O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

4.4-rasm. Metallni mexanik qirqish 
Keng qo‗llaniladigan usul bu olovli qirqishdir. Metallarni olovli qirqish ularni 
kislorodda yonish xususiyatiga asoslangan. Olovli qirqishda metall erish 
haroratigacha qizdiriladi, bunda metall texnik toza kislorod muhitida yona 
boshlaydi. Olovli qirqish faqat ma‘lum xususiyatli metallarni kesishda ishlatiladi. 
Metalni kimyoviy tarkibi - olovli kesishda asosiy ko‗rsatkich hisoblanadi. Po‗lat 
tarkibida uglerodni miqdori 0,7 foizdan ortsa, jarayon tezda yomonlashadi, 1-1,2 
foiz bo‗lsa, ularni qirqish mumkin bo‗lmay qoladi. Tarkibida 4 foizgacha 
marganets bo‗lgan po‗latlar yaxshi qirqiladi, 15 foizdan ortsa, qirqish jarayonini 
bajarib bo‗lmaydi. Agar po‗lat tarkibida uglerod va 4 foizgacha kremniy bo‗lsa, 
uni qirqish qoniqarli bo‗ladi. Lekin kremniyni yuqori miqdorda qirqish jarayoni 
tezda yomonlashadi, chunki bunda shlaklarni qovushqoqligini oshiruvchi qiyin 
eruvchan kremniy oksidi hosil bo‗ladi. 
Temir-tersaklarni olovli qirqishni effektivligini oshirish uchun turli xil 
yonilg‗ilar va materiallar qo‗llaniladi. Bularga asetilen, propan-butan, koks, tabiiy 


84 
gazlar, yoritish kerosinlari, kislorod, siqilgan havo kiradi. Lekin bu usulda metall 
isrof bo‗lishi ko‗p bo‗ladi. 
4.5-rasm. Kislorodli qirqish 
Shuning uchun ko‗pgina ikkilamchi metallurgiya korxonalarida mexanik 
qirqish usullaridan foydalaniladi. Bu usulga quyidagilar kiradi:
1. Qaychi yordamida qirqish. 
2. Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqish; 
4.6-rasm. Qaychi yordamida qirqish 


85 
4.7-rasm. Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqish 
Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqishda ish unumdorligi olovli qirqishdan ko‗ra 
3-4 marta yuqori bo‗lgani uchun, yirik gabaritli temir-tersaklar va chiqindilarni 
bo‗laklashda keng qo‗llanilmoqda. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə