O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


-mavzu. Kirish. Ona tili va bolalar adabiyoti o’qitishda fanning dolzarb



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
1-kurs majmua

1-mavzu. Kirish. Ona tili va bolalar adabiyoti o’qitishda fanning dolzarb 
muammolari fanining maqsad va vazifalari 
1. Ona tili va bolalar adabiyoti o’qitishda fanning dolzarb muammolari fanining 
predmeti, maqsad va vazifalari
.
2. Kishilarning atrofni o`rab turgan olam haqidagi tasavvuri va u haqidagi 
yig`ilgan bilimlar. 
3. Turli xalqlarning 
xalq og`zaki ijodida 
bolalar adabiyoti masalalari 
Tayanch so`zlar
: pedagogik xrestomatiya, ertaknavislik, mixxat, mif, 
afsona, folklor, romantizm, bolalar kitobxonligi, qo`shiq, Rene
ssans, didaktika, 
epos, "Injil", "Bibliya", “Tavrot”, "Ramayana", "Mahobxorat", "Iliada", 
"Odisseya".
 
Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson nafaqat o`zining tirik 
qolishi uchun kurashgan, balki u o`z qabilasi, urug`ining ham uzoq yashab qolish

tadbirini ko`rgan. Binobarin, alla, ovutmachoq, ertak va topishmoqlar mazmuni, 
avvalo, ongli, kuchli, epchil va chaqqon insonni shakllantirishga qaratilgan. 
Kishilarning atrofni o`rab turgan olam haqidagi tasavvuri va u haqidagi yig`ilgan 
bilimlari, hayotiy tajriba asosidagi dono hikmatlari hamda xulosalari bolalarga 
o`ziga xos tarzdagi pand
- nasihatlar shaklida, ularga tushunarli vositalarda 
etkazilgan. Shuning uchun ham turli xalqlarning, hattoki bir
-biridan juda yiroq 
masofadagi mamlakatlarning xalq og
`zaki ijodida ham juda ko`p mushtaraklik 
mavjud. 
Ko`p xalqlarning eng qadimgi adabiy yodgorliklarida, chunonchi, mif va 
afsonalarida, ertaklarida - bir-
biriga o`xshash tomonlar ko`zga yaqqol tashlanadi: 
bu jihat ko`proq inson va uning Yer yuzidagi ulug`, sharafli vazifasi haqidagi eng 
yuqori tasavvurlari hisoblangan qahramonlik, aql-
zakovat, oliyjanoblik, yaxshilik, 
go`zallik vasf etilgan madhiyalarda o`z aksini topgan.
Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarning rivojlanishida, falsafaning, 
adabiyotning, musavvirlik san`atining, haykaltaroshlik, me`morchilik, musiqa, 
teatr san`atlarining paydo bo`lishida, miflar o`ziga xos manba bo`lib xizmat qilgan, 
deb ta`kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda turli xalq marosimlari, an`analari, qabila 


urf - odatlari tasv
irlangan. Yoxud ularning ibtidoiy miflar syujeti (voqeligi) bilan 
bog`liqligini kuzatish mumkin.
Vaqt o`tishi, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan ertak, mif va afsonalarni 
bolalar "o`zlashtirib" olishdi (yoki qachonlardir kattalar o`zlari uchun yar
atgan eng 
sara narsalarni kichkintoylarga taqdim qilishganidek), keyinchalik esa jahon 
adabiyotining eng yorqin namunalari bilan bir qatorda "Robinzon Kruzo", 
"Gulliver", "Gargantyua" kabi asarlarni "o`zlashtirib" olishgan.
XIU - XV asrlarda G`arbiy Yevropa o`rta asrlardagi har qanday erkin fikrni 
ta`qib etuvchi aqidalar zulmatidan xalos bo`lgan, madaniyat va san`atning gullab
-
yashnagan markaziga aylandi. Bu jamiyatda burjuaziyaning paydo bo`lishi hamda 
shahar madaniyatining rivojlanishi bilan bog`liq bo`
lib, Renessans (Uyg`onish) 
davri deb ataladi. Mazkur jarayonning asosi sifatida uning g`oyaviy tayanchi 
bo`lib, o`rta asrlarda inson shaxsining mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega 
ekanligi, uning his-tuyg`ulari va fikrlari erkin bo`la olishi mumkinligi to`g`risida 
mushohada yuritishning o`zi ta`qiqlab qo`yilgan davrdan keyin 

yangi gumanizm, 
ya`ni insonparvarlik (lotinchadan humanus

inson) g`oyasi paydo bo`ldi. 
"Uyg`onish" deb nomlanishning o`ziyoq insoniyat qadim zamonlardan 
buyon yig`ib kelgan barcha yorug` taassurotlarini rad etib, ko`p asr davom etgan 
qora tundan keyingi tong – yorug`likka qarab intilishi ma`nosini bildiradi, ya`ni,
antik davr me`rosiga qayta qiziqish uyg`onganligi ifodasidir.
Buyuk nemis faylasufi Immanuil Kantning: "O`
z aql 
- idrokingdan 
foydalanishga jasurlik top!", - degan xitobi, mavjud ijtimoiy munosabatlardan 
xalos bo`lishga, falsafa, ilm-fan, adabiyot va san`atning din homiyligidan 
chiqishga shior bo`lib xizmat qildi. 
Aynan bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adabiyot namunasi sifatida XVII 
- XVIII asrlarda paydo bo`ldi. Lekin asta-
sekin bu adabiyot o`zining betakror 
ko`rinishlari orqali nasihatomuz qoliplardan chiqa oldi. Bolalarga mo`ljallangan 
asarlar mualliflari, eng avvalo, o`z mamlakatlarining xalq og`zak
i ijodiga murojaat 
qilishdi. Masalan, Sharl' Perro birinchi bo`lib kichik kitobxonlarning qo`ligà 
fol'klordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni 


taqdim etdi. Negaki, asar xalq ijodi zaminiga tayangan bo`lsa
-da, adabiy ertak 
xususiyatlarini o`zida to`la saqlab qolgan. 
XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq og`zaki 
ijodi va har bir xalqning milliy-adabiy manbalarini ochib berdi. Jumladan, bu 
bolalar adabiyotining rivojlanishiga ham o`z ta`sirini ko`
rsatib, aka-uka Grimmlar, 
X.K.Andersen va boshqa ko`pgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari 
to`plamlari paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Natijada kichik kitobxonlar endilikda 
ham kitob, ham o`z tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni q
o`liga ola 
boshladi. Binobarin, bolalar adabiyoti "katta" adabiyotning mustaqil tarmog`iga 
aylanib borayotgan edi. 
Romantizm insonninng ruhiy rivojlanishdagi o`z
-
o`zini anglash davri 
bolalikda kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik in
sonning 
o`zidagi bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari 
bilan kattalarni ham o`ziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Katta yoshlik 
esa xuddi eng samimiy va bolalarcha beg`uborlik tark etilgan davr sifatida 
yorit
iladi. Shuni tan olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki 
uni eng sof mukammallik namunasi hamda mehr - shafqat timsoli sifatida insonga 
me`ros qilib qoldirdi.
Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslikning chuqurlashishi 
bilan bolalar adabiyotida keng qamrovli, ko`p qirrali bolalik obrazi 
mustahkamlandi. Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishining ibtidolarini, yosh 
inson xarakterining tub-tubiga etib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-
sekinlik bilan kirib bor
ib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin 
hamda qorong`u ham qayg`uli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini 
ochib berishdi. Eng yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita bu 
bolalikka ishonch, ulg`ayib kelayotgan insonga hurmat, unda rivojlanishning bor 
imkoniyatlarini, sarchashmalarini hamda asosiy omillarini ko`ra olish 
qobiliyatining borligidir.
XX asr o`zining revolyutsiyalari, urushlari, keskin ijtimoiy muammolari, o`tkir 
ziddiyatlari, siyosiy qarashlari bilan bolalar adabiyotini ham o`zgartirib yubordi. 


Dunyoning dahshatlari kichik kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularning 
qahramonlari - 
ijtimoiy jonzotlar, ular o`z holicha insonga nisbatan qilingan 
vahshiylikka qarshi borishadi, o`zlarining 
do`stlikka, muhabbatga bo`lgan 
huquqlarini talab qilishadi hamda kattalarni ularni tushunishlariga chaqirishadi.
Zamon muammolari nafaqat realistik asarlarga, balki ertaklarga ham kirib bordi. 
Ular janriy xususiyatlaridan ozgina chekingan bo`lsalar
-da, hamon yaxshilik- 
yovuzlik ustidan g`alaba qozonishiga umid bog`ashadi va shu yo`lda tinimsiz 
ma`naviy kurashlar olib borishadi. 
Ilmiy-
texnika revolyutsiyasi asri butun yer yuzidagi inson jamiyatiga 
yashash uchun katta hayotiy zarurat 
– Yerda hayotni saqlab qolish kabi muammoni 
tug`dirdi. Shuning uchun zamonaviy bolalar adabiyotida ekologik muammolar, 
atrofimizni o`rab turgan olam, hayvonot va o`simliklar dunyosi haqidagi kitoblar 
salmoqli o`rin egallaydi. Barcha mamlakatlarning naturalist (tabiat haqida 
yozadigan) yozuvchilari bolalarda tabiatga hamda barcha jonzotlarga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabat va ularga nisbatan muhabbat ruhini tarbiyalash vazifasini 
o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishgan.
Bolalar adabiyoti bugungi kunda o`zining janriy va tematik
xususiyatlari 
jihatidan turli-
tuman, o`ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng 
taniqli yozuvchilari o`z iste`dodlarini va faoliyatlarini bag`ishlashgan. Chunki ular 
insoniyat kelajagi o`sib borayotgan avlod qo`lida ekanligini yaxshi anglashadi... 
Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta`biri 
bilan aytganda, o`zining dunyoqarashida "bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga" 
ko`tariladi. Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar 
ta`sirida maydonga keldi, deyish mumkin:
1. Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga 
mo`ljallangan, ammo vaqt o`tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik 
kitobxonga so`zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi 
yunon afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari).


2. Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va
qayta ishlanmasdan kirgan 
fol'klor hamda mumtoz asarlar (fol'klordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar, 
shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari).
3. Bevosita bolalarga mo`ljallangan asarlar. 
Biz ba`zida adabiy ijodga tirik
asos bo`lgan narsa haqida mushohada qilib 
ham o`tirmaymiz. Bu esa "so`z" edi. Ibtidoiy zamonda aytilgan "hikmatli so`z" 
odamlar uchun "samo"dan kelgan belgi, "ilohiy ishora" sifatida namoyon bo`lgan, 
qaysiki, bu hikmatlarni xotirada saqlash, uni avloddan 
avlodga etkazish mas`uliyati 
paydo bo`lgan. Bu urinishlar dastlab, aytish mumkinki, sinkretik shaklda inson 
bilan u ilohiylashtirgan tabiat kuchlari orasidagi bog`liqlikni aks ettiruvchi 
marosim qo`shiq va raqslarida ifoda etilgan. Asta-sekin insonning mehnat faoliyati 
davomida, uni tabiat ne`matlaridan foydalanishni o`zlashtirishi davomida hamda 
hali o`zi ham atrof
-muhitda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni to`g`ri anglab 
yetmagan, qanaqadir kuchlarni o`zicha his etib, uni inson qiyofasid tasavvur qi
lib, 
ilohiylashtirib, g`ayritabiiy kuchlarga ega bo`lsa-
da, ammo o`zining intilishlari, 
xatti-haraktlari bilan oddiy insonlarga juda o`xshab ketadigan, xudolar haqidagi 
miflarni yaratganlar. Bu miflar avval toshlarga o`yilgan rasmlarda, idishlarda, 
matohla
rda aks ettirilgan bo`lsa, yozuv paydo bo`lishi bilan
- mixxat shaklida 
sopolda (tablichkalarda), ierogliflar shaklida papiruslarda, terida, matohlarda 
birinchi alifbolarning harflari bilan yozilgan. Bunga o`xshash ma`lumotlarni o`zida 
aks ettiruvchi arxe
ologik qazilmalardan bizga nafaqat qadimgi tariximiz haqidagi 
dalillar, balki badiiy adabiyotning eng yuqori xususiyatlariga ega bo`lgan asarlar 
orqali ham ayon bo`ladi. Aytish mumkinki, aynan shu manbalar jahon 
adabiyotining shakllanish jarayoniga o`z hi
ssasini qo`shgan.
Qadimgi tarixning buyuk sivilizatsiyalaridan (eramizdan avvalgi 4
-3 
asrlarda) shumer, assiri, Misr, qadimgi yahudiy va forslardan bizgacha yetib 
kelgan buyuk asarlar hozirda insoniyat madaniyatining nodir durdonalariga 
aylangan. qadimgi rus tarixining buyuk tadqiqodchisi, akademik N.I.Konrad 
ta`kidlaganidek, adabiyotning paydo bo`lishi insonyat olamidagi o`ziga xos hodisa 
sifatida va rivojlanishida Gilgamish haqidagi epos, Injildagi tafsilotlar, qadimgi 


yahudiylar poeziyasi, "Mahabxorat
" yoki "Iliada" matnlari katta "chashma" bo`lib 
xizmat qilgan. "Qadimgi Eski dunyo, 

deb yozadi olim, 
- yangi adabiyot uchun 
birinchi manba bo`lib xizmat qilgan". Shunday qadimgi asarlardan ko`pchiligi, 
aniqrog`i, ularning epizodlari bolalarga ham so`zl
ab berilgan. Aytaylik, qadimgi 
afsonalarning bolalar kitobxonligida L. Tolstoy tomonidan qayta so`zlangan 
matnlari, chunonchi, assiriya ("Assiriyalik podsho Asarxadon"), hind ("Ikki 
og`a"), yunon ("Yetti yunon donishmandi"), rim afsonalari ("Qanday qilib g`ozlar 
Rimni saqlab qolishdi") keng tarqalgan. Hozirgi zamon bolalar kitobxonligida R. 
Rubenshteyn, A. Makarova, A. Sizova, S. Shipovskiy va boshqa mualliflarlarning 
ham shunday hikoyalari mustahkam o`rin olgan. Qadimgi hikoyalar syujetlari 
yozuvchilarni
bolalar uchun mumtoz asarlar yozishga qayta 
- qayta ilhomlantirgan.
Birinchi sivilizatsiya hisoblanuvchi yozma yodgorliklarning bizgacha yetib kelgan 
eng qadimgi manbaalari shumer dostonlaridir. Ular, shubhasizki, eramizdan 
avvalgi 
Ш
asrning birinchi yarmidà paydo bo`lgan. Arxeologlar tomonidan 
topilgan sopolda mixxat bilan yozilgan taxtakachlardan (tablichkalardan) insoniyat 
Gilgamish eposi orqali nafaqat Sharqning, balki butun dunyoning qahramonona
epik she`riyati namunasi bilan ta
nishdi. Ta`kidlash joizki, bu asar Gomer
"Iliada"sidan ming yil avval erishilgan badiiy - falsafiy fikrlar cho`qqisidir.
Xudo qonidan va tuproqdan yaratilgan odamzot, ularga ilohiy kuchlar tomonidan 
yog`dirilayotgan kulfatlar, insonning bu kuchlar qarsh
isidagi ilojsizlikdan bir 
umrlik qo`rquvi, "ilohiy tanglik davri" haqidagi hikoyalar juda nozik va mohirona 
tasvirlangan. Voqea- hodisalar ritmik o`sishda, boblarning boshlanishi va oxiri 
refren bilan birlashtirilgan. Asarning bosh qahramoni tengsiz g`ayri
tibiiy kuchga 
ega bo`lgan Gilgamish, og`ir kulfatlarga mahkum etilgan xalqini, o`zining do`sti 
Enkidu tomonidan ruhlantirilib, yovuzlik qarshi kurashga otlanadi. Do`sti 
Gilgamishning o`limi uchun yig`lab, sahroga bosh olib ketishi lirik ifodalanadi. 
Ierogl
iflar bilan yozilgan qadimgi Misrnig yozma yodgorliklari eng katta 
miqdorni tashkil etadi. Bugungi kunda qadimgi Misr yodgoliklarining deyarli 
barchasi papiruslarda, sag`analar hamda ibodatxonalarning devorlarida, maqbara 
toshlarida yozib qoldirilgan yozuv
lar o`qilgan. Bular ichida miflar hamda duolar, 


harbiy yurishlar tasvirlari, povestlar hamda sevgi lirikasi, sehrgarlar haqidagi 
hikoyalar to`plamlari mavjud. "Injil" – 
g`arb sivilizatsiyasining "kaliti". U ikki 
qismdan tashkil topgan: eramizdan avvalgi as
rlarda yaratilgan qadimgi yoki 
Tavrotdan hamda xristianlikning birinchi asrlarida yaratilgan Yangi Injildan. Injil 
qo`lyozmalarining asl nusxalari bizgacha yetib kelmagan, uning eng qadimgi 
ro`yxatlari O`lik dengiz g`orlaridan 1947 yillarda topilgan. Ma`l
umki, Eski Tavrot 
avval qadimgi yahudiy tilida yozilib, keyin yunon tiliga tarjima qilingan. Bu 
tarjima ustida 70 Iyerusalimlik "kitobchilar" ishlashgan, uni yana "Septuaginta"-
"Yetmish kishining tarjimasi" deb ham atashadi. Oxirgisidan vizantiyalik 
missioner-monaxlar Kirill va Mifodiylar-
Rus cho`qintirilishidan deyarli yuz yil 
oldin, Tavrotni cherkovslovyan tiliga o`girishgan.
Yangi Tavrot, ya`ni Injil yunon tilida yozilgan edi. "Bibliya" so`zining 
ma`nosi esa - yunonchada "Kitoblar" degan ma`noni anglatadi. Ular janrlari bir 
necha turdan iborat bo`lgan asarlarni o`z ichiga oladi: bular ham payg`ambarlar 
haqidagi oliy bilimlar, sevgining tantanali ovozi "qo`shiqlar qo`shig`ida", ham 
urushlar bayoni, ham madhiyalardir. Xudo Madhiyasi “Injilda” inson madhiyasi 
bilan -
buyuk Ilohiy mavjudot sifatida hamda Yer yuzidagi barcha ishlari uchun 
mas`ul javobgar sifatida uyg`unlashib ketgan. O`tgan asrlarda ruhoniy 
P.Vozdvijenskiyning "Injil bolalar uchun hikoyalarda" deb nomlangan kitobi juda 
mashhur edi. Muallifnin
g o`zi bunga shunday ta`rif beradi: "Men Yangi va Eski 
Tavrotning barcha voqealarini juda oddiy bolalar tilida so`zlashga harakat qildim, 
bu kitobni o`zlari o`qishadimi, yoki unga onasi, katta opasi yoki o`qimishli enaga 
o`qib beradimi, uni farqi yo`q, eng asosiysi, bolalar eng kichik yoshlaridan 
o`zlarining toza va beg`ubor qalblari bilan o`zlari so`zlangan hikoyalarning 
mazmunini tushunib, anglab olishsin". 
Eramizdan avvalgi birinchi yuz yillik boshlarida, og`zaki manbalar an`ana 
bo`lib, qadimgi hind ep
osidek ajoyib san`at asarlari "Mahabxorat" va "Ramayana" 
yaratilgan deb hisoblashadi olimlarimiz. Yevropada bu haqda ikki yuz yildan sal 
avvalroq: 1785 Ost -
hind savdo kompaniyasining xizmatchisi, hind poeziyasi va 
falsafasining bilimdoni Charlz Uilks, "Ma
habxorat"ning ayrim parchalarini 


sanskritdan ingliz tiliga tarjima qildi. Deyarli shu tarjima bilan birga rus tilidagi 
tarjimasi ham chop etildi. Antik adabiyotning ilk davri "Iliada" va "Odisseya" 
dostonlari bilan boshlanadi. Bu asarning dunyo adabiyotining va keyingi 
san`atlarning rivojiga ta`siri beqiyos. Ularning muallifi VIII asrda yashab o`tgan 
ko`zi ojiz qo`shiqchi Gomer hisoblanadi. Yunon eposi syujeti asosiga Troya urushi 
qo`yilgan. Qadimgilar nazdida bu buyuk voqea edi. "Iliada" urushning faqatg
ina 
bir epizodi 
- buyuk qahramon Axillesni Mikeniya podshosi Agomemnon 
tomonidan haqoratlanishi va Axillesning qahr ustida Troya ustiga bostirib kelishi, 
uni egallashi va qamali to`g`risida hikoya qilinadi. "Odisseya" Troyaning boshqa 
qahramoni -Itaki podshosi Odisseyaning qaytishi va yo`lda shu bilan bog`liq 
bo`lgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Rossiyada 1829 yili "Iliada"ning 
N.I.Gnedich tomonidan va "Odisseya"ning V.Jukovskiy tomonidan yaratilgan 
tarjimalari chop etilgan.
Xalq og`zaki ijodining ajoyib yodgorliklari orasida "Shaxrizoda ertaklari" 
eng oliy yodgorliklaridandir... Bu so`z ma`nosi? qadim o`tmishda to`qilgan; uning 
ranginkamon rishtalari butun er yuzini, go`zal so`z gilamlari bilan burkab 
chiqqan", -deb ta`riflagan M. Gor'kiy "Ming bir kecha ertaklari"ni. Bu ertaklarni 
o`qimagan yoki u haqda eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Bu go`zal ertaklar 
olamida o`zini yengil sezadi inson. Bu ertaklarning mashhurligi bir necha asrlardan 
buyon o`zgarmas. Bu ertaklarni nafaqat bolalar, balki kattal
ar ham qo`ldan 
qo`yishmaydi. G`arb kitobxoni bu ertaklar bilan XVIII asrda fransuz A. Gallan 
tomonidan t'arjima qilingach tanishdi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə