O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy 
xaritasi, izohli lug`atlar)Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob 
(mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash 
va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun 
har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. 
O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Inson 
huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining 
yaratilishi..Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi. Sud 
hokimiyati mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha 
byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada 
o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita 
bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 
Darsning xronologik xaritasi (80 minut)


5 minut – hafta yangiliklari; 
5 minut – yo’qlama; 
5 minut – dars yuzasidan zarur adabiyotlar bilan tanishtirish; 
10 minut – o’tilgan dars yuzasidan savol javob; 
50 minut – ma’ruza; 
5 minut –o’tilgan ma’ruza yuzasidan savollarga javob byerish 
 
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: 
Islohat, Siyosat, Sud, Vakillik organi, 
Parlament, Xokimiyat, Maxalliy kengash, Deputat, Boshqaruv tizimi. 
 
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida 
faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – Ministrlar 
Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta’sis 
etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990-yil 15-
noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar 
Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning 
zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-
yanvarda vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri 
lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish 
vazifasi yuklandi. 
O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasinig 
Konstitutsiyasi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi 
Prezident tomonidan tuziladi va Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga 
Rais, Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasining hukumati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Vazirlar Mahkamasining vazifalari: 

davlat byudjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; 

Oliy Majlisga davlat byudjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; 

yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi; 

madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini 
ta’minlaydi; 

mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 

qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini 
muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 

iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 

barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 
1990-yil 30-martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995-yil 5-mayda 
Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000-yil 11-fevralda bo‘lgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan – Bosh 
vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazirlar va 9 nafar 
Davlat qo‘mitalari raislaridan iborat etib tasdiqladi. 
2003-yil 24–25-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI-sessiyasida 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish 


to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgartirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda 
Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais 
lavozimi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik 
palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa 
Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu holat 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. 
Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi. 
O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor 
munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan 
tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-
buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tildi. Ma’muriy-
buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan bir qator davlat qo‘mitalari, vazirliklar, ularning 
ma’muriy apparatlari tugatildi. 
Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish 
qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, 
takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan 
shug‘ullanmoqda. 
Taqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Ulgurji va birja savdosi 
aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik tovar-xomashyo birjasi, 
aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiyadorlik tijoratchi vositachi kompaniyalari kiradi. Uyushma tovar ishlab 
chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tovar resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng 
imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan 
shug‘ullanmoqda. 
Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda 
yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus 
boshqarma tuzildi. 
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini 
shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valyuta ushlarini 
bajarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi. Markaziy bank, Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari – “O‘zsanoatqurilish-bank”, 
“Paxta-bank”, “Ipoteka bank”, “G‘allabank”, “Mikrokreditbank”, “Savdogarbank”, xususiy banklar va boshqa 
banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. 
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati 
qo‘mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda 
tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. 
Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar – Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki 
ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil 
etildi. 
Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, 
tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim 
tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik 
xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. 
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika tarixida 
birinchi marta Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi. Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil 
qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha markazlashgan 
tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi. Respublikada tashqi aloqalarni 
ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi. 


O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ 
bilan ta’minlaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga 
aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash 
vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yurititsh usullari tubdan o‘zgardi. 
Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masalan sayyohlik, transport, madaniyat, kino, 
televideniya va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil 
etildi. 
Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun, 1994-yil 5-mayda qabul 
qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi qonun asosida 
amalga oshirildi. 
Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan 
shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq 
deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini 
ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo‘yildi. 
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va ijro hokimiyat organlariga 
bo‘linishi belgilandi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir, deb belgilab qo‘yildi. 
Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. 
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunda vakillik 
organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. 
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar 
Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Mustaqillik yillarida uch 
marta – 1994-yil, 1999-yil va 2004-yilning dekabr oylarida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroya hokimiyati organi qayta tashkil etildi. 1992-yil 4-yanvarda 
“O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul 
qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida 
hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organlarigagina emas, shuningdek, mahalliy 
vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mus-tahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 
yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor 
shaxs hisoblanadi. 
Ijro organlarida bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, 
tuman va shahar hokimlari viloyat hokimlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi 
hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari 
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis 
etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Pre-zidentining shu joylardagi vakili 
hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 
1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida 
hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati – hokimiyatlar tuzildi. 
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va
101-moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat: 

qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 

mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarni hosil qilish

mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; 

atrof-muhitni muhofaza qilish; 

fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 



normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid 
kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori organlarining 
qarorlarini amalga oshirish; 

xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va mahalliy ahamiyatga 
molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. 
Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida 
ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga 
bo‘ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarning joylarda ham vakillik, 
ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunadi, deb 
tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi, vakillik organlari ishini tashkil qilishga 
hokimlar boshchilik qiladilar. 
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqarolarning manfaatiga mos ravishda hal 
qilish bilan shug‘ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar 
o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. 
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvoh beradiki, ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy 
xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‘z 
lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin 
hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. 
Shunday qilib, mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat 
hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini 
shakllantirishda o‘zbek milliy davlatchiligining tarixiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy 
tajribalari inobatga olindi. 
Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati 
demokratik davlatda uchinchi, mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan 
mustaqil holda ish yuritadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar 
to‘g‘risida”gi qonun asosida islohotlar o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. 
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 

qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari 
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarning 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida 
xulosa beradi; 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi; 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa 
ishlarni ham ko‘rib chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari ham 
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo‘yicha Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman va shahar sudlari hamda harbiy sudlar tuzildi. Bundan tashqari 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyat, tuman va 
shahar xo‘jalik sudlari tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000-yil 14-dekabrda qabil qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar 
to‘g‘risida”gi va 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunga ko‘ra jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar asosida 


yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, 
sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining 
himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha 
fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
2005-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning “O‘zbekiston 
Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida” hamda “Qamoqqa olishga 
sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmonlari e’lon qilindi. 
Bu ikkala farmon Oliy Majlisning ikkala palatasida ham tasdiqlanib, 2008-yil 1-
yanvardan kuchga kiritildi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. 
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, mahallaga munosabat tubdan o‘zgardi, mahalliy 
o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
tizimini davlat hokimiyati tizmidan ajratish tomon yo‘l tutildi. “

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə