Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195
Ona tili sintaksisi

Tenglanish va tobelanish
Soʻz qoʻshilmasida soʻzlar teng va tobe bogʻlanadi. 
Bogʻimizda 
olma va oʻrik pishdi
gapida bogʻimizda pishdi, olma pishdi, oʻrik 
pishdi – tobelanish; olma va oʻrik – tenglanishusuli bilan bogʻlangan. 
Tenglanishda – ikkita teng huquqli soʻz biri ikkinchisiga boʻysunmay 
bogʻlanadi. Ular quyidagicha hosil boʻladi: 

Ohang yordamida: Olma, oʻrik, shaftoli, gilos pishdi. 

Teng bogʻlovchilar yordamida:

Biriktiruv bogʻlovchilari yordamida – oʻqituvchi va oʻquvchilar 
keldi. 

Zidlov bogʻlovchilari yordamida – oʻqidi, biroq yozmadi

Ayiruv bogʻlovchilari yordamida – kitob yoki daftar, ba’zan qor, 
ba’zan yomgʻir;

Inkor bogʻlovchisi yrdamida – na sen, na men;

Koʻmakchi-bogʻlovchilar bilan – Karim bilan Salim, olma bilan 
nok;

Yuklama-bogʻlovchilar bilan – yer-u osmon, keldi-yu, indamadi. 
Soʻzlarning teng bogʻlanishi soʻz qoʻshilmalarini hosil qiladi. Soʻz 
qoʻshimalarida har bir soʻz alohida narsalarni nomlab keladi va ma’no 
mustaqilligini saqlab qoladi: Opam va men, oʻqidi lekin yozmadi. 
Soʻzlarning tobe bogʻlanishida bir soʻz boshqa soʻzga tobe va 
hokim munosabatida bogʻlanadi. Tobe bogʻlanishdan soʻz birikmasi 
va gap hosil qilinadi.Tobelanishdagi birliklardan soʻz birikmasi ikki 
yoki undan ortiq soʻzdan iborat boʻlishiga qaramay bitta tushunchani 
ifodalaydi: mening doʻstim, uyga kirmoq. Gap esa fikr ifodalaydi: 
Mening doʻstim – Karim. Bola uyga kirdi. 
Soʻz birikmalarida tobe soʻz vazifasiga koʻra uch turga boʻlinadi. 
1. 
Aniqlovchili birikma 


14 
2. 
Toʻldiruvchili birikma 
3. 
Holli birikma 
Aniqlovchili birikma – tobe soʻz sifatlovchi yoki qaratqichli 
aniqlovchi vazifasida keladi: vatan beshiging1 izlari chizilgan2 
zamindir. 
Toʻldiruvchili birikma – tobe soʻz vositali yoki vositasiz 
toʻldiruvchi shaklda keladi. Birinchi bor bahorni tanigan, birinchi 
varrakni uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan, birinchi oʻqituvchi, 
birinchi muhabbatingni tanigan zamin - Vatandir. 
Holli birikma – tobe soʻz hol vazifasida keladi: Uyga shoshib kirdi 
(ikkita holli birikma) uyga kirdi, shoshib kirdi. Maktabga piyoda 
joʻnadik (ikkita holli birikma) maktabga joʻnadik, piyoda joʻnadik. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə