Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195
Ona tili sintaksisi

 
Savol va topshiriqlar 
1. Boshqaruv deganda nimani tushunasiz? 
2. Moslashuv deganda nimani tushunasiz? 
3. Bitishuv deganda nimani tushunasiz? 
4. Shaklan boshqaruv, mazmunan bitishuv qisoblanadigan qanday 
shakllarni bilasiz? 
5. Bitishuv usulida hokim va tobe soʻzlar qaysi turkumlarga mansub 
boʻladi? 
6. Boshqaruv usulida hokim va tobe soʻzlar qaysi turkumlarga mansub 
boʻladi? 
7. Moslashuv usulida hokim va tobe soʻzlar qaysi turkumlarga mansub 
boʻladi? 
8. Oʻtish holatlariga tegishli qanday misollar keltira olasiz? 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. M.Hamroyev. Ona tili Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 4-15 
2. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 
2019. 5-6 
3. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar 
toʻplami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet. 
 
 
 
 


15 
3-mavzu:
Gap haqida ma’lumot 
 
Reja: 
1. Gapning umumiy xususiyatlari.
2. Gapda shakl va mazmun.
3. Gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari.
4. Gapning his-tuygʻuga koʻra turlari. 
Tayanch tushunchalar: 
gap,ohang,soʻroq gap, buyruq gap, istak gap, 
uslubiyat. 
Muomala vositasining eng kichik birligi 
gapdir.
Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi
: Oʻqi. Oqidim

Paxta 
terimi qizgʻin davom etyapti. Oltin kuz qanday goʻzal! 
Gap hosil qilish uchun soʻz va soʻz birikmalarini grammatik 
jihatdan bogʻlash kerak: 
Xatni qalam bilan yozdi
gapida
-ni 
va

bilan
bogʻlovchi vositalar hisoblanadi. Bu gapning grammatik 
jihatdan shakllanganligidir. 
Gap ohang jihatdan tugallangan boʻlishi kerak: 
Kuz. Hamma
yoqda ish qaynayapti.
Bu kichik matndagi 
Kuz
soʻzi tugallangan 
ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi. Ikkinchi gap ham 
tugallangan ohang bilan aytilgan. 
Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud: 
1. Muomalaning eng kichik birligi. 2. Nisbiy tugallangan fikrni 
ifodalaydi. 3. Grammatik jihatdan shakllangan boʻladi. 4. 
Tugallangan ohang bilan aytiladi. 
Yuqoridagi belgilarga tayangan holda gapning quyidagi ta’rifini 
keltirib chiqarish mumkin: 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə