O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


Adolat” sotsial-demokratik partiyasi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
(ASDP) – 1995-yil 18-fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I-
ta’sis qurultoyida tashkil topgan. Ushbu qurultoyda uning dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 
1995-yil 18-fevral kuni “Adolast” SDPni ro‘yxatga olgan. 30 mingdan ortiq a’zolari bor. 
“Adolat” SDPning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, 
Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda 
mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga 
keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. “Adolat” SDP parlament partiyasidir. 
O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Adolat” nomli ijtimoiy siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 
Milliy tiklanish demokratik partiyasi
(MTDP) – 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I-ta’sis 
qurultoyida tuzildi va unda partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda 
MTDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning 10 mingga yaqin a’zosi bor. 
Partiyaning oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy 
yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan – yagona oila; kuchli demokratik 
davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texni-kaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiyasi; zamon kishisi; milliy 
istiqlol. MTDP ning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi. 
O‘zbekiston MTDPsi parlament partiyasidir. 
O‘zbekiston MTDPsining “Milliy tiklanish” haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 
Liberal-demokratik partiya
(LDP) – 2003-yil 15-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I-ta’sis 
qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda uning Nizomi va Dasturi qabul qilindi. Adliya vazirligi tomonidan 
2003-yil 3-dekabr kuni ro‘yxatga olingan. 
O‘zbekiston LDPsi mamlakatimizda davat va jamiyat tizimi rivoji va yangilanishida, Vatan taraqqiyoti, 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ilohotlarning jadal sur’atlar bilan amalga oshirilishida faol ishtirok etadigan yangi 
siyosiy kuch sifatida maydonga chiqqan. 
1990-yilda tashkil topgan “Erk” partiyasi, hali O‘zbekistonda hukmronlik qilayotgan sovet hokimiyati, 
kommunistik partiyaning zo‘ravonligiga qarshi qaratilgan ehtirosli shiorlar bilan maydonga chiqdi. O‘z 
dasturida mustaqil demokratik davlat tuzish maqsadini ilgari surib faoliyat yurita boshladi. 
Mustaqillik sharoitida jamiyatni tubdan o‘zgartirish yo‘lida keng qamrovli demokratik islohotlar 
boshlangach, “Erk” partiyasi, uning rahbariyati yangi jamiyat qurish, yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlariga 
mutlaqo tayyor emasligini ko‘rsatdi, yangi sharoitga mos dastur ham ishlab chiqa olmadi. 
Siyosiy partiya, partiyaviy kurash, muxolifat nima ekanligini to‘la tushunib, anglab yetmagan bir guruh 
shaxslar jamlangan “Erk” partiyasi soxta demokratik shiorlar ostida qonuniy hokimiyatga qarshi turish, 
ochiqdan ochiq dushmanlarcha kurash yo‘liga kirdi. 1993-yilda Adliya vazirligi tomonidan ushbu partiya 
faoliyati taqiqlandi. Uning sobiq raisi M.Solih qamoq jazosidan qutulib qolish niyatida chet elga qochib 
ketishga va u yerda ham O‘zbekiston davlat hokimiyati organlariga qarshi ig‘vogarona harakatni davom 
ettirdi. U 1999-yil fevralda Toshkent shahrida qilingan terrorchilik harakatini uyushtiruvchilardan biri ekanligi 
Respublika Prokuraturasi va Oliy sudi tomonidan isbotlandi va g‘oyibona o‘lim jazosiga hukm qilindi. 


Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə