Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195
Ona tili sintaksisi

qirga tomon olib ketdi.
Ham 
bogʻlovchisi
ba’zan bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini 
bir-biriga bogʻlab keladi. Bunda 
va
bogʻlovchisi bilan bogʻlangan 
qoʻshma gaplardagiga oʻxshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki 
turli vaqtda yuzaga keladi. Lekin bogʻlangan qoʻshma gaplarda 
ham
bogʻlovchisi 
va
bogʻlovchisiga nisbatan juda oz ishlatiladi. 
Uyushiq boʻlaklarning bogʻlanishidaesa
ham
bogʻlovchisiyakka 
holda 
yoki 
takrorlangan 
holda juda koʻp qoʻllanadi

va
bogʻlovchisi bunday xususiyatga ega emas. Demak, 
ham
bogʻlovchisi qoʻshma gapdan koʻra sodda gapda koʻproq 
ishlatiladi: 
Polga ham gilam singari oʻt tashlangan, stolda ham
deraza tokchasida ham oʻtlar yotardi.


63 
Bu qoʻshma gapning tarkibidagi 
ham
bogʻlovchisi ikki sodda 
gapni bir-biriga bogʻlash uchun emas, shu qoʻshma gap 
tarkibidagi uyushiq boʻlakni (oʻrin holini) ta’kidlash uchun 
xizmat qilgan. Ikki sodda gap esa bogʻlovchisiz — intonaqiya 
vositasida bogʻlangan. 
Boshqa bir misolni koʻzdan kechiraylik: 
Akmal qiz bilan 
ingliz tilida gaplashar, 
ham 
Komila uning fikrlarini juda tez 
anglar 
va 
amalga oshirishga tirishar edi.
Bu misolda ikkita biriktiruv bogʻlovchisi boʻlib, bularning 
birinchisi 
(ham)
ikki qismni bir-biriga bogʻlab kelgan, keyingisi 
(va)
esa uyushiq boʻlakni bogʻlash uchun qoʻllangan. 
Ham
bogʻlovchisi, sodda gaplardagi uyushiq boʻlaklarning 
har birida takrorlanib kelganidek, ba’zan bogʻlangan qoʻshma 
gapdagi har bir sodda gapni bogʻlashda ham takrorlanib 
ishlatiladi. Bunday vaqtda qoʻshma gap qismlari uchun umumiy 
boʻlgan gap boʻlaklari ham qoʻllanadi, ular koʻpincha eganing 
aniqlovchisi yoki oʻrin holi boʻlib keladi. Sodda gap kesimlari 
tarkibli boʻlganda, toʻliqsiz fe’l (kesimning keyingi elementi) har 
ikki gap uchun umumiy boʻlishi ham mumkin. Masalan: 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə