O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Xalq birligi” harakati
– 1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan tashkil etildi va faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995-yil 9-iyunda ro‘yxatga oldi. “Xalq birligi” harakatining 
oliy organi qurultoy bo‘lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. 
Harakatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni 
jipslashtirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini 
kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. “Xalq 
birligi” harakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar 
bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustahkamlashda ijobiy rol 
o‘ynamoqda. 
O‘zbekiston “Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Yedinstvo” haftalik gazetalari nashr etilmoqda. 



Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
– dastlab O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi 
farmoniga muvofiq respublika yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi sifatida tashkil etilgan edi. 2001-yil 25-
aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini-o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti – 
O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning dasturi, nizomi tasdiqlandi. 
Harakatning asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 30 yoshgacha), sog‘lom turmush 
talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini 
himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovotini, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur 
shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo‘lishdan iboratdir. 
O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va ommaviy harakatlarga uyushish va ularda ishtirok etish 
huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydigan va 
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 
qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. 
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: 

o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib 
qilish; 

qo‘nunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy 
vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; 

partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vozitalarini ta’sis etish va boshqa 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; 

O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa 
jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish; 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. 
2006-yil 14-noyabr kun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida “Davlat boshqaruvini yangilash va 
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kengaytirish to‘g‘risoda”gi Qonun muhokama qilindi. 
O‘zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizda 300 ga yaqin 
jamoat tashkilotlari, uyushmalari, jamoatchilik jamg‘armalari tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo‘lgan xodimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va 
milliy munosabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlahtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti 
andazalariga mos keladigan, federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh 
etildi. 
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, 53 mingga yaqin boshlang‘ich 
tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7,5 mln.dan ziyod a’zosi bor. O‘zbekiston kasaba uyushmalari 
Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular 
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar qo‘mitasi 
to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. Qo‘mitaning asosiy maqsadi jamiyatda xotin-
qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy
huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraq-qiyot 
uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. 
1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Faxriylar kengashi “Nuroniy” 
jamg‘armasiga aylantirildi. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Sog‘lom avlod uchun” va “Ekosan” 
xalqaro jamg‘armalari, “Mahalla” va “Navro‘z” xayriya jamg‘armalari, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash 
uchun “Ulug‘bek” va “Iste’dod” jamg‘armalari, “Mehr-shafqat va salomatlik”, “Bolalar”, “Amir Temur”, “Alisher 
Navoiy”, “Abdulla Qodiriy” jamg‘armalari va boshqa ko‘plab ommaviy jamoat tashkilotlari va uyushmalari 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida” gi qonunida jamoat 
birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berilgan. O‘zbekiston fuqarolari jamoat bilrlashmalariga 


uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy 
bilimlar, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniya hamda 
boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to‘la davlat 
monopoliyasiga olingan bo‘lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. 
Mustaqillik yilarida ommaviy axborot vositalariga munosabat tubdan o‘zgardi. Avvalo ularning 
huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida ularning huquqiy 
asoslari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24-aprelda “Axborot olish 
kafolotlari va erkinligi to‘g‘risida”gi va “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi, 1997- yil 26-dekabrda 
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar
tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amal-ga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning 
professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan mustahkamlanib qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy 
axborot vositalariga moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra 
1996-yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan 
shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma tashkil etildi. Respublika Prezidentining 1997-yil 7-may-dagi 
“O‘zbekiston ijtimoiy tarqaqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Davlat televideniya va radioeshittirish qo‘mitasi O‘zbekiston 
teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir 
O‘zteleradiokompaniyasining aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o‘rganish, 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini, chet el 
jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli 
turtki berdi. 
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 2004-
yilda 609 nomda gazeta, 162 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 50 dan ortiq 
teleradiokompaniya va uning hududiy bo‘linmalari, studiyalar faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘p millatli O‘zbekiston 
Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda chop etiladi, eshittiriladi. 
Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha 
guruhlarga bo‘linadi. Bular davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari 
tasarrufidagi gazeta va jurnallardir,. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, 
ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996-yilda 
respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi “Internet” bilan bog‘landi va jahon yangi-liklarini qabul 
qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet 
kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan-yilga ko‘payib bormoqda. 2004-yil aprel oyida “uz” hududida 
ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot 
xizmatining WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Intrenet tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan 
mamlakatimiz aholisi, shuningdek jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqda. 
Ommaviy axborot vositalarini “To‘rtinchi hokimiyat” ham deyishadi. Negaki, u jamiyatning turli 
sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, 
hokimiyat tarmoqlarining e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to‘g‘ri 
qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlaydi. Ayni paytda davlat hokimiyati ham ommaviy axborot 
vositalaridan o‘z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni bunyodkorlik faoliyatiga safarbar qilishda 
foydalanmoqda. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə