O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
2018 yil 1 yanvargaqadar quyidagi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi «Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1050-sonli qarorining 3- bandida belgilangan nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;




17 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori asosida tuzildi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 noyabrdagi PQ-733- sonli qarorining 3-bandida belgilangan to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 martdagi 141-sonli qarorining 5-bandiga asosan «O‘zbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig‘ini nol stavka bo‘yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berish tarzidagi imtiyozlarning muddati uzaytirildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455- sonli qarorining 36-ilovasiga asosan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi PQ-456- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining «Paxtasanoat» hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob- kitob qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

«Bunda respublika korxonalari uchun paxta tolasini sotishda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda, paxta tolasiga tasdiqlangan preyskurant narxlaridan past bo‘lgan jahon narxlari amal qilgan davrlarda paxta tozalash zavodlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini: chegirmani hisobga olgan holda jahon narxi x 20/120 formulasi bo‘yicha 15% miqdordagi chegirmani hisobga olib, xomashyo yetkazib berilgan kuni amalda tarkib topgan jahon narxlariga asoslanib hisoblab chiqarishadi.»;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 noyabrdagi «Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Xorazm viloyati Toshsoqa tizimining magistral sug‘orish kanallarini tiklash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi PQ-1849-sonli qarorining 9-bandiga qo‘shimcha kiritilib, unga ko‘ra
«Xorazm viloyati Toshsoqa tizimining magistral sug‘orish kanallarini tiklash» loyihasini amalga oshirish davrida loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan olib kelinayotgan va xarid qilinayotgan tovar (ish va xizmat)lar, uskunalar va transport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etildi



    1. Yüklə 0,59 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə