Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
Ona tili sintaksisi

kirish gapli 
murakkablashgan gaplardir
. Bunday birliklarga sintaktik aloqa 
amal qilmaydi, ya’ni ular boshqa gap boʻlaklari bilan sintaktik 
jihatdan bogʻlanmaydi. 
Undalmali gap 
Soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan soʻz 
undalma
deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan boʻladi. She'riy 
asarlarda shoir ba'zan oʻziga, ya'ni soʻzlovchiga ham qarata murojaat 
qilishi mumkin: 
Nazm tuz, 
Erkin
, axir, erkin zamondur bu zamon. 
Undalma boshqa gap boʻlaklari bilan faqat mazmunan bogʻlangan 
boʻladi. 
Undalma koʻpincha bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganligi 
uchun egaga oʻxshab ketadi, lekin ega kesim bilan shaxs va son (birlik 
va koʻplik)da bogʻlangan boʻladi, undalma esa bogʻlanmaydi: 
Karimjon
(ega -3-shaxs, birlikda) 
ertaga keladimi?
(kesim – 3-shaxs 
birlikda)
Karimjon
, (undalma – 3-shaxs, birlikda) 
ertaga kelasizmi?
(2-shaxs, koʻplikda)


43 
Ayrim hollarda, ayniqsa, she'riy asarlarda hayvonlar, qushlar, 
jonsiz narsalarning nomini bildirgan soʻzlar ham undalma boʻladi:
Xayr, 
maktabim
!
Bir soʻz bilan ifodalangan undalma 
yigʻiq undalma
deyiladi: 
Doʻstim, biznikiga mehmon boʻlib keling
. Soʻz birikmasi 
bilan ifodalangan undalma 
yoyiq undalma
deyiladi: 
Hurmatli 
talabalar, yangi yilingiz muborak boʻlsin!
Undalmani kuchli 
ifodalash uchun undalmadan oldin
e, ey, hoy, obbo
kabi undovlar 
ham qoʻllanadi, bulardan keyin vergul qoʻyiladi. 
Undalmalar quyidagicha ifodalanadi: 
1) ot bilan:

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə