O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix01.02.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#99956
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

a) o‘ng tomonli ijobiy
 
ассиметрия
 
b) chap tomonli salbiy 
assim
е
triya 


Maktab yoshidag
i bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim malakalari, ko‘nikmalarini 
egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi 
buzilishlar sababini diagnostika qiladi. 
Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosa
batini o‘rganish uchun ularni tekshiradi.
Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar ishlab 
chiqish. 
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini 
aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda 
foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining 
namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni 
ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish 
psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik 
taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan. 
Jumladan, maktabda o‘qishga
tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir: 
a) 
psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi; 
b) 
aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi; 
v) 
yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati;
g) 
borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi; 
d) 
tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi; 
e)
fikrlay olish va boshqalar. 
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv 
jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə