O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bitiruv malakaviy ishning o’rganuvchanlik darajasi. Byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan muammolar taniqli mashhur klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardo asarlarida, rossiyalik iqtisodchi olimlardan E. Voznesenskiy, L.A. Drobozina, V.M. Radionova, G.B. Polyak, V.N. Semenev,
V.F. Stolyarov, V. Sengachov, D.G. Chernik kabi ko’pgina etakchi olimlarning ilmiy ishlarida sezilarli darajada ahamiyat berilgan.
Shuningdek, O’zbekiston iqtisodchi olimlari va amaliyotchi mutaxassislari ,
K. Yax’yoev, A. Abduqodirov, E Gadoev, Q.Bazarov, O. Norqobulov, T. Malikov,
O. Olimjonov, P.J. JamolovQ. To’qsonovlarning ilmiy ishlarida ham yoritib berilgan. Shu taraflama mazkur izlanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari shundan iboratki, soliq siyosati strategiyasi va taktikasi har tomonlama tahlil qilinib, ana shu tahlil asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek korxona va tashkilotlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va shu orqali korxona va tashkilotlar rentabelligini oshirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.

  • davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganildi;

  • davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritildi;

  • byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlandi;

  • soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganildi;

  • byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berildi.

Bitiruv malakaviy ishning asosiy amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari respublikamizda amalda bo’lgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu ilmiy ishimiz hozirgi kunda eng dolzarb muammolar echimlarini hal etishga bag’ishlangandir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə