34
7-mavzu: Aniqlovchi va toʻldiruvchi
Reja:
1. Aniqlovchi va uning turlari.
2. Toʻldiruvchi va uning turlari.
Tayanch tushunchalar
: toʻldiruvchi, vositali toʻldiruvchi, vositasiz
toʻldiruvchi,
aniqlovchi, izohlovchi, qaratqichli, sifatlovchi-aniqlovchi
Toʻldiruvchi, uning turlari va ifodalanishi
Gapdagi biror boʻlakni toʻldirib, unga boshqaruv yoʻli bilan tobe
holatda bogʻlangan boʻlak
toʻldiruvchi
deyiladi. Toʻldiruvchi
asosan
fe’l-kesimga bogʻlanadi:
Men bu gapni
ukamdan
eshitdim.
Toʻldiruvchi ikki xil boʻladi:
1. Vositasiz toʻldiruvchi
harakatni oʻziga
qabul qilgan, harakat
bevosita oʻziga oʻtgan predmetni bildiradi va
kimni? nimani? qaerni?
soʻroqlariga javob boʻladi. Bu toʻldiruvchi koʻpincha tushum kelishigi
shaklidagi soʻz
bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay oʻziga
qabul qilgan predmetni ifodalaydi:
1) ot bilan:
Yosh havaskorlar
ashulani
zavq bilan aytdilar.
2) olmosh bilan:
Sizni
chaqirishyapti.
3) otlashgan soʻzlar bilan:
a) otlashgan sifat bilan:
Yaxshini
maqtasang yarashadi.
b) otlashgan son bilan:
Uchni
uchga koʻpaytiring.
v) otlashgan sifatdosh bilan:
Boʻlinganni
boʻri er.
g) otlashgan ravish bilan:
Dostları ilə paylaş: