O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda 
ko‘maklashish; 

o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy tadbirlarni 
o‘tkazish; 

davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat 
hujjatlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimliklarning qarorlarini bajarishda yordamlashish 
maqsadida fuqarolarni birlashtirish. 
Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim 
bilan kelishgan holda, zaruriyatga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning iloji 
bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning maslahatchilari 
fuqarolar yig‘inida saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va kotiblar doimiy ishlovchi bo‘g‘in hi-
soblanadi. Rais o‘z mahkamasiga ega bo‘lib, uning miqdori rais o‘z vazifasini bajarishga imkoniyat 
yaratadigan darajada tuziladi. 
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini takomillashtirish, zarur holatlarda 
yiriklashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Agar 1994-yilda 12 mingdan ortiq o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
shakllantirilgan bo‘lsa, ularning soni 2001-yil-da 7847 tani tashkil etdi. 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 
“Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va 
huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek mahalla fuqarolar 
yig‘iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining
shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni 
muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar 
rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. 
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi 
tobora yuksalib borayotganligidan guvohlik beradi. 1998-yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolar yi-g‘inlarida 8,4 mln. kishi yoki respublikadagi katta yoshdagi aholining 70 
foizi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar 
maslahatchi saylandi. O‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham o‘sib 
bormoqda. 1998-yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi 
buning guvohidir. 
2001-yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 1208 ta shaharcha, 1320 ta qishloq va 
131 ta ovul fuqarolar yig‘ini, ular tomonidan saylangan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyat ko‘rsatdi. Ular 
qonunchilikni ta’minlash, Prezident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning 
qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko‘maklashmoqda. Hududlarni 
obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan 
samarali foydalanish masalalarini hal qilish o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining diqqat markazida turibdi. Bu 
organlar barqarorlikni saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko‘rinishlarning oldini olish, “o‘zingni, 
o‘z oilangni o‘zing asra” shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va 
ularning faoliyatini yo‘naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda dabdababozlik va 
manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlari bilan shug‘ullanmoqda. 
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda 
chiqqan “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 
“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002–
2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablarini amalga 
oshirmoqdalar. Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar 
tayinlash bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni ta’minlamoqdalar. O‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga 
yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish 
bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh bo‘lmoqdalar. 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003-yil “Obod mahalla yili” deb e’lon qilindi va uning 
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. 2003-yil 7-fevralda 
Vazirlar Mahkamasining “

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə