O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt
”, “
Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt
” kabi xalqaro hujjatlarni tan oldi va ularga sadoqat bilan amal 
qilmoqda. O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va 
konvensiyalariga qo‘shildi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) hujjatlarini tan oldi va 
uning demokratik instituti va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida 
hamkorlik qilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha 
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar 
qonun oldida tengdirlar. O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra 
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta’riflab 
berildi: 

yashash huquqi; 

erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi

aybsizlik prezumpsiyasi; 

shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi; 

bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi; 

fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi; 

fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan ta-nishib chiqish huquqi; 

vijdon erkinligi. 
Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi, hamda o‘zi tomonidan mustaqil amalga 
oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo‘rilqanadigan muqaddas qad-riyatdir. 
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1995-yil 21-
dekabrda qabul qilingan “Fuqarolik kodeksi”, 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari 
to‘g‘risida”gi, 2000-yil 26-mayda qabul qlingan “Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida”gi, 1998-yil 1-may kuni 
yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar bilan 
kafolatlangan. 
Inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili 
(ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi. 
1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikaisi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 


Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora 
Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan 
aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga 
ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul 
qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; 

shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi 
uchun samarali choralarni ko‘rish; 

fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi 
sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash; 

inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. 
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar 
kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va tergov ishlari sohasida katta 
vakolatlarga ega bo‘ladi. Vakil BMTning inson huquqlari boyicha markazi, EXHTning demokratik institutlar 
va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi. 
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996-yilning noyabrida 
tashkil etilgan “Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz”ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson 
huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi. 
Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga 
maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolrning 
huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. 
Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan 
hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar 
ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda. 
Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro 
me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarni mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy 
etilishini ta’minlashda 1996-yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari 
monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari 
mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat: 

davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish; 

o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig‘ilishlar shaklida amalga oshirish

kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy 
harakatlarda ishtirok etish; 

vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan 
murojaat qilish. 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Oliy Majlisning “Jamoat tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi va bosh qa qonunlar 
bilan himoya qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy 
huquqlari mustahkamlanib qo‘yilgan: 

uy-joyga ega bo‘lish; 

mulkdor bo‘lish va undan foydalanish; 

mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish; 

yollanib ishlaganda dam olish; 

ijtimoiy ta’minot olish; 

malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; 

bilim olish; 

ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish. 
Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, iqtisodiy, 


ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Zarur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda 
himoya qilinadi yoki tiklanadi. 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini 
buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonun ana shu 
maqsadlarga xizmat qilmoqda. 
Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquq va burchlari bilan o‘zaro bog‘langan. Davlat 
fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga 
homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan 
burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari: 

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; 

Vatanni himoya qilish; 

harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash; 

boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; 

O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros ob’yektlarini avaylab-asrash; 

qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; 

tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Yer to‘g‘risida”gi, 
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va boshqa 
qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. 
Davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, 
asosan, vakillar yo‘li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi. 
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq 
andazalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda 
mustaqillikning dastlabki yilida ya’ni 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining referendumi 
to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huqu- qiy asoslari 
mustahkamlandi. Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. 
1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, 1994-yil 
5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi, 
“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. 1997-yildan boshlab 
amaldagi saylov qonunlariga, referendum to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, bo‘lajak 
saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi. Saylovlarni tashkil etish uchun 1998-yil 30-aprelda 
“Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 
O‘zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka 
saylov komissiyalari tuziladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish 
ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va 
uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, 
oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. 
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda 
bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar 
saylovlarga qatnasha olmaydilar. 
O‘zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir 
saylovchining ovozi teng, ya’ni har bir saylovchi bitta ovozga ega. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishi, irqiy yoki 
milliy mansubligidan qat’iy nazar teng saylov huquqiga egadirlar. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, 
erkin kirish im-koniyatiga ega. 
O‘zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. 
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohish-irodasini nazorat qilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyaviylik prinsipida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Prezidentligiga, Oliy 


Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan 
shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xalq 
deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega. Respublika 
bo‘yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod (Oliy Majlisning quyi 
palatasiga – 120 ta deputat, Oliy Majlisning Senatiga – 100 ta senator, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, 
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga – 800 tadan ortiq, tuman va shahar Kengashlariga – 6000 
mingga yaqin) deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o‘rniga kamida 5–6 tagacha nomzodlar qo‘yiladi va 
ular o‘rtasida qizg‘in bahs, kurash ketadi. 
O‘zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida 
saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovcholarning 
ro‘yxatiga kirirtilgan saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov 
yoki referendum o‘tmagan hisoblanadi. 
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o‘tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini 
aniqlash imkoni bo‘lmasa qo‘yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz olomasa takroriy saylov 
o‘tkaziladi. Takroriy saylovda ovoz berish asoiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Takroriy 
saylovda ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi, 
ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, 
oddiygina ko‘p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi. 
Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis 
saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo‘yicha referendumlar 
bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. 
O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o‘tkazish tartiblari xalqaro andazalarga to‘la mos keladi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə