Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195
Ona tili sintaksisi

Soʻz birikmasi zanjiri
Soʻz birikmalarining tuzilishiga koʻra 
sodda va murakkab
turlari mavjud. 
Sodda soʻz birikmasi ikkita mustaqil soʻzning birikuvidir. 
Quyida berilgan holatlar sodda soʻz birikmalari hisoblanadi. 

Mehnatiga1 yarasha0 olmoq1, hammaga1 qaraganda0 chiroyli1
(bu yerda soʻzlar soni uchta boʻlsa ham mustaqil ma’no anglatuvchi 
soʻzlarning soni ikkita). 

Qoʻli ochiq1 yigit1, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan1 odam1, 
qulogʻiga quyib1 uqtirmoq1. Bu birikmalar ham sodda soʻz 
birikmalari hisoblanadi, chunki bu yerda turgʻun birikma qatnashgan. 
Turgʻun birikma xuddi soʻzlar kabi bitta soʻroqqa javob boʻladi va 
bitta lugʻaviy birlik hisoblanadi.

Gʻarbiy Yevropada1 yashamoq1, Vazirlar Mahkamasida1 
koʻrilmoq1, kichik korxonada1 ishlamoq1, Oʻrta Chirchiqda1 
yashamoq1, besh qavatli1 bino1 – bir qismi qoʻshma soʻz shaklida 
kelganligi sababli bular ham sodda soʻz birikmalaridir. 

Kitobni1 oʻqib chiqmoq1, mehmonlarni1 taklif qilmoq1 – 
birikmaning bir qismi qoʻshma yoki koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi 
boʻlganligi sababli bular ham sodda soʻz birmasidir. 

Shoda-shoda1 duru gavharlar1, uyum-uyum1 arpa-bugʻdoylar1 – 
bir qismi juft soʻzli birikmalar ham sodda soʻz birikmalari hisob-
lanadi. 
Murakkab soʻz birikmalarida – tobe soʻz oʻziga qarashli boʻlaklar 
bilan kengayib keladi va gapda soʻz birikmalari zanjirini hosil qiladi. 
Soʻz birikmasidagi hokim soʻz boshqa bir soʻzga tobelangan, bir 


13 
hokim soʻz bir necha tobe soʻzlarga aloqador boʻlganda yoki bitta tobe 
soʻz bir necha hokim soʻzlarga aloqador boʻlganda soʻz birikmalari 
zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta soʻroqqa javob boʻladi. Bunday 
birikmalar tarkibida mustaqil soʻzlar soni uch yoki undan ortiq boʻladi 
va ular oʻzaro tobelanadi. 
Soʻz birikmalari zanjiri turli gap boʻlaklari boʻlib kelishi mumkin. 
Masalan: Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida 
dushmanlik olovini toʻldirdi gapida soʻz birikmalari zanjiri ega 
vazifasida kelgan. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə