Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195
Ona tili sintaksisi

1) vaziyat (ravish, tarz) holi 
qanday? qay holda? qay tarzda?
kabi 
soʻroqlarga javob boʻladi va har doim 
fe'lga
bogʻlanadi. Vaziyat hollari
ravish, ravishdosh, ot, sifat, olmosh, taqlidiy soʻzlar, ibora bilan 
ifodalanadi:
U diqqat bilan tingladi. Ukam chiroyli yozadi. U 
shoshmasdan joʻnadi. Rais bilan ikkisi doʻstlarcha xayrlashdi. U 
qorovul boʻlib turdi. Daraxt barglari duv toʻkildi. Buni qanday 
bajarasiz? Boshini eggan holda kelardi.
Koʻmakchilar yordamida shakllangan vositali toʻldiruvchilar 
bilan xuddi shu koʻrinishda shakllangan vaziyat hollari savollariga 
qarab farqlanadi: 
Paxta mashina bilan terildi
(nima bilan? - toʻld.). 
Paxta havas bilan terildi
(qanday? - hol).
Ravishdosh bilan ifodalangan vaziyat holi oʻziga tobe boʻlgan 
boʻlaklar bilan soʻz birikmasini hosil qilishi mumkin:
Eshikni sekin 
ochib, ichkariga qaradi.
Bu 
yoyiq vaziyat holi
deb ataladi. 
2) oʻrin holi 
qayerga? qayerda? qayoqqa? qayerdan?
kabi 
soʻroqlarga javob boʻladi va koʻpincha oʻrin ravishi, ot, olmoshlar 
bilan ifodalanadi: 
Bolalar koʻchaga chiqib ketishdi. U orqadan
qochdi. Bunda bulbul kitob oʻqiydi...(h.O.)
Joʻnalish, oʻrin-payt va 
chiqish kelishigidagi soʻzlar ham hol, ham toʻldiruvchi boʻlib keladi, 
bunda ular savolga qarab farqlanadi: 
U maktabga bordi
(qayerga? - 
hol).
Menga gapirdi
(kimga? - toʻld.).
 
3) payt holi 
qachon? qachongacha? qachondan beri? qayvaqt?
kabi 
soʻroqlarga javob boʻladi va koʻpincha ot, payt ravishi, olmosh, payt 
ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: 
Imtihonlar yozda boʻladi. Bugun maktabim yonidan oʻtdim.
Shunda men bir sapchib tushganman. Nafasimni rostlagach, tikilibroq 
qaradim. Oʻqiyotganimda buni sezib qoldim. Qaytishda siznikiga 
kirib oʻtamiz. Qoʻlim boʻshida oʻqiyman. Yigʻilish uchda boʻladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə