O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


 Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
1-kurs majmua

4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi.
Til olamni tartibga 
soluvchi va boshqaruvchi kibernetik
1
tizimdir. 
Til olamni tartibga soladi va uni 
to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson 
hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam 
ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi. Tilmiz voqeligimizni 
belgilaydi, shakllantiradi, undan keyin tasvirlaydi. So‘zlarimiz atrof olamni 
tasvirlabgina qolmay, balki avvalo uni yozadi. Boshqacha
qilib aytganda, biz til 
yordamida o‘zimiz yashayotgan olamni yaratamiz. 
Xo‘sh, qanday qilib nutqimiz va fikrlarimiz o‘zimiz va atrof olamga ta’sir 
qiladi? So‘z hayotga obrazni chorlaydi. Obraz o‘z navbatida insonning his
-
tuyg‘ulari bilan bog‘liq. His-tuyg‘ular esa hayotda voqelanadigan harakatni 
vujudga keltiradi. Shunday zanjir hosil bo‘ladi:
So‘
z͢͢
→ obraz→ his
-
tuyg‘u→ harakat→hayot
Insonning ongi va qalbida so‘zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki salbiy dasturlar 
bo‘ladi. Ijobiy dasturlarga misol: 
– Olam adolatli. 
– Koinot to‘kin-sochin. 
– Odamlar mehribon. 
– Men ota-onamdan minnatdorman. 
– 
Men o‘zimga ishonaman.
– Men kuchliman. 
– Hamma kishi menga yordam beradi. 
Salbiy dasturlarga misol: 

Olam adolatsiz.
– Hamma yoqda firibgarlar. 
– Hamma odam dushman. 
– Hamma narsa pulga bog‘liq. 
– Vaqtim yo‘q. 
1
Kibernetik – kibernetikakaga oid. Kibernetika axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va undan turli 
jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. 
Kibernetik tizimlarga kompyuter, inson miyasi, 
kishilik jamiyati misol bo‘la oladi. 


– Pulim yo‘q. 
– 
Men buni hazm qilolmayman.
Salbiy dasturlar inson hayotiga o‘z mazmuniga muvofiq noxush voqealarni jalb 
qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy dasturlar esa baxt-saodat va 
salomatlik garovidir. Shuning uchun har bir odam ongidagi salbiy dasturlarni 
aniqlab, ul
arni ijobiy dasturga aylantirishi lozim.
 
Til tuzilishiga ko‘ra murakkab hodisa bo‘lib, u bir
-
biri bilan uzviy 
bog‘langan quyidagi qismlardan iborat: 
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug‘at boyligi yoki leksika. 
3. Grammatik qurilishi. 
Ma’lumki, inson tili 
tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi 
mavjud. Tovushlar so‘zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‘rsatkichlarni 
shakllantiradi. 
Tovushlardan iborat bo‘lgan so‘z va iboralar yig‘indisi tilning 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə