O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI TAHLILI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25

II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI TAHLILI.


    1. Byudjet-soliq siyosatitini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari.

O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirdi. O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonunda «shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi» deb ko’rsatilgan. Qolaversa, davlatning soliq siyosati asosi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ham qayd qilinadi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliqlar sohasida o’ndan ortiq Qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiysi O’zbekiston Respublikasining
«Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar soliqlari to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlarning solig’i to’g’risida»-gi Qonunlari va ularga kiritilgan o’zgartirishlar, to’ldirishlar bo’ldi.
Ammo soliqlarning huquqiy asosi 1997 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan hamma soliqlarni mujassamlashtirgan yagona Soliq Kodeksi bo’ladi. Bu Kodeksning qabul qilinishi soliq siyosatini amalga oshirishdagi katta huquqiy asos yaratdi. Har qanday tadbir, ish, faoliyati ilgaridan belgilanib, aniqlanib, rejalashtirilib, ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi.
Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan rejalashtirib, aniqlab turib amalga oshirgan chora-tadbirlar yig’indisi tushuniladi. Soliq bo’yicha ishlarni tashkil qilish ham shu to’g’risidagi siyosat, deb yuritiladi. Soliq siyosati qabul qilinganligi bois O’zbekiston Respublikasi soliq to’laydigan huquqiy shaxslar soni 1991-1996 yillarda 28 mingdan 171 mingtaga etgan. Shuni aytish kerakki, soliq siyosati davlat xazina siyosatining eng muhim tarkibiy ajralmas qismidir. Demak soliq siyosati moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, unga bog’liq holda rivojlanadi.
Soliq siyosati nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Soliq siyosati- davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, faoliyati yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko’rsatadi.
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy bo’lagi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvafaqqiyatli amalga oshirilishi uchun ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarishimiz lozim. Aks holda bunday siyosat katta muvaffaqqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada
«Olmoniyaning soliq siyosati borasidagi tajribasi e’tiborga loyiqdir. Bu erda har bir yangi soliqni joriy etishdan avval uning loyihasini tayyorlash uchun soliq sohasida ishlovchi 5 nafar olimga 5-6 oy muddat beriladi besh izlanuvchi olimga ishning natijasidan qat’iy nazar mualliflik haqi oldindan to’lab qo’yiladi. Tayyorlangan soliq loyihalarini ko’rib chiqib, yagona loyihani tanlash uchun besh kishidan iborat ekspertlar guruhi ishlab, ma’qul bo’lgan eng yaxshi loyiha parlament tomonidan tasdiqlanadi"8 Xulosa shuki, loyihaning ilmiy asoslanganligi va to’g’riligiga javobgar shaxs bor, kerak bo’lsa, loyiha muallifi hamma joyda shu soliq bo’yicha maslahatlar hamda tushuntirishlar berib boradi. Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlarga e’tibor beriladi:

      1. Har xil mulk shakillariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish.

      2. Ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlat kerak bo’lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlashi.






8 Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T. 2003 yil.

      1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.

      2. Aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.

Shu o’rinda biz tomonimizdan Chimboy tuman davlat byudjeti daromadlarini ko’rib chiqib quyida keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilganimizda mazkur hudud doirasida soliqlarning kelib tushish darajasi ortib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin jumladan, davlat byudjetiga 2011 yili rejaga nisbatan soliqlarning 2.8 foizga ortig’i bilan bajarilganligini ko’rishimiz mumkin.
Shuningdek mahalliyning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumini baholashda ularning o’z muddatida kelib tushishi, bajarilishi, ularning korxonalar faoliyatiga ta’siri hamda ularning soliq funktsiyalaridan kelib chiqqan holda rag’batlantirish jarayonlariga ham alohida ahamiyat berilishi qayd etish kerak
Agarda jadvaldagi ma’lumotlarda barcha soliqlar ortig’i bilan bajarilayotganligi qayd etish kerak. Bu holat mazkur hududda ho’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga alohida ahamiyat qaratilganligidan dolalat beradi.
Biz tahlil etish jarayonida tuman kesimida jami soliqlar ichida egri soliqlarning asosiy o’rin egallashining guvohi bo’ldik. Bunda qo’shilgan qiymat solig’i rejaga nisbatan 1.3 foizga ortig’i bilan bajarilganligini ko’rishmiz mumkin. Shuningdek, Sirg’ali tumani davlat byudjeti daromadlarining tarkibida soliq asosiy o’rin egallashini ko’rishimiz mumkin. Albatta bu erda barcha davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlar 90, 95 foizni tashkil etishini inkor etib bo’lmaydi. Shunday ekan mahalliy joylarning aholining turmush darajasi undagi infrastrukturaning rivojlanishi bir tomondan soliqlarning tushumiga qaratiladigan bo’lsa, ikkinchi tarafdan davlat byudjetining daromadlar qismiga qaratilishi qayd etmoq kerak

        1. Yüklə 0,59 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə