21
b) sifatdosh va toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi.
Mashgʻulot haftada
bir marta
oʻtadigan boʻldi
.
U
kelgan edi.
v) ibora bilan ifodalanadi:
Sobir
soʻzining ustidan chiqdi
.
2) murakkab ot-kesim
quyidagicha tuziladi: a) ot, sifat, son, olmosh,
ravish hamda "
boʻlmoq
" fe’li yoki toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi:
Mehnat qancha
qiyin boʻlsa
, noni shuncha
shirin boʻladi
.
b)
yoʻq, bor, oz, koʻp, zarur, lozim, kerak, darkor
kabi soʻzlar hamda
boʻlmoq
fe’li yoki toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi:
Uzoqda
koʻringan sharpa bir zumda
yoʻq boʻldi.
v) harakat nomi hamda
kerak, lozim
kabi soʻzlardan iborat
boʻladi, bunda kesimni ega bilan moslashtiruvchi
shaxs-son
qoʻshimchalari harakat nomiga qoʻshiladi:
Choyxona yangi solingan
qishki binoga koʻchib kirish
i
va bayramda ochilish
i
kerak edi.
Bogʻlama
Ot-kesimni ega bilan bogʻlovchi vosita
bogʻlama
deb ataladi.
Bogʻlama -
dir
kesimlik qoʻshimchasi
(Mehnatning noni shirindir)
, shu
qoʻshimchaga sinonim boʻlgan
boʻlmoq, hisoblanadi, sanaladi
fe’llari
(U kishi mening ustozim
hisoblanadi
.),
toʻliqsiz fe’llar
(U mening
doʻstim
edi
.),
shuningdek, ot-kesimlarga qoʻshilgan shaxs-son
qoʻshimchalari
(Oʻquvchi
man
.
)
bilan ifodalanadi.
Kesimlik soʻzlari
Ayrim mustaqil soʻz turkumiga mansub boʻlgan soʻzlar -
moq, -sh
(-ish)
qoʻshimchali harakat nomlari bilan kelib kesim tarkibida
qatnashadi. Bunday oʻz mustaqil ma’nosidan uzoqlashib, gapning
fikriy markazi vazifasida kelgan soʻzlar
kesimlik soʻzlari
deb ataladi
(17; 96). Ular ot (
shart
), sifat (
kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin,
muhim
) turkumlariga tegishli boʻlishi mumkin:
Bu ishni bajarish
kerak (lozim, zarur…)
Savol va topshiriqlar
1.
Gap boʻlagi nimaga aytiladi?
2.
Ot-kesimni ega bilan bogʻlovchi vosita nima deb ataladi?
3.
Murakkab ot-kesim
qanday tuziladi?
4.
Murakkab fe’l-kesim qanday tuziladi?
5.
Nomustaqil kesimlar qanday tuziladi?
6.
Oddiy boʻlaklar qanday soʻz bilan ifodalanadi?
22
7.
Turgʻun bogʻlanmalar (toʻgʻri ma’noli va koʻchma ma’noli), erkin
bogʻlanmalar bilan ifodalangan boʻlaklar gapning qaysi boʻlagidir?
8.
Uning ezgu niyatlari
bor
.
Ushbu gapda kesim qaysi soʻz
bilan
ifodalangan?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M. Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 15 ‒ 22.
2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU.
2019. 6-11
3. H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 2005, “Talqin”
nashriyoti
4. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. Gʻulomova,
SH.Yoʻldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
5. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. Oʻzbek tili. 2004, OʻAJBNT»
markazi.
6. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. Gʻulomova.
Hozirgi oʻzbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis).
Toshkent, 2001-yil.
Dostları ilə paylaş: