O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/25
tarix15.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#110448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi iqtisodiy islohatlar sharoitida davlat soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash va davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning amaldagi holatini nazariy jihatdan o’rganish, mavjud muammolarni aniqlash va Respublikamizda iqtisodiy islohatlar va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirilishida mamlakatimizda mavjud an’analarni
hisobga olgan holda uni takomillashtirish bo’yicha aniq taklif va mulohazalar berishdan iboratdir.
Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda bitiruv malakaviy ish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi.

  • davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganish;

  • davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritish;

  • byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlash;

  • soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganish;

  • byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berish.

Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasining soliq tizimida olib borilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi, shuningdek unga ta’sir etuvchi omillar.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari sifatida klassik iqtisodchi olimlarning soliq nazariyalari bo’yicha ilmiy asarlari, o’zbek va xorijiy iqtisodchi olimlarning mazkur muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlari hamda bozor munosabatlari va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq siyosati borasidagi ilg’or tajribalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bo’lgan farmonlari, qonunlari, qarorlari hamda me’yoriy hujjatlari hisoblanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə