Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195
Ona tili sintaksisi

1. Fe’l-kesim
quyidagicha ifodalanadi: 
1) sof fe’l 
bilan: 
Karimjon maktabdan 
keldi
.
2) sifatdosh
bilan: 
Bu kitoblarning barchasi 
oʻqilgan

2. Ot-kesim
quyidagicha ifodalanadi: 
1) bosh, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishigidagi otlar
bilan: 
Oʻzbekistonning poytaxti - 
Toshkent
. Bu sovgʻa 
ukamga
. Uyning 
kaliti 
onamda
. Bularning hammasi 
sevinchdan
.
2) sifat 
bilan
:
Shahar 
goʻzal. 
3) olmosh bilan: 
Bu narsa 
oʻz-oʻzimniki.
4) otlashgan son bilan: 
Ikki oʻn besh ‒ 
bir oʻttiz

5) ravish bilan: 
Dangasaning vaji 
koʻp
.
6) undov soʻz bilan: 
Buyruqni bajarmaganning holi 
voy
.
7) modal soʻz bilan: 
Uning ezgu niyatlari 
bor

Kesimlar tuzilishiga koʻra ham ikki turga boʻlinadi: 
1

Sodda kesim
bir soʻzdan iborat boʻladi: 
1
) sodda fe’l
-
kesim

Men 
keldim
.
2
) sodda ot-kesim

Uyat oʻlimdan 
qattiq
.
2)
 Murakkab kesim 
kamida ikkita soʻzdan tuzilgan boʻladi: 
1)
murakkab fe’l-kesim
quyidagicha tuziladi: 
a) koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasidan iborat boʻladi: 
Odamlar
tarqala boshladi



21 
b) sifatdosh va toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi. 
Mashgʻulot haftada 
bir marta 
oʻtadigan boʻldi

U
kelgan edi.
v) ibora bilan ifodalanadi:
Sobir 
soʻzining ustidan chiqdi

2) murakkab ot-kesim 
quyidagicha tuziladi: a) ot, sifat, son, olmosh, 
ravish hamda "
boʻlmoq
" fe’li yoki toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi: 
Mehnat qancha
qiyin boʻlsa
, noni shuncha 
shirin boʻladi

b)
 yoʻq, bor, oz, koʻp, zarur, lozim, kerak, darkor
kabi soʻzlar hamda
boʻlmoq
fe’li yoki toʻliqsiz fe’ldan iborat boʻladi: 
Uzoqda 
koʻringan sharpa bir zumda 
yoʻq boʻldi. 
v) harakat nomi hamda
kerak, lozim
kabi soʻzlardan iborat 
boʻladi, bunda kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son 
qoʻshimchalari harakat nomiga qoʻshiladi: 
Choyxona yangi solingan 
qishki binoga koʻchib kirish
i
 va bayramda ochilish
i
 kerak edi.
 
Bogʻlama 
Ot-kesimni ega bilan bogʻlovchi vosita 
bogʻlama
deb ataladi. 
Bogʻlama -
dir
kesimlik qoʻshimchasi 
(Mehnatning noni shirindir)
, shu 
qoʻshimchaga sinonim boʻlgan 
boʻlmoq, hisoblanadi, sanaladi 
fe’llari 
(U kishi mening ustozim 
hisoblanadi
.),
toʻliqsiz fe’llar 
(U mening 
doʻstim 
edi
.),
shuningdek, ot-kesimlarga qoʻshilgan shaxs-son 
qoʻshimchalari
(Oʻquvchi
man
.

bilan ifodalanadi. 
 
 
Kesimlik soʻzlari 
Ayrim mustaqil soʻz turkumiga mansub boʻlgan soʻzlar -
moq, -sh
(-ish) 
qoʻshimchali harakat nomlari bilan kelib kesim tarkibida 
qatnashadi. Bunday oʻz mustaqil ma’nosidan uzoqlashib, gapning 
fikriy markazi vazifasida kelgan soʻzlar 
kesimlik soʻzlari
deb ataladi 
(17; 96). Ular ot (
shart
), sifat (
kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin, 
muhim
) turkumlariga tegishli boʻlishi mumkin: 
Bu ishni bajarish 
kerak (lozim, zarur…)
Savol va topshiriqlar 
1.
 
Gap boʻlagi nimaga aytiladi? 
2.
 
Ot-kesimni ega bilan bogʻlovchi vosita nima deb ataladi? 
3.
 
Murakkab ot-kesim
 
qanday tuziladi? 
4.
 
Murakkab fe’l-kesim qanday tuziladi? 
5.
 
Nomustaqil kesimlar qanday tuziladi? 
6.
 
Oddiy boʻlaklar qanday soʻz bilan ifodalanadi? 


22 
7.
 
Turgʻun bogʻlanmalar (toʻgʻri ma’noli va koʻchma ma’noli), erkin 
bogʻlanmalar bilan ifodalangan boʻlaklar gapning qaysi boʻlagidir? 
8.
 
Uning ezgu niyatlari 
bor
.
Ushbu gapda kesim qaysi soʻz bilan 
ifodalangan?
 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. M. Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 15 ‒ 22. 
2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 
2019. 6-11 
3. H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 2005, “Talqin”
nashriyoti 
4. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. Gʻulomova, 
SH.Yoʻldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. 
5. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. Oʻzbek tili. 2004, OʻAJBNT» 
markazi. 
6. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. Gʻulomova. 
Hozirgi oʻzbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). 
Toshkent, 2001-yil. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə