O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Soliq islohotlarini amalga oshirishda rivojlangan davlatlar tajribalari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25

Soliq islohotlarini amalga oshirishda rivojlangan davlatlar tajribalari


Soliq siyosati amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlarda ijobiy tajribalar to’plangan. Ulardagi bu siyosatning izchil amalga oshirilishi davlat byudjeti daromadlarini bir me’yorda barqaror o’sishini, harajatlarning oqilona sarflanishiga olib kelmoqda. Har bir davlatning soliq siyosatining o’ziga xos tomonlari mavjud.
Misol uchun, AQSh ning byudjet tizimi o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, AQShda milliy daromadning 40 foizi davlat byudjeti orqali taqsimlanadi. Shuningdek, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 20-25 foizni tashkil qiladi.
AQSh byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy harajatlarning asosiy qismi mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi. Keyingi yillarda jami harajatlarning 30-35 foizi ijtimoiy sohaga yo’naltirilmoqda.
Bu davlatning soliq tizimini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u ba’zi bir belgilari bilan boshqa bir soliq tizimlaridan ajralib turadi. Jumladan:

  • mamlakat soliq tizimida juda katta boshqaruv apparatining mavjudligi;

  • soliq organlari umumiy tuzilishining mamlakat miqyosida qat’iy markazlashtirishning yo’qligi, mamlakat soliq idoralarining uch darajali: federal, shtat va shahar (ba’zan ayrim grafliklar darajasidagi tumanlar) va ularning har birining to’liq mustaqilligidir.

Hozirgi kunda AQSh soliq tizimi takomillashgan bo’lib, bunda soliqlar faqatgina byudjetni to’ldirish, ya’ni fiskal funktsiyani bajaribgina qolmay, balki iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanch elementlariga aylanadi.
1986 yilda AQSh Prezidenti Ronald Reygan boshchiligida soliq islohoti o’tkazildi va bir nechta o’zgarishlar ro’y berdi. Ushbu islohotda hukumat quyidagi masalalarni ko’rib chiqdi:

      1. Daromad (foyda) solig’i stavkalari va imtiyozlarini kamaytirish;

      2. Defitsitni yo’qotish uchun davlat harajatlarini kamaytirish;

      3. Soliq qonunchiligini qayta ko’rib chiqish;

      4. Pul-kredit siyosatini olib borish.

Soliq siyosati sohasida o’tkazilgan ushbu islohot ijobiy natijaga erishdi, ya’ni unga ko’ra ba’zi soliq stavkalari pasaytirildi, imtiyozlar qisqartirildi hamda ba’zi yangi soliqlar joriy etildi.
AQSh moliya tizimining asosiy bo’g’ini federal byudjet mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy tushumga ega bo’lgan soliqlar federal byudjetga yo’naltiriladi. Federal harajatlar umumdavlat harajatlarining taxminan 60 foizini tashkil etadi. 40 foizi esa shtatlar va mahalliy hokimiyat idoralarining byudjetlariga tugri keladi.
Federal byudjet tarkibida yuridik va jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig’i 54,3 foiz (yuridik shaxslardan 9,3 foiz, jismoniy shaxslardan 45 foiz), aktsizlar 6,3 foizni, sovg’alar va merosdan olinadigan soliq 1 foizni, ish beruvchilar bilan oqimlar tomonidan baravar to’lanadigan ijtimoiy ta’minotga ajratmalar 27,6 foizni, bepul tibbiy yordamga ajratmalar 7 foizni, ish beruvchilar tomonidan to’lanadigan ishsizlik nafaqalariga ajratmalar 2 foizni tashkil qiladi. Federal byudjetning harajatlar qismi 20 ta asosiy byudjet toifalariga, shu jumladan, milliy mudofaa, xalqaro ishlar, qishloq xo’jaligi, transport, energetikani rivojlantirish, soglikni saklash, ijtimoiy sug’urta harajatlariga, davlat qarzi bo’yicha foizlar to’lashga va hokazolarga bo’linadi.
Shtatlarning byudjetlariga soliq tushumlarining umumiy hajmida jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i 39 foizni, mahsulot sotishdan
olinadigan soliq 49 foizni, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig’i
2 foizni, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun tabiiy resurslarning mulkdorlari tomonidan to’lanadigan soliq 2 foizni, litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug’ullanish huquqini berganlik uchun olinadigan litsenziya yig’imlari 6 foizni tashkil qiladi.
Munitsipial ma’murlar jismoniy shaxslarga daromad soliqlari, aktsizlar, kompaniyalardan litsenziya yig’imlari, kasb uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun soliq, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solishlari mumkin. Bu soliqlar ba’zi mahalliy byudjetlarda 75 foizga etadi.
AQSh Davlat byudjetining daromadlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, hukumat uch bosqichdan iboratligi uchun soliqlarni uch darajaga bo’linishini kuzatish mumkin.
AQSh soliq tizimiga xos bo’lgan rag’batlantiruvchi yondashuv boshqa har qanday tizimga nisbatan kuchliroqdir. Bunday yondashuv faqat iqtisodiyotdagina emas, balki jamiyat hayotida ham ko’zga tashlangan ijobiy tamoyillar va jarayonlarning samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Ma’lum davrlarda iqtisodiy o’sishni jadallashtirish uchun ayrim soliq turlarining stavkalari kamaytiriladi.
Ma’lumki, AQShda har qanday aktivlar, aktsiyalar, uylar, er uchastkalaridan olinadigan sarmoya daromadlariga soliq solinadi. Uning stavkasi ishlab topilgan daromaddan (maosh, ish haqi, hunarmandlarning daromadlari va shu kabilardan) olinadigan soliqlardan taxminan ikki barobar kamdir. Bu esa ijtimoiy jamg’arilishni rag’batlantiradi. Chunki, ular sarmoyadan daromad olish huquqini beradigan qimmatli qog’ozlarni sotib olish foydali bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, AQSh federal byudjeti daromadlarining asosiy qismini bevosita (to’g’ri) soliqlar tashkil etadi. Shtat va mahalliy hukumat byudjetlariga esa bevosita (egri) soliqlar ko’proq tushadi
AQSh federal byudjetiga tushadigan daromad solig’i asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu soliqni hisoblash o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bunda oilaviy sharoitning ta’siri alohida e’tiborga olinadi.
Federal byudjetda jismoniy shaxslar daromad solig’idan keyin ikkinchi o’rinda (byudjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtimoiy sug’urta ajratmalari turadi. Bu ajratmalar ish beruvchi va ishchi o’rtasida teng ikkiga bo’linadi. Yig’im stavkasi har yilgi byudjet tizimiga qarab o’zgaradi.

3-diagramma.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə