O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Germaniya qo’shma soliqlarning taqsimlanishi19



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə14/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25

Germaniya qo’shma soliqlarning taqsimlanishi19





Soliqlar nomi



Soliqlarning umumiy soliqlar summasidagi ulushi (% da)

Federatsiyalarga

Erlarga

Jamoalarga

QQS

67,5

32,5

-

Daromad solig’i

42,5

42,5

15

Deklaratsiyalan-
magan daromad

50

50

-

Korporatsiya solig’i

50

50

-

Hunarmandchilik

9

9

82



Soliq stavkasi 25% qilib belgilangan. Bu ko’rsatkich Buyuk Britaniyada – 25%, Yaponiyada – 20%, Italiyada – 30%, Frantsiyada – 25%, Shvetsiya – 35%, Ispaniya – 20%, Respublikamizda – 10%ni tashkil etadi.
Germaniyada amal qilayotgan byudjet-soliq siyosatini O’zbekiston byudjet-soliq siyosati bilan solishtiradigan bo’lsak, bir qancha o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud. O’zbekistonda soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linsa, Germaniyada federal, erlar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Germaniyada qo’shma soliqlar, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha byudjetga tushadigan soliqlar mavjud. O’zbekistonda esa bunday holat mavjud emas, har bir soliq turi to’lig’icha bitta byudjetga tushadi.
Germaniyada QQSning pasaytirilgan stavkasi mavjud. O’zbekistonda esa QQS yagona stavkada qo’llaniladi.
Frantsiyada byudjet daromadlari tarkibining asosiy bo’g’ini bo’lib QQS hisoblanadi. Soliqning asosiy stavkasi 18,6% bo’lib, eng yuqori stavka 22%ni tashkil etadi. Ushbu yuqori stavka avtomobillar, kinolar, fotomahsulotlar, atir-upalar, mo’ynalar, qimmatbaho terilarga nisbatan qo’llaniladi. Kamaytirilgan soliq stavkasi
5,5% bo’lib, u asosan oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo’jalik mahsulotlari, kitoblar va tibbiy vositalarga nisbatan qo’llaniladi.
Frantsiyada QQS bilan bir qatorda aktsiz solig’i ham undiriladi. Aktsiz solig’ining ba’zilari davlat byudjetiga, ayrimlari esa mahalliy byudjetga kelib tushadi.

  1. diagramma

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə