Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195
Ona tili sintaksisi

4) miqdor holi 
qancha?, qanchalab?, nechalab?, necha marta? 
kabi
soʻroqlarga javob boʻladi va koʻpincha miqdor-daraja ravishlari, son, 
sifat va miqdor-daraja ma'nosini bildirgan soʻz birikmalari bilan 
ifodalanadi: 
Men juda koʻp qaygʻurdim. Oʻn marta eshitgandan, bir 
marta koʻrgan afzal. Bir onda oʻz kuchining oʻlchovsiz darajada 
oʻsga-nini sezdi. Siz qancha terdingiz? Bular qop-qop terib qoʻyishdi. 
Men oʻylagan darajada qilisharmikan? 
5) sabab holi 
nima sababdan? nima sababli? nima uchun? nimaga? 
nega?
kabi soʻroqlarga javob boʻladi va quyidagicha ifodalanadi:
a) sabab ravishi bilan: 
Otasi noiloj koʻndi.


30 
b) 
-lik, -siz+lik, -gan+lik
qoʻshimchali chiqish kelishigidagi otlar, 
sifatdoshdan keyin -
dan
qoʻshimchasini keltirish bilan:
Salima opa 
quvonganidan hech gapira olmas edi. 
d) 
-gani, -ganligi
qoʻshimchali soʻzlardan keyin 
sababli, tufayli, 
uchun
soʻzlaridan birini keltirish bilan:
U oʻqimagani uchun bilmadi. 
6) maqsad holi 
nima maqsadda? nima uchun? nima qilgani? nima 
qilgali? nega?
soʻroqlariga javob boʻlib, quyidagicha ifodalanadi: 
a) maqsad ravishi bilan:
Men atayin gapirmadim
.
b) joʻnalish kelishigidagi harakat nomi yoki harakat nomidan 
keyin 
uchun
koʻmakchisini keltirish bilan: 
U oʻqish uchun keldi

d) maqsad ravishdoshi bilan: U oʻqigani keldi. 
e) fe'ldan soʻng 
uchun, deb
soʻzlarini keltirish bilan:
Oʻqiyman deb 
keldi.
f) harakat nomidan keyin 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə