7. "Pinokkioning sarguzashtalari” ertak qissasidagi qahramonlar qaysi
javobda to`g`ri?
A)
*Q
ora Chigirtka, Manjafoko, Parini, Jipetto, Antonio;
B)
Arlekino,
Manjafoko, Buratino;
D) Pul'chinello, Kolombino, Jipetto;
E) Antonio, Pilik, Chippolino.
8. Pinokkio do`sti Pilik bilan qaysi mamlakatga jo`naydi?
A)
Susambil;
B)
Yulduziston;
D)
Sehrgarlar;
E)
*Tarallabedod
9. Pinokkio besh oy muttasil beg`amlik bilan baxtiyor yashaganidan so`ng
nimaga aylanadi?
A) otga;
B)
*eshakka;
D)
baliqqa;
E)
kitga.
10. Pinokkio qanday qilib yana yog`och bolaga aylanadi?
A)
sirkka borgach;
B)
do`stini uchratgach;
D)
* baliq yutib yuborgac
h;
E)
uyiga qaytib kelgach.
Glossariy
Absolyut sinonimlar. Ma’nosi, qo`shimcha ottenkasi, qo`llanishi va b. Jihatlari
bir-
biriga to`la teng keluvchi so`zlar. Bunday sinonimlar tilda juda sanoqli bo`lib,
asosan, terminlarda uchraydi : tilshunos – tilchi, leksikografiya – lug`atchilik kabi.
q. Dubletlar.
Avtosemant
ik so`zlar. (–
o`zi+semantikos
-
ifodalovchi). ayn.
mustaqil so`zlar.qiYos.semantik so`zlar.
Agglutinativ tillar. So`z yasalishi va forma yasalishi agglutinatsiya (q.) Yo`li bilan
bo`ladigan tillar.Mas., turkiy tillar, fin-ugor tillari agglutinativ tillarga kiradi.
Agglyutinastiya (< lot. agglutinare
–
Yopishtirmoq). 1. So`zning o`zak Yoki asosini
o`zgartmagan holda (ichki fleksiyasiz) unga standart affikslarni qushish bilan so`z
yasalishi va forma yasalishi. Bunda har , bir affiks ma’lum bir ma
’no, vazifa bilan
qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, jumladan o`zbek tilida yasama so`zlar va so`z
formalari o`zak Yoki asosga ma’lum izchillik bilan affikslar qushish orkali hosil
qilinadi va bu affikslarning xar biri uz ma’nosi bilan statnashadi: ter
-im-chi-lar-
imiz
-ga.
2. Ikki so`zning bir so`zga yaxlitlanishi. M., echkini emar > echki emar >
echkemar.
Adabiy norma. Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali
tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni s
aralashni
belgilovchi norma. q. norma.
Adabiy til. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga
solingan, xalqning turli madaniy ehtiYojlarriga xizmat qiluvchi formasi. Adabiy
tilning ikki ko`rinishi bor: 1) Yozma ko`rinishi, 2) og`zaki k
o`rinishi.
Adstrat. (nem. a d s t r a t). Bir teritoriyada turli tillarning uzoq vaqt birga amal
qilishi natijasida yuzaga kelgan ikki tillilikning turi.
Adverbializastiya (< lot. adverbium
–
ravish). Boshqqa turkumga oid so`zning
ravishga kuchishi. Masalan, kunda, yakinda, birdan kabi- lar.
Additiv son ( –
kushiluvchi). Komponentlari bildirgan miqdorning
yigindisidan iborat bulgan miqdorni bil-
diruvchi sostavli son: un besh. (10 + 5),
qirk sakkiz (40
-1-
8) kabi. qiYos. multiplikativ son.
Ad
distiya (< lot. additio
–
stushish). Transformastiyaning bir usuli; sodda gap
strukturasining uyushiq bulaklar bilan kengaytirilishi. Masalan, Akasiga sovg`a
oldi – Akasi, ukasi va singillari- ga sovg`a oldi. transformastiya.
Antropologik lingvistika (< gr
ek, anthropos – odam + logos –
ga’limot).
Tilshunoslikning uz Yozuviga ega bulmagan tillarni ur
- gapuvchi bulimi.
Antroponim (< anthropos
– odam + oputa –
nom). Kishining atostli oti, ism.
Antroponimika. Leksikologiyaning (onomastikaning) kishi otlarini (ismlarini)
o`rganuvchi bo`limi.
Asindeton (< grek, asyndeton
–
borlanmagan). ayn. boglovchi
-
siz bog`lanish.
Asliy sifatlar. Predmet belgisini bevosita, boshka predmet- ga nisbat kilmagan
xolda ifodalaydigan sifatlar: qizil, yaxshi, shirin, orik kabilar. q
iyos. nisbiy sifatlar.
Akkomodatsiya. (lot. Accomodatio
–
muvofiqlashuv ). Yonma
-Yon kelgan
undosh va unli tovushlar artikulyatsiyasining bir-biriga uyg`unlashuvi. Mas., i, u
unlilari k, g undoshlari bilan Yondosh kelganda, ularga moslashib, oldingi qator
unli sifatida talaffuz qilinadi: kiyik, sigir, bugun, gul. Xuddi shu unlilar chuqur til
orqa q, g` undoshlari bilan Yondosh kelganda, ularga moslashib, ma’lum darajada
til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi: qiyin, quyuq, g`ujum va b.
Akkumuliyatsiya.
Biror tilda aktiv ishlatiladigan so`z, ibora va sh.k. ta’sirida xuddi
shunday so`zlarning boshqa tilda ham aktiv ishlatila boshlashi.
Aktiv lug`at. Shu tilda so`zlashuvchilar tushunadigan va ishlatiladigan, aktiv
ravishda qo`llaydigan so`zlar. qiYos. pass
iv konstruksiya.
Akustik fonetika ( –
eshitishga oid). Eksperimental fonetikaning
nutq tovushlari hosil bo`lishini tovush to`lqinlari aspektida o`rganuvchi bo`limi.
Akustik jihatdan tovushning bir qator belgilari farqlanadi: 1) t o v u sh
k u ch i ,
2) t o v u sh b a l a n d l i g i , 3) t o v u sh t e m b r i, 4) t o v u sh ning
ch o` z i q l i g i.
Aksent ( –
urg`u). Boshqa tilda so`zlaganda tovushlarni o`sha
tildagidan boshqacha holda, o`z tili tovushlari kabi talaffuz etish: O`zbekcha aksent
bilan gapirmoq.
Aksentema ( –
urg`u). Bo`g`indagi urg`uning kuchli
-
kuchsizligi.
Aksentologiya ( – urg`u+grek. logos –
so`z, ta’limot). Fonetikaning
urg`uni
(urg`uning tabiati, tipi, vazifasi va h.) o`rganuvchi bo`limi.
Alfavit(grek alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi
–
alpha va beta dan). Grafik
shakllarning majmui, ma’lum tartibda joylangan holati. O`zbek alvaviti.
Amorf tillar (grek. amorphous < a
– inkor prefiksi+morphe -
forma). Affikslarga
ega bo`lmagan, so`zlar orasidagi Grammatik aloqalar bitishuv Yo`li bilan Yoki
Yordamchi so`lar vositasida ifodalanadigan tillar. M.: xitoy tili.
Analitik tillar. Grammatik ma’nolarforma yasovchi affikslar Yordamida emas,
balkiYordamchi so`zlar , so`z tartibi, intonatsiya Yordamida ifodalanadigan tillar.
Masalan, ingliz, fransuz, ispan tillari analitik tillar gruppasiga kiradi.
Antiteza (grek. qarama
-
qarshi qo`yish). qiYoslanuvchi fikr, tushuncha, obrazlarni
qarama-qarshi qo`yishdan iborat stilistik figura: Yaxshi topib gapirar, Yomon
qopib. Do`st bo`lish oson, uni saqlash qiyin.
Antonimiya. Til birliklarining o`zaro semantik jihatdan zid qarama
-qarshi bo`lish
hodisasi. Leksik antonimiya. Affiksial antonimiya. Sintaktik antonimiya.
Antonimlar ( –
qarshi, zid+onuma
–
nom). O`zaro zid, zid, qarama
qarshi ma’noli til birliklari: katta-
kichik, baland past, uzoq
-
yaqin (leksik antonim);
-li / -
siz :qumli
-
qumsiz(affiksial antonimiya); esiga kelmoq
– Yodidan ko`tarilmoq
(frazeologik antonimlar).
Anokopa (grek.opohope
-
kesib chiqarish). So`z oxiridagi tovush Yoki
tovushlarning tushib qolishi. M.: kel-ke, to`rt-to`r kabi.
Argo(fran. argot
-
jargon). Biror ijtimoiy guruh, toifaning (masalan, studentlar,
sportchila
r, o`g`rilar va b.) o`ziga xos, boshqalar tushunmaydigan leksik
elementlardan iborat yasama tili.
Abjad hisobi – arab alifbosidagi harflarning har biri ma’lum songa tengligi
asosida yuritiluvchi hisob. Ya’ni arab harflarining har biri alifbo tartibida ma’lum
sonni ifodalaydi. Oson eslab qolinishi uchun sonlarni ifodalaYotgan harflarni
qat’iy alifbo tartibida biriktirish orqali sakkizta sun’iy so`z hosil qilingan
bo`lib, ular hech qanday lug`aviy ma’noga ega emas. Abjad,
havvaz, hutti, kalaman, sa’fas, qarashat, saxxaz, zazag`. Abjad hisobi atamasi
mazkur so`zlarning birinchisi nomidan kelib chiqqan. Bu harflar 1 dan 1000gacha
sonlarni bildiradi. Sharq mumt
oz she’riyatida abjad hisobidan ta’rix yozish,
chiston va muammolarda keng istifoda etiladi.
Avtobiografik asar–
(yun. Autos
-
o`zim, bios
–hayot, grafo–
yozaman)
–
muallifning o`z haYoti haqida izchil hikoya qilishiga a
soslangan adabiy janr.
Avtobiografik asar muallifi o`z hayotini qaytadan yashab ko`radi, uni bir butun
sifatida idrok etishga intiladi. A.a. aksar hollarda mualliflarning ijodiiy yetuklik
pallalarida, umrlari nihoyasida yoziladi. (mas. Oybekning “Bolalik”
qissasi.) u
memuar, kundalik va sayohatnomalarga o`xshab ketsa-da, ulardan tubdan farq
qiladi. Shuningdek, A. a. avtobiografik xarakterdagi asarlar hamda turli
munosabatlar bilan yoziladigan tarjimai hollardan tafovutlanadi.
AdabiYot –
(ar. adab
–g
o`zal xulq)
– keng ma’noda, inson tafakkurining
mahsuli o`laroq dunYoga kelgan, o`qish uchun mo`ljallab Yozilgan asarlar jami.
Tor ma’noda –
so`z san’ati, badiiy adabiYot.
Adabiyotshunoslik–
(ar.
–
adab, fors. tanish, o`rganish)
– badiiy adabiyotning
kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarni o`rganuvchi
fan. A.ning ob’yekti bo`lmish badiiy adabiYotga taalluqli ilmiy muammolar
ko`lami-predmeti juda keng. Zamonaviy A. fani uchta asosiy sohadan tashkil
topadi: adabiyot ta
rixi, adabiYot nazariyasi va adabiy tanqid. Uning
matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya singari yordamchi sohalari ham
mavjud.
Allegoriya–
( yun. allos
-
o`zgacha, agoreuo
-
gapiraman)
–
1) mavhum tushuncha
Yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan ko`chim turi. Mas.
tulki–ayYorlikni ifodalaydi.
Alliteratsiya–
(lot.al
- yonida, litera–
harf)
–
she’riy nutqda (nasrda nisbatan
kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni
kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko`rinishi. Mas.
sochilgan sochingdek sochilsa siring (Cho`lpon).
Annotatsiya–
(lot. annotatio
-
izoh, sharh)
–
asar mazmunining qisqacha
baYoni. Noshirlik amaliYotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy
maqolalarning sarl
avhasidan keyin beriladi. A. asarning o`ziga xos pasporti bo`lib,
u bilan umumiy tarzda tarzda tanishtiradi.
Antologiya–
(yun. guldasta)
– biror milliy adabiYot, davr, adabiy Yo`nalishga
mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi
to`plam.
Aforizm
–
(yun. ta’rif, ixcham ifoda)
– muallifi ma’lum bo`lgan, ixcham
shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr.
Arxaizm (grek. qadimgi). Ma’lumdavr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa
boshlagan til birligi (so`z, frazeologizm va b.). Mas., surur(sevinch), xaYon
(foyda) va b.
Atributiv forma. So`zning gapda asosan anshugovchi funkstiyasi
-da kelishiga xos
formasi. M. o`zbek tilida fe’lning sifatdosh formasi
-
(kelayotgan, keladigan kabi),
otning uxshatish va urin bel
gisi formalari (toshdek, bogdagi kabi).
Aferezis ( -
airesis). Oldingi so`zning so`nggi tovushi (Yoki tovushlari)
ta’sirida keyingi so`z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi. M.: aytar
edi –
aytardi kabi. q. eliziya.
Afrikata (lot. ishqalayman). qorishiq undosh tovush, paydo bo`lish o`rniga va
ovozning ishtirokiga ko`ra bir xul bo`lgan portlovchi tovush bilan sirg`aluvchi
tovushning yaxlit, bitta tovush sifatida talaffuz qilinishiga teng keladi. Mas.: choy
so`zidagi ch, joy so`zidagi
j, tsirk so`zidagi ts tovushlari afrikatalardir.
B
Bajaruvchi shaxs. Harakatni bajaruvchi shaxs, subekt, agens.
Belgilash olmoshlari. Shaxs-predmet, uning belgisi, soni xususiyatlarini jamlab
yoki ajrat
ib kursatuvchi (shu tarz
-
da belgilovchi) olmoshlar: xamma, barcha, har,
har narsa, har qaysi, har qancha kabilar.
Belgili. Affiks qatnashgan: Belgili qaratqich kelishigi. Belili tushum kelishigi.
qiYos. belgisiz.
Belgisiz. Affiks yashiringan, qatnashmagan: Belgisiz qaratqich kelishigi. Belgisiz
tushum kelishigi. qiyos. belgili.
Birgalik daraja. ayn. birgalik nisbati.
Birgalik nisbati. Harakatning bajaruvchisi birdan ortik; eka
- niii bildnradigan
nisbat. Bu nisbat -sh affiksi bilan yasaladi: borishdi kabi.
Birinchi shaxs. So`zlovchi. Bu ma’no quyidagicha ifodalanadi:
1) 1 shaxc kishilik olmoshlari bilan: men, biz; 2) egalik ka
- tegoriyasining 1 shaxs
formalari bilan: hunarim; maqsadim, vazifamiz kabi; 3) shaxs
-son kategoriyasining
1 shaxs formalari : bildim, o`rgatdim, qaytdik kabi.
Bir ma’nolilik. aynan monosemiya.
Bir tilli lug`at. So`zligi va unga beriladigan ta’rif
-
tavsiflar bir til (o`z til )
materialidan bo`ladigan lug`at. Bunday lug`atlar bir necha turga ega. Mas.: izohli
lug`at, imlo lug`ati, sinonimlar lug`ati va h.
Bobo til. Genetik jihatdan o`zaro bog`liq tillarning kelib chiqish va taraqqiy etish
manbai (asosi) deb qaraladigan til, qiYosiy
-tarixiy metod bilan tiklanadigan
abstract lingvistik model.
Bosh ma’no. Polisemantik birlik ma’
nokari sistemasida markaziy o`rinda
turadigan, boshqa ma’nolar unga to`g`ridan-to`g`ri Yoki biror ma’no orqali
bog`lanadigan ma’no. mas.: ko`z so`zining ko`rish organi ma’nosi boshqa
ma’nolariga nisbatan bosh ma’nodir.
Bosh so`z. 1. lug`atlarda izohlanadigan, tarjima qilinadigan so`z. Lug`at maqolasi
bosh so`zga tuziladi.
2. So`z birikmasidagi hokim so`z.
Bosh urg`u. Bo`g`inlarni so`zga birlashtirib turuvchi asosiy tom ma’nodagi urg`u.
qiYos. ikkinchi darajali urg`u.
Bog`li (ko`chmas) urg`u. So`zda bo`g`inlar soni soni o`zgarishiga qaramay o`rni
o`zgarmaydigan urg`u.
Bo`g`in ko`chirish. ayn. so`z ko`chirish.
Badiiy tahlil –
(ar. tekshirish, hal qilish)
–
adabiy asarning mazmun mohiyatini
idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda
o`rganib, o`ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy
-
intelektual faoliyat.
Badiiy to`qima –
(ruscha kalka
-
xud.vim.)
–
Yozuvchining ijodiy tasavvur va
taxayyuli mahsuli, voqelikda real asosi Yoki to`liq o`xshashi mavjud bo`lmagan
badiiy obrazlar, haYotiy holatlar, voqealar yaratishda namoYon bo`luvchi bad.
Ijodning muhim komponenti.
Band – she’rning ritmik ritmik –
intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy
mustaqillikka ega bo`lagi.
D
Daraja kategoriyasi. 1. Belginiig bir
-biriga qiYosan daraja- siii kursatadigan
grammatik kategoriya. Asosan sifat turkumiga, qisman ravish turkumiga xos. Bu
grammatik kategoriyaning uch turi bor: 1) oddiy daraja ; 2) ozaytirma d
araja , o r t
t i r m a daraja .
Dekorrelyastiya (< lot. rle
–
«olish», «ajratish» ma’nosi ang
- lashiladigan pristavka-
jcorrelalio–
uzaro aloka, munosabatdorlik). So`zda morfemalar miqdori saklangani
holda ularning ma’nosi, xarakteri va uzaro munosabatining
uzgarishi. Masalan,
uning asli ul – olmosh va -ing – karatkich kelishigi affiksidan tarkib topgan.
Keyinchalik morfemalarga ajralish uzgargan: u
– olmosh va -ning – kelishik
affiksi. k. morfologik qayta bulinish.
Deminutiv (< lot. , deminutus
– kichraygan
). ayn. kichraytish formasi: kizcha,
stolcha, tugunchak kabi.
Denotat (< lot. denotare
–
belgilamok;). Til birligi ( so`z) Yordamida iomlanuvchi
(ataluvchi) vokelik, narsa
-predmet. qiYos. signifikat.
Derivatologiya. ayn. so`z yasalishi 1.
Derivastion ma’no. Yasama so`zda so`z yasovchi affiks ifodalaydigan, so`z yasash
asosining moddiy ma’nosini konkretlashtpradigan, chegaralaydigan ma’no.
Masalan, ishchi so`zida shaxs (shaxs oti), ma’nosi (derivastion ma’no)
-chi affiksi
Yordamida ifodalanadi.
Derivastion morfema. Asosning ma’nosini uzgartirib, yangi so`z yasovchi
morfema.
Derivastiya (< lot. derivatio
–
ayrilish, ajralish). Affikslar Yordamida yangi so`z
yasalishi: kulgi (kul + gi), qiskich (qis + qich), gulla (gul+la) kabi.
Denotat. (lot.
deminutis -
belgilamoq). Til birligi Yordamida nomlanuvchi voqelik,
narsa-predmet.
Denonativ ma’no. Denotat bilan bevosita bog`liq, uni bevosita bidiruvchi ma’no.
Sodda roq aytganda so`zninig bosh ma’nosi.
Derivatsion ma’no. yasama so`zda so`z yasovchi affiks ifodalaydigan, so`z yasash
asosining moddiy ma’nosini konkretlashtiradigan, chegaralaydigan ma’no. Mas.,
ishchi so`zida shaxs (shaxs oti), ma’nosi (derivatsion ma’no)
-chi affiksi
Yordamida ifodalanadi.
Derivatsiya (lot. derivation
– ayrilish,
ajralish). Affikslar yordamida yangi so`z
yasalishi: kulgi (kul+gi), qisqich (qis+qich).
Diakritik belgi (grek. diakritikos
-
farqlovchi). Harfga qo`shimcha ravishda
biriktirilib, boshqacha tovushni ko`rsatuvchi harf hosil etishda qatnashadigan belgi
va b.
Dialekt (grek. dialektos
–
sheva, lahja). Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan
kam bo`lgan territorial, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo`lgan
kishilar foydalanadigan ko`rinishi.
Diereza (grek. diaresis
–
bo`linish). qator undoshlarda
n birining assimilyatsiya
Yoki dissimiliyatsiya natijasida tushib qolishi. Mas.: arslon – aslon kabi.
Dominanta (lot. dominans, dominantis
-
hokim). Sinonimik qatordagi bosh so`z:
bu so`z sinonimik qatordagi umumiy bo`lgan denonativ ma’noni ifodalaydi: yuz
–
bet – aft – bashara – chehra – jamol – diydor –
oraz
–
uzor
–
uzor
– ruxsor
sinonimik qatorida yuz dominanta hisoblanadi.
Dubletlar (frans.dublet -
ikkilik). Teng semantik strukturaga ega bo`lgan
til birliklari: tilchi – tilshunos kabi.
|