O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

Elektromagnit ajratishga
450 mm gacha bo‗lgan temir-tersak va 
chiqindilarni qirindilari solinadi. Bu jarayondan maqsad ikkilamchi xom 
ashyolardan ferromagnit jismlarni va temir miqdori ko‗p bo‗lgan detallarni 
ajratishdir. Elektromagnit ajratgichlarni juda ko‗p turlari mavjud, bular 
konstruksiyasini o‗ziga xosligi va ishlatish maqsadiga ko‗ra farqlanadi. 
Elektromagnit ajratgichni biror turi tanlanganda, materialni yirikligi, temirni ajratib 
olishning kerak darajasi, ishlab chiqarish unumdorligi hisobga olinadi. 
Temir-tersak va chiqindilarni elektr o‗tkazuvchanliklari bo‗yicha saralash
ko‗p hollarda barabanli elektrostatik saralagichlar olib boriladi (4.10-rasm). 
Elektrostatik saralagichlarda elektr o‗tkazuvchi zarrachalar baraban elektroddan 
zaryad olib, undan qochadi. Dielektriklar esa o‗z og‗irlik kuchlari hisobiga 
traektoriyasini o‗zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. Saralashda 
to‗siqlarni moslab, zarrachalarni ajratadi olish mumkin (4.10.(a)-rasm). 
Tojli saralagichlarda o‗tkazgichlar tojli elektrodda zaryadlanib, baraban 
elektrodida zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dielektriklar esa, qoldiq zaryad 
hisobiga baraban elektrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadilar, yarim 
o‗tkazgichlar esa dielektriklar bilan o‗tkazgichlar orasida to‗planadilar 
(4.10.(b)-rasm). 
Tojli-elektrostatik saralagichlarda zaryadlanish zaryadsizlanish jarayonida 
o‗ziga tortuvchi elektrod ham qatnashadi (4.10.(v)-rasm). Tojli elektroda 
zaryadlangan o‗tkazgich zarracha baraban elektrodida zaryadsizlanib undan 
qochadi va qo‗shimcha manfiy zaryadlangan elektrodga tortiladi. Bu mineralning 
harakatlanish traektoriyasini kengaytirishga olib keladi. 


89 
4.10-rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari: 
a) elektrostatik; b) tojli; v) tojli- elektrostatik saralagichlar; 
1-bunker; 2-baraban; 3-elektrod; 4-elektrod; 5-barabanni tozalash shetkasi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə