Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195
Ona tili sintaksisi

Egasi (shaxsi) umumlashgan gap
da kesimi 2-shaxs shaklida 
boʻlsa ham, ega real ifodalanmaydi, koʻpincha maqollarda 
qoʻllaniladi, mazmunan uchala shaxsga taalluqli boʻladi: Ye

haydasang, kuz hayda. .Avval oʻyla, keyin soʻyla.
Egasiz gaplarda
ega umuman boʻlmaydi
.
Kesimdagi shaxs-son 
qoʻshimchalari orqali egani tiklab boʻlmaydi. 
Toʻnni boʻyga qarab 
bichadilar. Xom mevani yeb boʻlmaydi. 
Egasiz gaplar 3 turga: shaxsi noma’lum gaplar, atov gaplar, soʻz 
gaplarga boʻlinadi.
Shaxsi noma’lum gap
larda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-
harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi 
ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim 
belgisi uning tarkibida egalik qoʻshimchasining yoʻqligidir. Bu 
gaplarda mantiqan ish-harakat bajaruvchisi mavjud boʻladi, lekin uni 
gapda ifodalab boʻlmaydi. Masalan: 
Zalda chekib boʻlmaydi. Majlisda 
qatnashish kerak. Xonada shovqin qilinmasin. 
Atov gaplar
da narsa buyumning mavjudligi yoki voqea-hodisa 
atash yoʻli bilan ifodalanadi. Atov gaplar soʻzlovchi koʻz oʻngida 
biror voqea-hodisani, narsa-buyum, davr yoki joyni gavdalantirishga 
xizmat qiladi. Atov gapdan keyin uning mazmunini izohlovchi gap 
beriladi: 
Qish. Sovuq shamol esyapti.
Atov gap yigʻiq va yoyiq 
shaklda boʻladi. Yigʻiq atov gaplar bitta soʻzdan iborat boʻladi:
vahor. Dalalarda ish qizgʻin
. Yoyiq atov gaplar aniqlovchi bilan 
kengayib keladi: 
Karimlarning uyi. Hech kim koʻrinmaydi

Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomli birikmalar bilan ham 
ifodalanishi mumkin
: Sokin qishloq koʻchalarida sayr qilish. Bu 
mening bolalikdan sevimli mashgʻulotim. 
Atov gaplar asosan badiiy va publitsistik (ommabop) uslublarda 
qoʻllaniladi. 
Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat 
bilan nur socha boshladi.


27 
Soʻz – gaplar 
Bir soʻzdan iborat boʻlib, tarkibga ajrala olmaydigan, boshqa 
soʻzlar bilan kengaya olish imkoniyatiga ega boʻlmagan gaplar soʻz – 
gaplardir. Soʻz – gaplar sodda gapning alohida bir koʻrinishi sanaladi. 
Ular tasdiq, inkor, soʻroq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib
asosan dialogli matnlarda qoʻllanadi. Masalan: 
-
Sogʻligingiz yaxshimi? -Qabulga birga kiramizmi? 
-

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə