Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195
Ona tili sintaksisi

Gap boʻlaklari. Kesim 
Reja: 
1. Gap boʻlaklari va ularning darajasi. 
2. Kesim haqida ma’lumot. 
3. Kesimning turlari va ifodalanishi 
Tayanch tushunchalar:
gap boʻlaklari, bosh boʻlak, kesim, ikkinchi 
darajali boʻlaklar, oddiy boʻlaklar, murakkab boʻlaklar 
Gap boʻlaklari haqida umumiy ma’lumot 
Gapda biror soʻroqqa javob boʻlgan va oʻzaro tobe bogʻlangan soʻz 
yoki soʻz birikmasi 
gap boʻlagi
deyiladi. Gap boʻlaklarini belgilashda 
asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. Soʻzlarga soʻroq 
berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, ularning gap ichida 
joylashish tartibi, ularning qanday qoʻshimchalar olishi tom ma’noda 
ularning turlarini belgilashda asos boʻla olmaydi. Gap boʻlaklarining 
turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, 
aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, 
toʻldiruvchi toʻldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi 
boʻlak boʻlmas ekan, u yoki bu gap boʻlagi haqida gapirish mumkin 
emas. Gap boʻlaklari ikki turli boʻladi: 
bosh boʻlaklar
va 
ikkinchi 
darajali boʻlaklar

Ega
va 
kesim
gapning 
bosh boʻlaklaridir
. Ular 
oʻzaro faqat tobe bogʻlanadi. Bosh boʻlaklar gapning grammatik 
asosini tashkil etadi.
Gap boʻlaklarini tuzilishiga koʻra ham ikki turga boʻlishadi:
1. Oddiy boʻlaklar
yakka soʻz bilan ifodalanadi (qoʻshma, juft soʻzlar 
bilan ifodalansa ham, oddiy boʻlak hisoblanadi): 
Dars boshlandi
.
2. Murakkab boʻlaklar
turgʻun bogʻlanmalar (toʻgʻri ma’noli va 
koʻchma ma’noli), erkin bogʻlanmalar bilan ifodalangan boʻlaklardir: 
Aravani quruq olib qochish (nima?) sizga yarashmaydi 
(turgʻun bogʻlanma). 
Uch ogʻayni (kim?) shirin suhbat qurishyapti 
(erkin bogʻlanma). 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə