O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


Biz fuqarolik jamiyatini qurishga



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Biz fuqarolik jamiyatini qurishga 
intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil 
vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish 
demakdir
”, degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishning 
huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi. 105-moddasida “Shaharcha, qishloq, ovullarda, shuningdek ular 
tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”, deb 
belgilab qo‘yildi. 
1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati 
vakillik organlari – qishloq, posyolka (shaharcha) sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari – mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajra-tilgan holda faoliyat 
ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari 
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga 
molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o‘zini-o‘zi 
boshqarishini rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. 
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishga davlat homiylik qilmoqda. Bu borada 
O‘zbekiston Prezidentining Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi”ni tuzish to‘g‘risida 1992-yil 12-
sentabrdagi hamda “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi 1992-yil 8-oktabrdagi 
farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat homiyligida Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, 
viloyat, shahar, tuman “Mahalla” jamg‘armalari tashkil etildi. 1994-yilda ma-hallalar faoliyatini yorituvchi 
“Mahalla” gazetasi ta’sis etildi. Davlatning “Mahalla” jamg‘armalari orqali ko‘rsatayotgan homiyligi mahalla 
qo‘mitalarining o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz 
keksalarga moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga katta ko‘mak 
bo‘lmoqda. 
Hukumat mahallalarga dastlab davlat byudjeti hisobidan 25 mln. so‘m mablag‘ ajratdi. Viloyat, tuman, 
shahar hokimliklari tomonidan mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini takomillashtirish uchun qulay 
imkoniyatlar yaratildi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 
tegishli binolar ajratildi, ularni jihozlashga ko‘maklashdi. Mahalla oqsoqoli va kotiblariga oylik ish haqi 
belgilandi. Bu maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy byudjetdan zarur mablag‘lar ajratdilar. 
1994-yilgi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, butun respublika hududida 12 mingdan ortiq mahalla 
shakllantirildi. 1994-yilda barcha mahallalarda fuqarolar yig‘ini bo‘lib, mahalla oqsoqollari va mas’ul kotiblar 
saylandilar. 
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari, vazifalari O‘zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” gi qonunida aniq belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vazifalari: 




Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə