Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195
Ona tili sintaksisi

3. Buyruq gapda 
suhbatdoshni nimadir qilishga undash maqsad qilib 
qoʻyiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, 
hayratlanish, tashviq, gumon, tashvish, hayajon, gʻazab, yalinish 
tarzida boʻlishi mumkin: 
 Avval oʻyla, keyin soʻyla
(maslahat). 
Dadil 
harakat qil!
(buyruq) 
Ashuladan yana boʻlsin
(iltimos). 
Sovqotib 
qolma, issiqroq yot
(gʻamxoʻrlik).
Kunning tigʻida nima qilasan, bu 
yerga kelib, salqinda oʻtirsang-chi!
(tashviq) 
Xatdan oʻchir oʻgʻlimni 
hozir!
(gʻazab, doʻq) Yozuvda buyruq gaplarning oxiriga
koʻpincha nuqta, ohangiga qarab esa undov belgisi ham qoʻyilishi 
mumkin. 
Ayrim darsliklarda (23; 34) gaplar ifoda maqsadiga koʻra toʻrt 
turga ajratiladi: darak gaplar, soʻroq gaplar, buyruq gaplar, istak 
gaplar.
Istak gaplarga
quyidagicha ta’rif berilgan: “Kesimi 
–sa
shaklidagi fe’llar bilan ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. 
Qani 


17 
endi xohlagan oʻqishimga kirsam
. Istak gaplar oxiriga nuqta (.) 
qoʻyiladi.” (23; 34) Istak gaplar buyruq gaplarning ichidan ajralib 
chiqqanligi misoldan koʻrinib turibdi.
 
Gaplarning his-hayajon ishtirokiga koʻra turlari 
Gaplar ohangiga, his-tuygʻuni ifodalashiga koʻra 2 xildir: 
1. His-hayajonli gap
.
2. His-hayajonsiz gap
. His-hayajon
gaplar (ba’zan 
undov gaplar
deb ham yuritiladi) 
eh, oh, uh, o, uf, 
obbo
kabi undovlar, 
 qanday, qancha, naqadar, shunday
kabi soʻzlar 
yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil boʻladi: 
Eh, bahorning 
gashtiga nima etsin! Fargʻona vodiysi naqadar goʻzal! Paxta terimi 
boshlandi!
His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, soʻroq, buyruq 
gaplar his-hayajon gapga aylanadi: 
Dalada qancha odam bor? Dalada 
qancha odam bor! 
Kundalik 
turmushda 
odamlarning 
oʻzaro 
salomlashishi, 
xayrlashishi kabi vaziyatlarda qoʻllanadigan gaplar ham undov gaplar 
hisoblanadi: 
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! Xayr, jonajon 
shahrim!
His-hayajon gap soʻroq gapdan hosil boʻlgan boʻlsa, tinish 
belgilari quyidagicha qoʻyiladi: 
1) soʻroq mazmuni kuchli boʻlsa, oldin soʻroq, keyin undov belgisi 
qoʻyiladi:
 Nima boʻldi, gapirsangiz-chi?! 
2) his-hayajon kuchli boʻlsa, oldin undov, keyin soʻroq belgisi 
qoʻyiladi: 
Farzand qanday oqlar ona haqqini!?
3) ayrim hollarda his-hayajonning oʻta kuchliligini ifodalash 
uchun uchta undov belgisi ketma-ket qoʻyiladi: 
Oʻlim yovga!!! 
4) biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning oxiriga 
undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qoʻyiladi:
Men yetim oʻsganman, oh, u yetimlik!.. (Gʻ.Gʻ.) 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə