Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Soʻz birikmasida soʻzlarning oʻzaro birikish usullari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195
Ona tili sintaksisi

Soʻz birikmasida soʻzlarning oʻzaro birikish usullari 
Soʻz birikmasida soʻzlarning oʻzaro 3 xil birikuv usuli bor: 
moslashuv; boshqaruv; bitishuv. 
Tobe soʻzning hokim soʻzga qaratqich kelishigi yordamida, hokim 
soʻzning esa tobe soʻzga egalik qoʻshimchasi orqali birikuvi 
moslashuv
deyiladi: sizning ukangiz, xonaning yorugʻi. Ba’zan egalik 
yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qoʻllanilishi mumkin: yoz 
yomgʻiri (yozning yomgʻiri), choʻl havosi, qor jilvasi; bizning uy
sizning oʻgʻil. Moslashuvda asosan otli birikmalar hosil boʻladi. 
Tobe soʻz hokim soʻzga tushum, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish 
kelishiklari yoki koʻmakchilar bilan birikuvi
boshqaruv
deyiladi.
Boshqaruvda otli va fe’lli birikmalar hosil boʻladi: 
olma termoq, gul 
uzmoq, yoshlarga gʻamxoʻrlik, uydan chiqmoq, gʻalaba uchun 
kurashmoq, maktab tomon ketmoq. 
Kelishikli va koʻmakchili boshqaruv farqlanadi. Kelishikli 
boshqaruvda tobe soʻz hokim soʻzga tushum va oʻrin kelishiklari 
vositasida birikadi: doʻstini uchratmoq, bogʻdan chiqmoq, chelakka 
solmoq, qarmoqda tutish. Koʻmakchili boshqaruvda tobe soʻz hokim 


12 
soʻzga koʻmakchilar vositasida birikadi: tinchlik uchun kurash, 
qarmoq bilan tutish, aybiga yarasha jazolanmoq, uy sari yurmoq. 
Tobe soʻz va hokim soʻz hech qanday vositalarsiz faqat tartib va 
ohang yordamida birikuv usuli 
bitishuv
deyiladi: 
tez yurmoq, keng 
koʻcha, kelgan odam, chiroyli gapirmoq, mehribon enaga.
Tezda 
qaytmoq, qoʻqqisdan burilmoq, chindan (yolgʻondan) gapirmoq, 
uzunasiga kesmoq, zimdan kuzatmoq kabi birikmalar ham bitishuv 
usuli bilan hosil boʻlgan. Ravishlar tobe soʻz vazifasida kelganda 
hokim soʻzga bitishuv usuli bilan birikadi, ularning tarkibidagi egalik 
va kelishik qoʻshimchalari yaxlitlanib qolgan. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə