrda jammuljam taklifning miqdori narxlarning umum darajasi o’zgarishga bog’liq bo’ladi. Resurslar narxlari umumiy darajasi o’sishdan orqada qoladi, chunki resurslar (ayniqsa mehnat) bozorida narxlar ancha qayishqoq, odatda uzoq muddatlarga tuziladigan ilgari imzolangan kontrakt va shartnomalar amal qiladi.

Erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning o’zi kapitalistik xo’jalikni bo’ron holatidan chiqarishga va uning yuksalishini ta’minlashga qodir. Davlat o’zining iqtisodiyotiga aralashuvini faqat pul tizimini normal holatda ushlab turish bilan cheklashi kerak. Davlatning qolgan barcha harakatlari ishchilar ahvolini yomonlashtirishga, kishi erkinligini cheklashgagina qodir. Pul-kredit siyosati YaMM miqdorini o’zgartirishning g’oyatda qudratli vositasidir. Qisqa muddatli
davrda muomalada pul o’sishi bilan iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik kuzatiladi. Biroq faol pul-kredit siyosati siyosiy iqtisodiyot uchun xavflidir. Tushkunlik paytida o’tkaziladigan arzon pullar siyosati faqat 6-9 oydan keyin natija beradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiyotda yuksalish boshlanishi mumkin. Natijada Markaziy bank harakatlari inflyatsiyani kuchaytiradi.
Shunday qilib, ikki asosiy maktabning soliq siyosati strategiyasining samaradorligiga munosabati bir-biridan keskin farq qiladi: «Keynschilar uchun u, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishning birdan-bir ishonchli usuli hisoblansa. Monetarislar esa uni amalga oshirish hech qanday ijobiy samara bermaydi deb hisoblaydilar».
Keynschilik, monetarizm maktabini jamuljam talab nazariyalariga kiritish mumkin: ular tadqiqotchining asosiy ob’ekti - jamuljam bozor talabi va uni belgilovchi omillardir. 70-80 yillar chegarasida «taklif iqtisodiyoti maktabi» paydo bo’ldi, u talabga emas, balki taklifga asoslanadi. Mazkur maktab vakillarining fikricha, bozor iqtisodiyotini sog’lomlashtirish uchun individumlarning harakat qilish motivlarini faollashtirish zarur, bu esa ishlab chiqarishni o’stirish va sarmoya jamg’arishga imkon yaratadi. Shunday qilib, asosiy e’tibor mikrodarajaga qaratiladi: taklifga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi.
«Mazkur maktab vakillari faol soliq siyosat strategiyasining xavfli ekanini uqtiradilar» Davlat byudjeti kamomadining ko’payishini, keynschilar fikricha esa,

  • ishlab chiqarish va narxlarni o’stirish (agar davlat harajatlari pul emissiyasi bilan birga borsa) keltirib chiqaradi. Davlat harajatlari bilan soliqlar o’rtasidagi farqning ko’payishi siqib chiqarish effektini tug’diradi: hukumat tomonidan pulga bo’lgan talabning ko’payishi ssuda foizi stavkasini oshiradi va xususiy investitsiyalar hajmini kamaytiradi. Lekin davlat sektori o’z tabiatiga ko’ra xususiy sektorga qaraganda kamroq samarador, shuning uchun ishlab chiqarishning umumiy hajmi pasayadi.

Soliq stavkalarini belgilashda optimumni aniqlash muammosini hal etarkan, maktab vakillaridan biri bo’lgan soliq siyosati A.Laffer shunday bir egri chiziqni tasvirladi, unga ko’ra soliq stavkasining o’sishi albatta davlat byudjetiga
tushumlarning ko’payishini anglatishi shart emas. Aksincha, muayyan chegaralar mavjud bo’lib, ulardan tashqarida stavkaning o’sishi byudjetga tushumlarning qisqarishiga olib keladi, chunki yuqori miqdordagi soliqlar xo’jalik faoliyatiga rag’batlarni yo’qotadi va ishlab chiqarish hajmlarini, binobarin, soliqqa tortiladigan daromadlarning ham qisqarishiga olib keladi. Shunga muvofiq, muayyan hollarda stavkalarning pasayishi nafaqat ishlab chiqarishni o’stirishga, balki hatto byudjetga soliq tushumlari ko’payishiga ham olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda bu bo’limni yakunlar ekanmiz demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati strategiyasi va taktikasi o’rtasida uzviylik mamjud bo’lib, to’g’ri, ilmiy asoslangan soliq siyosati strategiyasi, soliq taktikasining qisqa muddatlarda bajarilishiga va buning natijasida esa davlat byudjetining moliyaviy resurslar bilan ko’proq ta’minlanishiga shuningdek, mamlakatimiz aholisining yaxshi turmush kechirishiga olib keladi.



    1. Yüklə 0,59 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə