Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


lar ishlatilgan. 3. Ot-kesim koʻplikdagi ega bilan koʻpincha moslashmaydi:  Uyda  akam, opam va singlim



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195
Ona tili sintaksisi

lar
ishlatilgan.
3. Ot-kesim koʻplikdagi ega bilan koʻpincha moslashmaydi: 
Uyda 
akam, opam va singlim
bor edi. 
4. Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim 
va ega birlik shaklida boʻladi: 
Uchta qiz
keldi
.
 
Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi 
I. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasiga tire qoʻyiladi:
1. Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bogʻlama
yoki kesimlik qoʻshimchasi boʻlmasa, egadan keyin tire qoʻyiladi: 
Toshkent – goʻzal shahar.
2. Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat
nomi bilan ifodalansa va bogʻlama boʻlmasa, egadan soʻng tire 
qoʻyiladi: 
Kulish – umrni uzaytirish vositasi. 
3. Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib
tenglik, oʻxshatish, kabi ma’nolarni bildirsa va bogʻlama boʻlmasa, 
egadan keyin tire qoʻyiladi: 
Yaxshi qiz ‒ yoqadagi qunduz. 
4. Ega yoki kesim koʻrsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan
ifodalanib, alohida ajratib koʻrsatilsa, bogʻlama yoki kesimlik 
qoʻshimchasi boʻlmasa, egadan keyin tire qoʻyiladi:
Ana shu– mening 
uyim. Uch karra uch – toʻqqiz. 


25 
5. Ega bilan kesim 
bu, u, mana bu
soʻzlari bilan ajratilgan 
holatlarda tire shu soʻzlardan oldin qoʻyiladi: 
Istiqlol – 
bu 
oʻzbek 
xalqining azaliy orzusi.
II. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasiga tire qoʻyilmaydi:
1. Ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan boʻlsa, bogʻlama 
boʻlmasa ham, tire qoʻyilmaydi:
U tajribali iqtisodchi. 
2. Kesim kelishik qoʻshimchasini olgan boʻlsa:
Butun umidimiz 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə