Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Tugallangan ohang va fikrga ega boʻlib, kesimlik shakllari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195
Ona tili sintaksisi

Tugallangan ohang va fikrga ega boʻlib, kesimlik shakllari 
vositasida grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng 
kichik vositasi hisoblangan yakka soʻz yoki soʻzlar yigʻindisi gap 
deb ataladi. 
Gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari 
1. Darak gap
orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar 
beriladi, uning oxiriga doimo nuqta qoʻyiladi: 
Ertaga maktabga 
boraman.


16 
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, gʻurur, 
maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish tashvish, gʻazab, 
norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi. 
 2. Soʻroq gap
orqali soʻzlovchi oʻzi bayon qilgan fikrga 
suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga 
undaydi: 
Bugun keldingizmi? 
Yozuvda soʻroq gapning oxiriga 
soʻroq belgisi qoʻyiladi. Bu gaplar koʻproq
dialogik 
nutqda uchraydi. 
Soʻroq gaplar soʻroq olmoshlari
 (kim? nima? qanday? qancha? 
necha? qaysi? – 
bunday gaplar soʻroqqa javob boʻluvchi soʻzni talab 
qiladi), soʻroq yuklamalari (-
mi, -chi, -a, -ya, 
bunday gaplar 
ha
yoki 
yoʻq
degan javobni talab qiladi)
 
yoki soʻroq ohangi bilan hosil boʻladi. 
Quyidagi misolda soʻroq ohangi qatnashgan: 
Soat ikki boʻldi. ‒ Ikki 
boʻldi? 
Soʻroq gaplar ikki guruhga boʻlinadi: 1) 
sof soʻroq gap
javob 
talab qiladigan gaplardir: 
Siz ertaga kelasizmi? 
2)
ritorik soʻroq gap
soʻroq gapning javob talab qilmaydigan turi 
boʻlib, javobi oʻz ichida yashiringan va barcha uchun ma’lum boʻladi: 
 
Men uning toʻsatdan kelib qolishini qaydan bilay?
Ritorik soʻroq 
gaplar quyidagi ma’nolarni ma’nolarini ifodalashi mumkin: 
Bu 
Vatanda nimalar yoʻq 
(tasdiq). 
Oʻzingdan chiqqan baloga, qayga 
borasan davoga
(inkor)
. Bu nimasi?! 
(taajjub) 
Meni tashlab 
ketmaysanmi?!
(tashvish) 
Maqsad nima, maqsad?!
(gʻazab) 
Paxtalar 
ham yaxshi ochilmagandir? 
(gumon) 
Tokaygacha ezilamiz, ota?!
(kuchli hayajon) 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə