Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195
Ona tili sintaksisi

 
 
5-mavzu:
Ega haqida ma’lumot. Egali va egasiz gaplar 
Reja: 
1.
Eganing gapdagi mavqeyi.
2.
Eganing ifodalanishi. 
3. Egali gaplar. 
4. Egasiz gaplar.
Tayanch tushunchalar
:ega
,
egali va egasiz gaplar,
 
atov gaplar,toʻliq 
va toʻliqsiz gap. 
Ega va uning ifodalanishi. 
Gapda kesim bilan bogʻlanib, shu 
kesimdagi qoʻshimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va 
kim? 
nima? qayer?
soʻroqlariga javob boʻladigan boʻlak 
ega 
deb ataladi. 
Odam 
(kim?) koʻp, 
ish
 (nima?) kam.
Atrof
 (qayer?) jimjit.
 
Ega bosh kelishikda boʻlib, odatda, quyidagicha ifodalanadi: 
1. Ot bilan
:
Shamol
 gul hidlarini atrofga taratdi

2. Olmosh bilan
:
Ular
toʻgarak mashgʻulotlariga muntazam 
qatnashadilar.
3. Harakat nomi bilan:
Oʻqish 
tugadi



23 
4. Otlashgan soʻzlar bilan: 
a) sifat bilan: 
Yaxshilar
 koʻpaysin, 
yomon 
qolmasin. 
b)son bilan: 
Ikkovimiz
 dala aylandik. 
v)sifatdosh bilan: 
Oʻqigan
 oʻzar, 
oʻqimagan
toʻzar.
 
g) ravish bilan: 
Koʻplar
 qatnashdi. 
d)taqlid soʻz bilan: 
 Toʻplarning 
gumbur-gumburi
 eshitilardi. 
e) modal soʻzlar bilan

Bor
 boricha, 
yoʻq
 holicha. 
5. Ibora bilan:
Uning yuziga oyoq qoʻyish
axloqimizga zid. 
6. Sintaktik birliklar bilan: 
Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani 
Ziyodillani taajjublantirdi. 
Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha soʻz ham butunicha yoki 
boʻlak-boʻlak ravishda ega boʻlib kelishi mumkin:
Otam bilan
akam
bozorga ketdilar.
Ba’zan ega chiqish kelishigidagi soʻzlar bilan ham ifodalanishi 
mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan boʻlib, undan oldin 
kelayotgan chiqish kelishigidagi soʻz ega vazifasini ifodalaydigan 
boʻlib qoladi: 
Undaham bu 
kitoblardan
 bor
. Bu gapdagi haqiqiy egani 
tiklash mumkin: 
Unda hambu kitoblardan 
biri
 bor

Ega bilan kesimning shaxs va sonda oʻzaro mosligi
1. Shaxsda mosligi 
Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos boʻladi: 
Biz
 
maktab jamoat ishlarida faol 
qatnashamiz

D i q q a t !
Nutqda "
Hayron boʻlasan
kishi
"
tarzidagi gaplar 
qoʻllanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega 
(kishi)
III shaxsda, kesim esa II shaxsdadir. 
 
 2. Sonda mosligi 
I. Fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos 
boʻladi.
Biz yordam berdik

II. 
Kesim 
III 
shaxsda 
ega 
bilan 
hamma 
vaqt 
sonda 
moslashavermaydi: 
1. Bayon nohissiy boʻlib, koʻplik ma’nosini ta’kidlash nazarda 
tutilmasa, III shaxsdagi kesimga -lar, -(i)sh qoʻshilmaydi: 
Mehmonlar
juda 
charchagan edi
(4,308). 
Odamlar
tarqala boshladi 
(2,146). 
Otlar
oʻz-oʻzidan asta yurib ketdi (4,292). Qattiq shamolga 


24 
oʻrganmagan 
daraxtlar
quladi (7,243). Keltirilgan barcha misollarda 
bayon nohissiy (neytral, obyektiv) boʻlib, ta`kid nazarda tutilmagan.
2. Bayon hissiy boʻlib, koʻplikni ta’kidlash nazarda tutilsa, III 
shaxsdagi kesimga -lar qoʻshiladi: Qora xat olganlarning uyi jimjit. 
Ularning yetim bolalari toʻy boʻlayotgan uylar eshigi oldida 
allaqanday havas, oʻkinch bilan oʻyinga qarab turadilar. (22,513). 
Mazkur matnda ikkinchi jahon urushidan keyingi holat tasvirlangan 
bo`lib, bayon hissiy. Kesimga 
-
lar
qo`shilib ma`no kuchaytirilgan. Bu 
qo`shimcha tushirib qoldirilsa, ta’kid ifodalanmaydi. Bu misolda 
subekt vazifasida insonni bildiruvchi soʻz kelgan. Quyidagi misolda 
insondan boshqa jonzot subyekt boʻlib keladi: 
Chumchuqlar, 
chittaklar, toʻrgʻaylar, sa’valar
va boshqa allaqancha
qush 
turkumlar
i
oʻz
toʻplar
i bilan vijir-vijir, chugʻur-chugʻur sayrab-
kuladi
lar

er yuzini tutgan chechak gilamlari ustini o`pib yalaydi
lar

yotib cho`qiydi
lar

sapchib uchadi
lar 
(20,142). Mazkur matn 
parchasida koʻklam kunlari tasvirlangan. Hissiylik darajasi yuqori 
bo`lganidan uyushiq egada ham, barcha kesimda ham 
-

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə