Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195
Ona tili sintaksisi

Rahmat, bolam
. –
Ha. 
Kishilar oʻrtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan 
bir soʻz yoki iboralar soʻz-gaplar vazifasida qoʻllanadi: 
assalomu 
alaykum, marhamat, hormang, xush kelibsiz, labbay, qulluq, yoqimli 
ishtaha 
kabi.
Toʻliq va toʻliqsiz gaplar
Gaplar oʻz boʻlaklarining toʻla ifodalangani yoki ifodalanmay 
qolganiga koʻra ikki turga boʻlinadi: toʻliq gaplar va toʻliqsiz gaplar.
Biror boʻlagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodasi 
uchun zarur barcha boʻlaklari saqlangan gaplar toʻliq gaplar deyiladi: 
Oqsoqol yalt etib menga qaradi. Samarqandga bugun joʻnaymiz. 
Nutq vaziyatidan ma’lum boʻlgan ayrim boʻlaklari tushirilgan gap 
toʻliqsiz gap deyiladi. Masalan: -
Yigʻin qachon boʻladi
? - 
Ertalab.
Toʻliqsiz gapda qaysi boʻlakning qoʻllanilishi, qaysi boʻlakning 
tushirilishi faqat nutq sharoitiga koʻra yuz beradi. Toʻliqsiz gaplar 
dialoglarda, soʻzlashuv nutqida va badiiy uslubda keng qoʻllanadi. 
Toʻliqsiz gaplarda quyidagi gap boʻlaklari tushib qolishi mumkin: 
-
kesim: 
-Kim keldi?
-Onam.
-
ega:- Siz qayerdan, mehmon? -
Toshkentdan
.
-
ega va kesim: 
-Biz hozir qayerdan oʻtamiz? -
Koʻprikdan.
-
toʻldiruvchi: -
Karimni koʻrdingmi? -
Koʻrdim.
-
hol: 
-Darsdan chiqdingmi?
Chiqdim.
- Toʻliqsiz gaplar – koʻpincha dialoglarda qoʻllaniladi. Nutq 
talabi bilan ularda biror boʻlak yoki boʻlaklar ifodalanmaydi: Sizning 
ismingiz nima? 
– Ra’no.
– toʻliqsiz gap. Demak toʻliqsiz gap nutq 
jarayonida mazmunan toʻlishi mumkin boʻlgan va boʻlaklarga ajrala 
oladigan gapdir.
Toʻliqsiz gapning yana bir turi qoʻshma gap shaklida boʻladi. 
Bunda qoʻshma gapning bir qismi toʻliqsiz gap boʻladi: 
Na xat bor, na 
xabar. Na sen gapirding, na men. Kattaga hurmatda boʻl, kichikka 
izzatda. 


28 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə